Kontent qismiga oʻtish

Mazaxchini oʻldirish (film)

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Mazaxchini oʻldirish
To Kill a Mockingbird
Rejissyor(lar) Robert Mulligan
Prodyuser(lar) Alan J. Pakula
Hikoya Kim Stanley
Qaysi asarga
asoslangan
Mazaxchini oʻldirish, Harper Lee
Chiqarilgan sanasi Dekabr 25, 1962
Davomiyligi 129 minut
Mamlakat Amerika
Til inglizcha
Byudjeti $2 million
Daromadi $13.1 million

Mazaxchini oʻldirish — amerikalik yozuvchi Harper Leening 1960-yilda chop etilgan shu nomdagi asariga asoslangan film. 1962-yilda Robert Mulligan filmga rejissorlik qilish huquqini oladi. Film asosan Horton Fut tomonidan ishlab chiqarilgan boʻlib, Buyuk depressiya davridagi Alabamada advokat (Pek) zo'ravonlik bilan ayblangan qora tanli kishini (Peter) himoya qilishi bilan birga bolalarini (Badham va Alford) adolatsizlikka qarshi tarbiyalash jarayonlari oʻz ichiga oladi.

Irqchilik, xurofotga qarshi harakatlarni akslantirgan film tanqidchilar va jamoatchilik tomonidan ijobiy qabul qilindi. Shuningdek, filmning sof foydasi koʻzlanganidan olti baravaridan ko'proq daromad olib keldi. Film 3 marta Oscar (talaffuzi: Oskar) mukofotiga sazovor bo'ldi, shu jumladan, Gregory Peck uchun Eng yaxshi aktyor, Fut uchun Eng yaxshi ssenariy, Bedham uchun Eng yaxshi ikkinchi darajali aktrisa va Eng yaxshi film, Eng yaxshi rejissyor kabi sakkiz nominatsiyaga loyiq koʻrildi.

Jinsiy zoʻravonlik, irqchilik, ijtimoiy tengsizlik kabi jiddiy mavzularga qaramay, filmdagi hazil va mutoyiba sahnalari tomoshabinlar tomonidan sevildi. Bosh qahramonlardan biri boʻlgan Atticus Finch axloq, shuningdek, halol huquqshunosning namunasi boʻldi.

Jeyms Stewart Attikus Finch rolini rad etadi, chunki asar voqealari haqiqatda keng koʻlamli va munozarali edi[1]. Loyiha tayyorlanishi davrida ushbu rol Rock Hudsonga taklif qilinadi. Ammo prodyuser Alan J. Pakula bosh qahramon uchun taniqliroq aktyor xohlaydi[2].

Pakula (rejissyor) Peck (bosh qahramon) roli bilan tanishgandagi fikrlarini eslaydi: U darhol qoʻngʻiroq qildi va roziligini aytdi... Peck va uning qahramoni oʻrtasida nomutanosiblik yoʻq edi[3]. Keyinchalik, Peck intervyusda kitob unga Kaliforniya shtatidagi La Jollada ulgʻaygan yillarini eslatgani, shuning uchun ham rol eʻtiborini jalb etganligini taʻkidlaydi[4].

Romanning 1962-yilgi yumshoq muqovali nashri:

Janubiy Maykomb (Alabama shtati) menga men oʻsib-ulgʻaygan Kaliforniya shahrini eslatadi. Roman qahramonlari men bolaligimda tanigan chehralarga oʻxshaydi. Menimcha, romanning eng jozibali tomoni shundaki, u oʻquvchilariga qayerda boʻlmasin oʻzlari tanigan odamlarni eslatadi. Kitob men uchun — universal hikoya. Gregory Pek.

Gregory Peck bosh rolni ijro etgan „ To kill a Mockingbird“ filmi 8 nominatsiya boʻyicha „Oskar“ mukofotiga nomzod boʻlgan va uchta statuetka (eng yaxshi aktyor, eng yaxshi moslashtirilgan ssenariy va eng yaxshi sahna koʻrinishi) bilan taqdirlangan.

1995-yilda Mazaxchini oʻldirish Kongress kutubxonasi tomonidan Qo'shma Shtatlar National Film Registry tomonidan madaniy, tarixiy va estetik jihatdan muhim deb tanlandi[5][6].

2007-yilda Kim Hamilton filmdagi Harlem jamiyati aʻzosi boʻlgan Helen Robinson roli uchun Harlem jamiyati tomonidan taqdirlanadi. U filmda oʻz nutqiga ega soʻnggi afroamerikalik edi. Mukofot haqida gap ketganda, u shunday deydi: Men bu mukofot haqiqatda ajoyib deb oʻylayman. Judayam mamnun, shu bilan birga judayam hayronman[7].

Amerika Kino Instituti Attikus Finchni XX asrning Eng buyuk kino qahramoni deb atadi[8]. Mazaxchini oʻldirish courtroom drama (sud zalidagi drama) janridagi Eng yaxshi film sifatida tan olingan[9].

  1. Eliot, Marc. Jimmy Stewart: A Biography. Crown, October 10, 2006. ISBN 978-0307352682. 
  2. Snider. „13 Judicious Facts About to Kill a Mockingbird“. Mental Floss (2015-yil 24-oktyabr).
  3. Nichols, Peter M.. „HOME VIDEO; Time Can't Kill 'Mockingbird'“ (en-US). The New York Times (1998-yil 27-fevral). Qaraldi: 2024-yil 10-fevral.
  4. King, Susan. How the Finch Stole Christmas; Q & A with Gregory Peck. Los Angeles Times (1997-yil 22-dekabr), s. 1.
  5. „Cinematic Legends Take Their Place in National Film Registry“. Chicago Tribune (1996-yil 4-yanvar). Qaraldi: 2024-yil 10-fevral.
  6. Robert Duvall (actor), Gary Hertz (director). Miracles & Mercies. Blue Underground.
  7. „Harlem community honors 'Mockingbird' actress“. USA Today (2007-yil 11-dekabr). 2010-yil 8-iyulda asl nusxadan arxivlangan.
  8. „AFI’s 100 Years…100 Heroes & Villains“ (en). American Film Institute. Qaraldi: 2024-yil 10-fevral.
  9. „AFI's 10 Top 10“. American Film Institute (2008-yil 17-iyun). 2008-yil 19-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2008-yil 18-iyun.