Maylin Wende

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Maylin Wende (Hausch)
Shaxsiy maʼlumotlari
Davlat Olmoniya bayrogʻi Germaniya
Tavalludi 22-sentyabr 1988-yil (1988-09-22) (35 yosh)
Stuttgart
Boʻyi 1.54 m (5 ft 1 in)
Sherigi Daniel Wende
Oldingi sheriklari Steffen Hörmann
Oldingi murabbiylari Karel Fajfr
Oldingi xoreograflari Anjelika Krylova, Pasquale Camerlengo, Frank Dehne, Rostislav Sinicyn
Jamoasi EC Oberstdorf
Mashgʻulot oʻtkazadigan joyi Oberstdorf
Uchishni boshlagan 1992
Yakunlagan 2014
Shaxsiy rekordlari
Umumiy natija 2013 Nebelhorn Trophy
Qisqa dastur 61.00
2013 Nebelhorn Trophy
Erkin dastur 113.88
2013 Nebelhorn Trophy

Maylin Wende (talaffuzi: Maylin Vende; 1988-yil 22-sentyabrda tugʻilgan) — juftlikda konkida uchish boʻyicha musobaqalarda qatnashgan germaniyalik figurali uchuvchi. Turmush oʻrtogʻi va sportdagi jufti boʻlgan Daniel Wende bilan birga 2010 Trophée Eric Bompard musobaqasining bronza medali sovrindori, 2013 Nebelhorn Trophy turnirining kumush medali sovrindori va ikki karra Germaniya chempioni boʻlgan. Ular ikki marta Qishki Olimpiada oʻyinlarida (2010, 2014) qatnashgan, Yevropa chempionatida (2011, 2014) oltinchi oʻrindan joy olgan[1].

Faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

Maylin Hausch 1992-yilda konkida uchishni boshlagan. U 2006-yilgacha yakka holda konkida uchib, 2004-yilda Germaniya oʻsmirlar va yangi konkida uchuvchilar oʻrtasida oʻtkazilgan milliy chempionatda toʻrtinchi oʻrinni egallagan[2].

Daniel Wende bilan juftligi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Hausch 2008-yilning sentyabrida Daniel Vende bilan juftlikda konkida ucha boshlagan. Ular Oberstdorfda mashgʻulotlar olib borishardi va juftlikka Karel Fajfr murabbiylik qilgan[3].

2010 — 2011-yilgi mavsumda Hausch / Wende juftligi Gran-pri turnirining 2010 Trophee Erik Bompard bosqichida ishtirok etib, bronza medalini qoʻlga kiritgan[4].

2011 — 2012-yillarda bu juftlik 2011 Nebelhorn Trophy musobaqasida toʻrtinchi oʻrinni egallagan. Ular 2011 Skate America musobaqasida sakkizinchi o‘rinni egallaganlar.2012-yilgi Yevropa chempionatida Hausch / Vende juftligi yettinchi oʻrindan joy olgan.

Hausch / Wende juftligning 2012 — 2013-yilgi mavsumdagi mashgʻulotlari ularning oilalaridagi vafotlar va kasalliklar tufayli kech boshlandi; Natijada, juftlik 2012-yilgi Rossiya kubogi musobaqasini tark etishdi. Wende 2012-yilning kuzida umurtqa pog‘onasi ogʻrigʻidan azob chekdi. Juftlik 2013-yili oʻtkazilgan Germaniya chempionatini tark etishdi.

Shaxsiy hayoti[tahrir | manbasini tahrirlash]

Hausch va Wende 2013-yil iyun oyida turmush qurishgan.

Dasturlari[tahrir | manbasini tahrirlash]

Wende bilan

Mavsum Qisqa dastur Erkin dastur
2013/2014

  • November Rain
    David Garrett
2011/2012

  • Music (is My First Love)
    John Miles
  • Your Highness
    Steve Jablonsky
2010/2011

  • El Tango de Roxanne
    The Police
  • Prince of Persia
    Harry Gregson-Williams
2009/2010

  • Black Machine

    (Dance with Me)
  • Move to the Big Band
    Ben Liebrand
  • Alexander
    Vangelis
2008/2009

  • Black Machine

    (Dance with Me)
  • Move to the Big Band
    Ben Liebrand
  • Alexander
    Vangelis

Natijalari[tahrir | manbasini tahrirlash]

Hausch va Wende 2010 Trophée Erik Bompard musobaqasida

(Wende bilan)

Natijalar
Xalqaro
Musobaqa 2008/09 2009/10 2010/11 2011/12 2012/13 2013/14 2014/15
Olimpiada 17 13
Dunyolar 15 14 12 13 13
Yevropa chempionati 8 9 6 7 WD 6
GP Bompard 3
Rossiya GP kubogi WD WD
GP NHK Trophy 7
GP Skate America 8
Bavarian Open 1ㅤ 1ㅤ
Nice kubogi 3
Ice Challenge 4 1ㅤ 2
Nebelhorn 7 5 4 2
Ondrej Nepela xotirasi 1ㅤ
Milliy
Germaniya chempionati 2 1ㅤ WD 1ㅤ WD 2
GP = Gran-pri; WD = musobaqani tark etgan

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. „Eiskunstlauf – EM: Hausch/Wende müssen Start bei Eiskunstlauf-EM absagen“ (de). Deutsche Presse-Agentur. Süddeutsche Zeitung (2013-yil 10-yanvar). 2013-yil 11-yanvarda asl nusxadan arxivlangan.
  2. „Interview: Maylin Hausch and Daniel Wende“. figureskating-online.com (2013-yil 3-iyun). 2022-yil 1-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 1-dekabr.
  3. „Results Junior Ladies B 2004 German Nationals“. Eislauf-Union.de. 2011-yil 29-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 1-dekabr.
  4. „Neues Paar am Start“ (de). Eislauf-Union.de (2013-yil 12-iyun). 2013-yil 19-iyunda asl nusxadan arxivlangan.