Megasporangiy

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Megasporangiy (mega... va sporangiy) — har xil sporali qirqquloqsimonlar va urugʻli oʻsimliklarning bir yoki bir nechta megaspora rivojlanadigan organi. M. sporofillar qoʻltiqlarida (selaginelalarda) yoki sporofilldagi maxsus boʻshliqda (izoeteslarda) yoki sporokarplar ichida (suv qirqquloqlarida) bittadan hosil boʻladi. Urugʻli oʻsimliklarda M. nutsellus — urugʻkurtakning markaziy qismiga oʻxshash (yana qarang Mikrospora). [1]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil