Kontent qismiga oʻtish

Megera

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Megera[1] (qadimgi yunoncha: Μέγαιρα, „hasadgoʻy“) — qadimgi yunon mifologiyasida uchta Eriniyaning ― aybdorlarni taʼqib qilib, ularni aqldan ozdiruvchi, qonli adovat maʼbudalarining eng dahshatlisi. Ereb va Nyuktaning qizi (yoki Tun va Tartarning[2] qizi yoki Uran axtalash paytida oqayotgan qon tomchilaridan tugʻilgan). Rimlik Furina (furii) ga mos keladi[3].

Hasad va gʻazabning timsoli. U sochining oʻrnida ilonlari bor, oʻtkir tishlari va qoʻlida qamchi bilan dahshatli ayol sifatida tasvirlangan[4].

Majoziy maʼnoda — yovuz va janjalkash ayol (faqatgina oʻzbek tilida emas, balki, misol uchun, fransuzcha: mégère, italyancha: megera). Megera Brajnik kapalagi va (464) Megera asteroidi uning nomi bilan atalgan[5][6].

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. Сенека. Геркулес в безумье 102
  2. Vergiliy. Eneida XII 846
  3. Мифы народов мира. М., 1991-92. В 2 т. Т.2. С.127; См. Нонн. Деяния Диониса X 35.
  4. Гл. ред. А.М. Прохоров. Большая Советская Энциклопедия. — 3. — М.: Советская Энциклопедия, 1969-1978. — Т. 15. — С. 551. — 632 с.
  5. Псевдо-Аполлодор. Мифологическая библиотека I 1, 4
  6. Бич // Библейская энциклопедия архимандрита Никифора. — М., 1891—1892.