Meʼyoriy naflilik nazariyasi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Meʼyoriy naflilik nazariyasi, qoʻshimcha naflilik nazariyasi — isteʼmolchilarning bozordagi feʼlatvori, harakati, talabning shakllanishi, talab va taklif chizmasida talab egri chizigʻi holati qonunlarini izohlab beradigan nazariya. Qisqarib boradigan qoʻshimcha naflilik qonuniga muvofiq, isteʼmolda neʼmatlar miqdorining oʻsib borishiga qarab neʼmatning har bir qoʻshimcha birligidan olinadigan eng koʻp qoʻshimcha naf qisqarib boradi, bu esa talab egri chizigʻining salbiy ogʻishini keltirib chiqaradi. Meʼyoriy naflilik nazariyasi n., shuningdek, naflilik bilan harajatlar, yaʼni talab va taklif oʻrtasidagi oʻzaro aloqadorlikni ham anikdashga xizmat qiladi, bu bilan narxning vujudga kelishi (narx belgilash) qonunini ham izohlaydi. Mazkur qonunga koʻra neʼmat narxi jamiyatda ishlab chiqariladigan oxirgi neʼmat birligi beradigan qoʻshimcha na(lilik bilan belgilanali.

Muvozanatli narx qoʻshimcha naflilik va eng yuqori harajatlar egri chiziqlar kesishgan nuqtada turadi (chizmada Ye nuqga). Narxning shakllanishida qoʻshimcha naflilikning muhim ahamiyati shundaki, u harajatlar miqdori muvozanat nuqtasiga qaraganda katta summani tashkil etgan hollarda narx talab va taklifni muvozanatlaydigan Ye nuqtaga qaraganda pastroq boʻlishini koʻrsatadi. Chizmada MI chizigʻidagi A nuqta qoʻshimcha naflilikni koʻrsatadi (MI, MS — Meʼyoriy harajatlar va meʼyoriy naflilik). Ayni paytda narx harajatlaridan yuqori bulishi ham mumkin (chizmada V nukta).

Meʼyoriy naflilik nazariyasi n. bir-biridan mustakil holda 1871-yilda ingliz iktisodchisi V. S. Jevons, avstriyalik iqgisodchi K. Menger va 1874-yilda shveysariyalik iktisodchi L. Valras tomonidan asoslab berilgan.

Sherqul Shodmonov.[1]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil