Maykl Dragon

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Maykl Dragon

Maykl Dragon(1739-yil Afina,Usmonli imperiyasi – 1821-yil 10-mart, Yangi-Orlean,Luiziana,AQSH) – asli yunon boʻlgan amerikalaik savdogar, askar va davlat amaldori. Yangi Orlean Shahrida yashagan birinchi yunonlardan biri hisoblanadi. Konfederatsiyalar boshqaruv kabinetida xizmat qilganida, u Luiziana shtatining xalq taʼlimi boʻyicha birinchi boshligʻi boʻlib ishladi. U Aleksandr Dmitriyning bobosi (1805-1883), diplomat, tilshunos, va tadqiqotchi,AQSHning Kosta-Rika va Nikaraguadagi elchisi ham edi[1].

Biografiyasi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Maykl Dragon 1821-yil 10-martda Yangi Orleanda vafot etgan. Oʻsha davrning koʻplab mashhur Orlean oilalari singari,Dragon oilasining Nyu-Orleandagi Sant Luisda oʻz qasri bor edi.

1764-yilda u Shimoliy Amerikaga koʻchib,Yangi Orleanga joylashdi. U Antonio Dragon va Eleni Klino lar oilasida tavallud topgan.

U Yangi Orleanga oddiy dengizchi sifatida kelgan. 1766-yilga kelib u Yangi Orleandagi eng mashhur savdogarga aylandi. Yangi Orleandagi Muqaddas Uch Birlik yunon pravoslav cherkovining arxiv qoʻmitasi tomonidan olib borilgan tadqiqotlarga koʻra, 1850-yilgacha shaharda faqta 4 ta yunonlar yashab kelgan va bu kichik guruhdan qaysi biri Gretsiyadan keyingi muhojirlar bilan muloqot qilgani nomaʼlum. Amerika inqilobiy urushi davrida Gʻarbiy Floridani zabt etishda u ispanlarga yordam berdi. 1771-yil 1-yanvarda u Luiziana muntazam militsiyasida askar boʻldi. Bir yil ichida u birinchi darajali korporativ unvonini oldi. 1787-yil 1-oktyabrda u Alabama shtatida ispan generali Galves qoʻmondonligida Luiziana artilleriyasida ikkinchi serjant sifatida xizmat qildi. 1789-yil 1-iyulda u birinchi serjant, 1792-yil 12-fevralda ikkinchi leytenant, 1796-yil 29-martda leytenant unvonini oldi. Dragonning avlodlaridan birining soʻzlariga koʻra, u " Amerika inqilobinig qahramonlari " guruhiga kirgan birinchi fransuz yoki ingliz askariga aylandi. 1803-yilda u hali ofitser boʻlgan paytlarida,Luizinani Fransiyadan Qoʻshma Shtatlarga tantanali topshirishda ishtirok etdi. Shu bilan birga u Amerika fuqaroligini ham oldi[2].

Shahsiy hayoti[tahrir | manbasini tahrirlash]

Maykl Dragon,Mariya Fransuaza de Monplezirga uylangan(1755-1822), uning Marianna Selest(1777-1856) ismli qizi bor edi. 1799-yil oktyabr oyida Marianna Selest Nyu-Orleanda yunon muhojiri Dimas Tirisakosga (1755-1852) turmushga chiqdi. Bu Shimoliy Amerikadagi yunonlar oʻrtasidagi birinchi qayd etilgan nikoh edi. Dimas Tirisakos Yangi Orleanga kelganidan soʻng oʻz ismini Andrea Dimitriyga oʻzgartirdi. Tez orada u savdogar, keyinroq 1812-1815 yillardagi Angliya-Amerika urushining faxriysi boʻldi va Yangi Orlean jangida qatnashdi[3].

Havolalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]