Mehnat jamoasi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Mehnat jamoasi - oʻz mehnati bilan korxona faoliyatida mehnat shartnomasi asosida ishtirok etayotgan xodimlarning barchasi. Odatda, maʼmuri-yatning mansabdor shaxslarm, shuningdek, Mehnat jamoasi tashkil etgan ayrim jamoat tashkilotlari, mas, mehnat nizolari komissiyasi ham Mehnat jamoasi tarkibiga kiradi. Mehnat jamoasi mehnat huquqining subʼyekti sifatida butun korxona hamda uning tarkibiy boʻlinmalarida faoliyat koʻrsatadi. Mehnat jamoasi turli tashkiliyhuquqiy shakldagi korxonalar va mul-kchilikning turli shakllariga qarab farqlanadi. Mehnat jamoasi bilan ish beruvchi oʻrtasidagi munosabatlar, ijtimoiy taraqqiyot,mehnat muhofazasi, mehnatga haq toʻlash, korxona foydasini taqsimlashda xodimlarning ishtirok etishi amaldagi qonunchilik, shuningdek, korxona ustavi va ekamoa shartnomasi bilan tartibga solinadi. Mehnat jamoasining asosiy vakolatlari: ish beruvchi bilan jamoa shartnomasi tuzish haqida qaror qabul qilish; jamoa shartnomasini tuzish yuzasidan muzokaralar olib borib, uni tayyorlash va muhokama qilishda ishtirok etish, jamoa shartnomasining bajarilishini nazorat qilish; mehnatga oid munosabatlarda xodimlarning manfaatlarini ifoda etuvchi hamda huquklarini himoya qiluvchi vakillik organlarini belgilash; ichki mehnat tartibi qoidalarini tasdiqlash; davlat korxonalari aksiyadorlik jamiyatlariga aylantirilganda aksiyalarni sotib olish; mehnat nizolari komissiyasi orqali nizolarni hal qilishda ishtirok etish va xodimlarning vakillik organlari orqali ularning huquklarini himoya qilish; korxonada ichki hujjatlar qabul qilishda ishtirok etish va h.k. Mehnat jamoasiga beriladigan vakolatlar doirasi birinchi galda jamoa shartnomasida belgilanadi. Mehnat jamoasining qonunchilikda belgilangan vakolatlari keng demokratik asosda amalga oshiriladi.

Anvar Inoyatov, Muborak Usmonova.[1]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil