Mazluma Asqarova

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Bu maqola vikilashtirilishi kerak.

nothumb

Iltimos, bu maqolani Vikipediya qoida va yoʻllanmalariga muvofiq tartibga keltiring.

Oʻzbek tilshunoz olimasi, Professor Dr. Mazluma Asqarova

Mazluma Asqarova 1924-yilning noyabr oyida Toshkentda tugʻildi. 1937-yilda Toshkent shahar 1-pedagogika bilim yurtiga, 1940 yilda Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika institutining oʻzbek tili va adabiyoti fakultetiga qabul qilindi. 1942 yildan boshlab Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika institutining hamda yuridik institutning tayyorlov boʻlimlarida va Narimonov nomli 15-oʻrta maktabda oʻzbek tili va adabiyoti fanlaridan dars bera boshladi. 1944 yilda institutni imtiyozli diplom bilan tugallab, oʻzbek tilshunosligi boʻyicha aspiranturaga qabul qilindi. 1948 yildan Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika institutining oʻzbek tilshunosligi kafedrasida oʻqituvchi boʻlib ishlay boshladi. 1951 yilda nomzodlik dissertatsiyasini muvaffaqiyatli himoya qildi. 1963 yilda doktorlik dissertatsiyasini muvaffaqiyatli himoya qildi. 1951 yildan 1957 yilgacha, soʻng 1964 yildan 2006 yilgacha oʻzbek tilshunosligi kafedrasi mudiri lavozimida ishladi.

OʻzME[tahrir]

Asqarova Mazluma (1924.4.11, Toshkent) – o‘zbek tilshunosi. O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan fan ar-bobi (1965). Filol. fanlari doktori (1963), professor (1965), Rossiya Federatsiyasi Ta’lim akademiyasining muxbir a’zosi (1968). Toshkent ped. bilim yurti (1940), Toshkent pedagogika institutining o‘zbek tili va adabiyoti fakulteti (1944)ni tugatgan. Shu institut (hozirgi Toshkent ped. universiteti)da o‘qituvchi (1948– 52), dotsent (1957–63). O‘zbek tilshunosligi kafedrasining mudiri (1952–57; 1964 yildan). Ilmiy faoliyati hozirgi o‘zbek tilida ergashish formalari va ergashgan gaplarning tiplari mavzuiga bag‘ishlangan. A. o‘rta maktablar uchun "O‘zbek tili darsligi", oliy o‘quv yurtlari uchun "Hozirgi o‘zbek adabiy tili" darsligi (1-qism, 1980; 2-qism, 1986) mualliflaridan.[1]

Asarlari[tahrir]

  • „Oʻzbek tili darsligi“ (4-sinf uchun, 1970, 1975, 1979, 1980, 1982, 1984, 1990, 1992 yillar; hammuallif),
  • „Oʻzbek tili darsligi“ (7-sinf uchun, 1972 y; hammuallif),
  • „Oʻzbek tili darsligi“ (8-sinf uchun, 1982 yil; hammuallif),
  • „Oʻzbek til darsligi“ (7-8 sinflar uchun, 1974, 1977, 1981, 1983, 1987, 1991 yillar, hammuallif),
  • „Oʻzbek tili“ (1976, 1989 yillar; hammuallif),
  • „Oʻzbek tili darsligi“ (9-sinf uchun, 1980 yil; hammuallif),
  • „Hozirgi oʻzbek adabiy tili“ (I tom, 1975 yil; hammuallif)
  • „Hozirgi oʻzbek adabiy tili“ (II tom, 1976 yil; hammuallif),
  • „Hozirgi oʻzbek adabiy tili“ (I qism, 1980 yil; hammuallif),
  • „Oʻzbek tili grammatikasining praktikumi“ (1972, 1981 yillar; hammuallif).
  • „Bogʻlovchisiz bogʻlangan qoʻshma gaplar“ (1955),
  • „Sabab va maqsad ergash gapli qoʻshma gaplar“ (1957),
  • „Aniqlovchi ergash gaplar“ (1959),
  • „Qoʻshma gapning koʻchirma gapli turi haqida“ (1981)
  • „Hozirgi zamon oʻzbek tilida qoʻshma gaplar“ (1960),
  • „Ergashgan qoʻshma gaplarning sintaktik sinonimikasi“ (1963),
  • „Hozirgi oʻzbek tilida ergashish formalari va ergash gaplar“ (1966) va boshqalar.

Xalqaro ilmiy anjumanlardagi ishtiroki[tahrir]

Ufa (1966 yil), Sankt-Peterburg (1961), Moskva (1964), Olmota (1963, 1983) va Bishkek (1962).

Shogirdlari[tahrir]

Olima shu kungacha 10 dan ortiq doktorlik va 30 dan ortiq nomzodlik dissertatsiyalariga rahbarlik qildi.

Mukofotlari[tahrir]

Oʻzbekiston Oliy Soveti Prezidiumining Faxriy Yorligʻi (1965, 1985), „Oʻzbekiston Xalq maorifi vazirligining Faxriy Yorligʻi“ (1972, 1974, 1975, 1984), Oʻzbekiston Xalq maorifi alochisi (1974), „Hurmat Belgisi“ ordeni (1978), „Shuhrat“ (1994) medali, „Mustaqillik“ esdalik nishoni (1992), „Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan fan arbobi“ (1965). Mazluma Asqarova 2010-yilning 17-avgustida 86 yoshida vafot etdilar.

Manbalar[tahrir]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil