Megrel echkilari

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Megrel echkilari - suti uchun boqiladigan echki zoti. Vatani — Fapbiy Gruziya (Megreliya). Pasttekislik va togʻ Megrel echkilari mavjud. Pasttekislik Megrel echkilari maydaroq, gavda tuzilishi nozik, vazni 35–40 kg , lekin sersut, mavsumda (6—8 oy) 350—400 (baʼzilari 800— 1000) kg sut beradi, sutining yogʻliligi 4—4,5%. Togʻ Megrel echkilarining gavda tuzilishi mustahkam, suyakdor, vazni 40–45 kg . Takalarining oʻrtacha vazni 55–65 kg . 100 ta ona echkidan 130—140 ta uloq olinadi. Megrel echkilarining rangi, asosan. oq va och kulrang , juni dagʻal, qisqa, tivitli, terisi yupqa, pishiq. Sutdor echki zotlarini yaratish va ularni ta-komillashtirishda Megrel echkilaridan foydalanish mumkin.[1]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil