Megafon
Megafon (mega ... va ...fon) — tovushni maʼlum yoʻnalishda kuchaytirib tarqatadigan radiokarnay. Koʻpincha, konussimon suyri shaklda alyuminiy qotishmasidan yasaladi, dastasi ham boʻladi. Radiokarnayning soplosimon kengayib borishi hisobiga tovushni jamlab kuchaytirib beradi. Odamlar koʻp toʻplanadigan joylar (portlar, stadion, vokzal va boshqalar)da qoʻllaniladi.[1]
Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]
![]() | Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
![]() | Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |