Mayya Quliyeva

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Mayya Quliyeva (Mamajon; 1920.1.5 — 2018.27.4, Ashxobod) — turkman xonandasi (lirik soprano). Xalq artisti (1955). Moskva konservatoriyasida taʼlim olgan (1938—41). 1941-yildan Mahtumquli nomidagi Turkman opera va balet teatrining yakkaxon xonandasi. Mohim, Shohsanam, Ayna (A.Shaposhnikov, "Tohir va Zuhra", "Shohsanam va Gʻarib", "Ayna"), Layli (Yu.Meytus, D.Ovezov, "Layli va Majnun") kabi partiyalarni katta isteʼdod bilan, mumtoz operalaridan ham koʻpgina partiyalarni muvaffaqiyatli ijro etgan (P.Chaykovskiyning "Yevgeniy Onegin"ida Tatyana, J.Bizening "Karmen"ida Mikaela, Sh.Gunoning "Faust"ida Margarita va boshqalar). Xalq qoʻshiqlarining mohir ijrochisi sifatida ham tanilgan. Bir necha turkman filmida suratga tushgan.