Mehnat kooperatsiyasi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Mehnat kooperatsiyasi - mehnatni tashkil etish shakli; moddiy boyliklarni ishlab chiqarish jarayonida ayrim xodimlar yoki jamoalarning yagona mehnat jarayonida hamkorliqda ishtirok etishiga asoslanadi. Xodimlarning asosiy qismi bu jarayonning turli operatsiyalarini bajaradi. Mehnat kooperatsiyasining taraqqiyoti ishlab chiqarish kuchlarining rivojiga bogʻliq. Mehnat kooperatsiyasi ishlab chiqarish vositalari va ishchi kuchlaridan samarali foydalanish, mehnat unumdorligini oshirish, mahsulot sifatini yuqori darajada taʼminlash maqsadida tashkil etiladi. Mehnat kooperatsiyasini 2 asosiy xilga boʻlish mumkin: oddiy kooperatsiya (mehnat jarayonida hamma xodimlar bir turdagi ishni bajaradilar), murakkab kooperatsiya (mehnat taqsimotiga asoslangan kooperatsiya). Mehnat vazi-falarini chegaralab, ularni muayyan xodimlarga (xodimlar guruhiga) biriktirib qoʻyish, ularning oʻzaro mu-nosabatlari sohasini bevosita oldindan belgilab beradi. Shu sababli keng maʼnoda mehnat taqsimoti tushunchasi undan ajralmas boʻlgan kooperatsiya tu-shunchasini ham tavsiflaydi. Oddiy Mehnat kooperatsiyasi mehnat taqsimoti rivojlanmagan davrda muhim rol oʻynadi. Ibtidoiy jamoa tuzumida jamoaning hamma aʼzolari ishlab chiqarish vositalariga egalik qilganlar va ular oddiy Mehnat kooperatsiyasida qatnashganlar.

Hozirgi zamon korxonalari mehnatning har xil turdagi murakkab kooperatsiyasi hisoblanadi.[1]

Manbalar[tahrir]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil