Kontent qismiga oʻtish

Daniel Wende

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Daniel Wende
Shaxsiy maʼlumotlari
Davlat Olmoniya bayrogʻi Germaniya
Tavalludi 24-iyul 1984-yil (1984-07-24) (39 yosh)
Essen
Boʻyi 1.82 m
Sherigi Maylin Wende
Oldingi murabbiylari Karel Fajfr, Knut Schubert, Julia Gnilozoubova
Jamoasi EJE Essen
Mashgʻulot oʻtkazadigan joyi Oberstdorf
Uchishni boshlagan 1990
Yakunlagan 2014
Shaxsiy rekordlari
Umumiy natija 2013 Nebelhorn Trophy
Qisqa dastur 61.00
2013 Nebelhorn Trophy
Erkin dastur 113.88
2013 Nebelhorn Trophy

Daniel Wende (talaffuzi: Daniyel Vende; 1984-yil 24-iyulda tugʻilgan) — juftlikda konkida uchish boʻyicha musobaqalarda qatnashgan germaniyalik figurali uchuvchi. Maylin Wende bilan birga 2010 Trophée Eric Bompard musobaqasining bronza medali sovrindori, 2013 Nebelhorn Trophy turnirining kumush medali sovrindori va ikki karra Germaniya chempioni boʻlgan. Ular ikki marta Qishki Olimpiada oʻyinlarida (2010, 2014) qatnashgan, Yevropa chempionatida (2011, 2014) oltinchi oʻrindan joy olgan[1].

Wende akkalik holda konkida uchish bilan shugʻullana boshlaganidan soʻng, 16-17 yoshida juftlikda konkida uchishga oʻtgan. Uning birinchi sherigi Rebecca Handke edi. Bu juftlik ikki marta Germaniyada oʻtkazilgan oʻsmirlar oʻrtasidagi milliy musobaqa chempionligini qoʻlga kiritgan va keyingi ikki yilda kattalar toifasida huddi shu turnrda ishtirok etib, kumush medalini qoʻlga kiritgan. Ular besh marta Yevropa chempionatida qatnashib, oltinchi oʻrindan joy olgan (2005)[2].

Maylin Wende (Hausch) bilan juftlikda

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Daniel Wende 2008-yilning sentyabrida Hausch bilan juftlikda konkida ucha boshlagan. Ular Oberstdorfda mashgʻulotlar oʻtkazgan va juftlikka Karel Fajfr murabbiylik qilgan.

2010 — 2011-yilgi mavsumda Hausch / Wende juftligi Gran-pri turnirining 2010 Trophee Erik Bompard bosqichida ishtirok etib, bronza medalini qoʻlga kiritgan.

2011 — 2012-yillarda bu juftlik 2011 Nebelhorn Trophy musobaqasida toʻrtinchi oʻrinni egallagan. Ular 2011 Skate America musobaqasida sakkizinchi o‘rinni egallaganlar.2012-yilgi Yevropa chempionatida Hausch / Vende juftligi yettinchi oʻrindan joy olgan.

Hausch / Wende juftligning 2012 — 2013-yilgi mavsumdagi mashgʻulotlari ularning oilalaridagi vafotlar va kasalliklar tufayli kech boshlandi; Natijada, juftlik 2012-yilgi Rossiya kubogi musobaqasini tark etishdi. Wende 2012-yilning kuzida umurtqa pog‘onasi ogʻrigʻidan azob chekdi. Juftlik 2013-yili oʻtkazilgan Germaniya chempionatini tark etishdi.

Mavsum Qisqa dastur Erkin dastur
2013/2014
  • November Rain David Garrett
2011/2012
  • Music (is My First Love) John Miles
  • Your Highness Steve Jablonsky
2010/2011
  • El Tango de Roxanne The Police
  • Prince of Persia Harry Gregson-Williams
2009/2010
  • Black Machine (Dance with Me)
  • Move to the Big Band Ben Liebrand
  • Alexander Vangelis
2008/2009
  • Black Machine (Dance with Me)
  • Move to the Big Band Ben Liebrand
  • Alexander Vangelis
Natijalar
Xalqaro
Musobaqa 2008/09 2009/10 2010/11 2011/12 2012/13 2013/14 2014/15
Olimpiada 17 13
Jahon chempionati 15 14 12 13 13
Yevropa chempionati 8 9 6 7 WD 6
GP Bompard 3
Rossiya GP kubogi WD WD
GP NHK Trophy 7
GP Skate America 8
Bavarian Open 1ㅤ 1ㅤ
Nice kubogi 3
Ice Challenge 4 1ㅤ 2
Nebelhorn 7 5 4 2
Ondrej Nepela xotirasi 1ㅤ
Milliy
Germaniya chempionati 2 1ㅤ WD 1ㅤ WD 2
GP = Gran-pri; WD = musobaqani tark etgan
  1. „Interview: Maylin Hausch and Daniel Wende“. figureskating-online.com (2013-yil 3-iyun). 2022-yil 1-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 1-dekabr.
  2. „Results Junior Ladies B 2004 German Nationals“. Eislauf-Union.de. 2011-yil 29-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 1-dekabr.