Megreliya

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Megreliya — Gruziyadagi tarixiy viloyat. Aholisi megrellardan tashkil topgan. 17-asrda M. sharkda Sxenis-Sxali daryosi, jan.da Rioni va Kodori daryolarigacha choʻzilgan edi. Birok, 17-asr oxiri — 18-asr boshida abxazlar Kodori daryosidan Enguri (Ingur) daryosigacha boʻlgan hududni bosib olishgan va uni qisman kolonizatsiya qilishgan. Hozirgi M. Sxenis-Sxali daryosidan Enguri daryosigacha boʻlgan hududni qamrab oladi. 16—19-asr boshlarida M. mustaqil knyazlik boʻlgan.[1]

Manbalar[tahrir]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil