Kontent qismiga oʻtish

Maysur (shahar)

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Maysur, Mayeop — Hindistonning jan. qismidagi shahar. Karnataka shtatida, Chamundi togʻi etagidagi soylikda. Aholisi 866 ming kishi (2001). Temir yoʻl tuguni. Toʻqimachilik (jumladan, ip gazlama), oziq-ovqat (sholi oqlash, yogʻmoy), kimyo (oʻgʻitlar, plastmassa) sa-noati korxonalari mavjud. Hunarmandchilikda mato toʻqiladi, metall, yogʻoch va suyakdan turli buyumlar yasaladi. Un-t (1916), universitet qoshida ilmiy tadqiqot markazlari, qishloq xoʻjaligi kolleji va boshqa oʻquv muassasalari bor. Shahar yaqinida 1930-yilda mashhur "Favvoralar bogʻi" qurilgan. Hayvonot bogʻi bor. Sayyohlar koʻp keladi.[1]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil