Kontent qismiga oʻtish

Mazhar Alanson

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Mazhar Alanson
Mazhar Alanson
Tavalludi 1950-yil 13-febral
Fuqaroligi  Turkiya

Mahmut Mazhar Alanson (1950-yil 13-fevral) – Turk musiqachisi. Turk pop musicsidagi mashhur MFÖ guruhi MFÖ aʼzosi va aktyori.

Hayoti[tahrir | manbasini tahrirlash]

1950-yil 13-fevralda Turkiyaning Anqara shahrida sozandalar oilasida dunyoga kelgan. Uning otasi Davlat filarmoniya orkestrida bosh trubachi boʻlgan. Oʻrta maktabni tamomlagandan soʻng Anqaradagi Davlat konservatoriyasiga oʻqishga kirgan va tomosha sanʼati, xususan (teatr) yoʻnalishga oʻqishga kiragan.

Faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

Alanson (oʻrtada) 2012-yilda MFÖ jamoasi konsertida

Oʻrta maktab yillaridayoq gitara chalishni oʻrgangan. 1966-yilda Mazhar Fuat Güner va Sadiq Kuyas bilan birga „Kaygʻizlar“ guruhini tuzgan. Guruh bilan The Beatles, Crosby, Stills & Nash va The Rolling Stones musiqalarini ijro etishdi va taniqli turk estrada xonandasi Barish Manço bilan hamkorlik qilishgan. Keyinchalik Özkan Uğur guruhga qoʻshilgan va 1972-yilda trio aʼzolarning bosh harflaridan iborat boʻlgan MFÖ jamoasiga asos solishagan. Özkan harbiy xizmatni oʻtayotgan vaqtda, jamoadoshlari Mazhar va Fuat oʻzlarining ilk albomi „Türküz Türkü Çığırız“ („Biz turkmiz, Türkü kuylaymiz“) nomli albomini chiqarishgan.1974-yilda Galip Boransu va Ayhan Sicimoğlu guruhlari qoʻshilishgan va beshlik Ipucu Beşlisi („Clue Quintet“) nomini olgan. Biroq, guruh qisqa vaqtdan keyin tarqab ketgan va MFÖ guruhi yana trio sifatida musiqa koʻylashni davom ettirgan.

1972—1982-yillarda Mazhar Alanson Anqara davlat teatrida aktyor sifatida rol oʻynagan, yirik spektakllarda bir qancha bosh rollarni ijro etgan.

ikkita yakkaxon albom chiqardi: Herşey Çok Güzel Olacak (1999) va Türk Lokumuyla Tatlı Rüyalar (2002).

Turkiyaning eng koʻp koʻrilgan O Ses Türkiye (The Voice turkiy versiyasi) telekoʻrsatuvida sobiq hakamlar hay’ati aʼzosi boʻgan.

Shaxsiy hayoti[tahrir | manbasini tahrirlash]

1972-yilda Xeyl Alansonga turmushga chiqgan. Juftlik ikki ta farzandli boʻlishadi, ammo 2003-yilda oilaviy moamolar sabab ajrashishgan. U Istanbuldagi so'fiy Islomiy Jerrahi tariqatining taniqli aʼzosidir.

Diskografiyasi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Yakkaxon albomlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

Albomlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

Filmografiyasi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Film[tahrir | manbasini tahrirlash]

Televizion serial[tahrir | manbasini tahrirlash]

Havolalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. „Mazhar Alanson Senfoni albümü yayınlandı“ (tr). Qaraldi: 2022-yil 14-sentyabr.