Mazinho
|
Mazinho (2019-yil) | |||
| Shaxsiy maʼlumot | |||
|---|---|---|---|
| Toʻliq ismi | Iomar do Nascimento | ||
| Tavallud sanasi | 8-aprel 1966-yil | ||
| Tavallud joyi | Santa Rita, Paraíba, Braziliya | ||
| Boʻyi | 1.76 m | ||
| Ampluasi | Yarim himoyachi, Qanot himoyachisi | ||
| Professional faoliyati* | |||
| Yillar | Jamoa | Isht. | (Gol.) |
| 1985—1990 | Vasco da Gama | 232 | (16) |
| 1990—1991 | Lecce | 34 | (2) |
| 1991—1992 | Fiorentina | 21 | (0) |
| 1992—1994 | Palmeiras | 127 | (2) |
| 1994—1996 | Valencia | 71 | (0) |
| 1996—2000 | Celta Vigo | 114 | (8) |
| 2000—2001 | Elche | 17 | (0) |
| 2001 | Vitória | 15 | (0) |
| Total | 631 | (28) | |
| Milliy terma jamoa | |||
| 1989—1994 | Braziliya | 35 | (0) |
| Boshqargan klublari | |||
| 2009 | Aris | ||
| *Professional klublardagi gollari (ichki chempionat) | |||
Iomar do Nascimento (1966-yil 8-aprelda tugʻilgan) – Mazinho nomi bilan tanilgan, braziliyalik futbol murabbiyi va sobiq futbolchi. Mazinho oʻzining professional futbolchilik faoliyatida asosan tayanch yarim himoyachi va qanot himoyachisi sifatida oʻynagan. Bosh murabbiy sifatida u 2009-yilda Gretsiyaning „Aris“ klubida qisqa vaqt davomida ishlagan.
Sobiq markaziy yarim himoyachi Mazinho Braziliya terma jamoasi safida 35 ta xalqaro oʻyin oʻtkazib, 1989-yilgi Amerika kubogi, 1994-yilgi FIFA Jahon chempionati va 1988-yilgi Olimpiada oʻyinlarida kumush medalni qoʻlga kiritgan. Shuningdek, u 1990-yilgi Jahon chempionati va 1991-yilgi Amerika kubogida ham ishtirok etgan.
Klubdagi faoliyati
[tahrir | manbasini tahrirlash]Mazinho Braziliyada Vasko da Gama, Palmeyras va Vitoriya, Italiyada Lechche va Fiorentina, Ispaniyada Valensia, Selta va Elche bilan oʻynagan. Faoliyatini chap qanot himoyachisi sifatida boshlagan u 1990-yillarning boshlarida yarim himoyaga oʻtgan.
Mazinho Vasko da Gama va Palmeiras bilan Campeonato Brasileiro (Braziliya chempionati) ning uch karra gʻolibi boʻlgan. U 1987 va 1988-yillarda Braziliyaning „Kumush toʻp“ mukofotini olgan.
Xalqaro faoliyati
[tahrir | manbasini tahrirlash]Mazinho Braziliya terma jamoasi bilan 35 ta oʻyin oʻtkazgan. Birinchi bor 1989-yilning may oyida Peruga qarshi oʻrtoqlik oʻyinida oʻynagan boʻlsa va oxirgi bor 1994-yilgi FIFA Jahon chempionati finalida oʻynagan[1][2]. 1994-yilgi Jahon chempionatida Braziliya gʻalaba qozongan. Mazinho chorak finalda Niderlandiyaga qarshi oʻyinda Bebeto va Romário bilan „uch erkak va chaqaloq“ bayramining uchinchi aʼzosi boʻlgan. Mazinho shuningdek, 1989-yilda Amerika kubogi gʻolibi boʻlgan, oʻsha paytda u qanot himoyachisi sifatida oʻynagan.
„Mazinho“ laqabli yana bir futbolchi – Valdemar Aureliano de Oliveyra Filho 1991-yilgi Amerika Kubogida Braziliya terma jamoasi safida oʻynagan va ikki erkak oʻrtasida chalkashlikni oldini olish uchun „Mazinho Oliveyra“ yoki „Mazinho II“ nomi bilan tanilgan.
Murabbiylik faoliyati
[tahrir | manbasini tahrirlash]2009-yil yanvar oyida Mazinho ispaniyalik Quique Hernández oʻrniga Gretsiyaning Aris jamoasi bosh murabbiyi etib tayinlandi[3]. Biroq, Mazinho keyinchalik 2009-yil noyabr oyida Valensiyaning sobiq bosh murabbiyi Héctor Cúper bilan almashtirilgan.
Statistika
[tahrir | manbasini tahrirlash]| Jamoa | Davlat | Muddatdan | Muddatgacha | Natijalar | ||||
|---|---|---|---|---|---|---|---|---|
| Oʻ | Gʻ | D | M | Gʻal % | ||||
| Aris Thessaloniki | 2009-yil 21-yanvar | 2009-yil 2-noyabr | 23 | 11 | 7 | 5 | 47,83 | |
| Umumiy | 23 | 11 | 7 | 5 | 47,83 | |||
Shaxsiy hayoti
[tahrir | manbasini tahrirlash]Mazinhoning farzandalari ham futbolchi boʻlib, Thiago va Rafinhaning otasi hisoblanadi. Uning rafiqasi Valeriya Alkantara ham sport sohasida faoliyat olib borgan va sobiq voleybolchi edi[4][5].
Yutuqlari
[tahrir | manbasini tahrirlash]Klub tarkibidagi yutuqlar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Vasko da Gama
- Campeonato Carioca (Rio-de-Janeyro shtati chempionati): 1987, 1988
- Campeonato Brasileiro (Braziliya chempionati): 1989-yil
- Troféu Ramon de Karranza: 1987, 1988, 1989-yillar
- Taça Guanabara: 1986, 1987, 1990
- Taça Rio: 1988-yil
- Palmeyras
- Campeonato Brasileiro (Braziliya chempionati): 1993, 1994
- Campeonato Paulista (San-Paulu shtati chempionati): 1993, 1994
- Rio – San-Paulu turniri: 1993-yil
Terma jamoa tarkibidagi yutuqlar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Braziliya
- FIFA Jahon chempionati: 1994-yil
- Amerika kubogi: 1989-yil
Shaxsiy sovrinlar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Placar Bola de Prata: 1987, 1988, 1989;
- Janubiy Amerikada yilning eng yaxshi futbolchisi Kumush toʻp: 1989-yil
- Janubiy Amerikada yilning eng yaxshi jamoasi: 1989-yil[6].
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ „Brazil – Record International Players“. rsssfbrasil.com. Qaraldi: 2011-yil 1-oktyabr.
- ↑ „Mazinho“. Sambafoot. sambafoot.com. Qaraldi: 2011-yil 1-oktyabr.
- ↑ „Mazinho sustituye a Quique Hernández como entrenador del Aris de Salónica“ (es). Diario AS (2009-yil 22-yanvar). Qaraldi: 2009-yil 22-yanvar.
- ↑ Hamilton, Tom „Liverpool sign Thiago from Bayern Munich on long-term deal“. ESPN (2020-yil 18-sentyabr). Qaraldi: 2020-yil 19-sentyabr.
- ↑ „Thiago y Jonathan, ADN fútbol“ (es) (2009-yil 21-avgust). Qaraldi: 2011-yil 9-yanvar.
- ↑ „South American Team of the Year“. RSSF.com (2009-yil 16-yanvar). 2015-yil 21-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2015-yil 30-oktyabr.
Havolalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Mazinho CBF.com.br (portugalcha)
- Mazinho National-Football-Teams.com saytida
- 8-aprelda tugʻilganlar
- 1966-yilda tugʻilganlar
- Yashayotgan insonlar
- Braziliyalik erkak futbolchilar
- Braziliyalik futbol murabbiylar
- Serie A futbolchilari
- La Liga oʻyinchilari
- Segunda División futbolchilari
- CR Vasco da Gama futbolchilari
- SE Palmeiras futbolchilari
- Santa Cruz FC futbolchilari
- EC Vitória futbolchilari
- US Lecce futbolchilari
- ACF Fiorentina futbolchilari
- Valencia C.F. futbolchilari
- RC Celta de Vigo futbolchilari
- Elche CF futbolchilari
- Deportivo Alavés futbolchilari
- Braziliyalik muhojir erkak futbolchilar
- Copa América 1989 oʻyinchilari
- FIFA Jahon chempionati 1990 oʻyinchilari
- Copa América 1991 oʻyinchilari
- FIFA Jahon chempionati 1994 oʻyinchilari
- Futbol boʻyicha jahon chempionlari
- Copa América Centenarioda gʻolib boʻlgan oʻyinchilar
- Erkak futbol yarim himoyachilari
- Braziliya milliy futbol terma jamoasi erkak futbolchilari
- Italiyadagi muhojir erkak futbolchilar
- Ispaniyadagi muhojir erkak futbolchilar
- Aris Thessaloniki F.C. murabbiylari
- Olimpiyada medalini olgan futbolchilar
