May qoʻngʻizlari

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

May qoʻngʻizlari (Melolonthinae) — plastinka moʻylovli qungʻizlar kenja oilasi. Gavdasining uzunligi 15–35 mm, qurtlari (qarang Buzoqboshi qurtlar) — 30–70 mm. Qoʻngʻizlari rangi och sariq yoki oqish, may oyida paydo boʻladi (nomi shundan olingai). Bir necha turi maʼlum — Yevropa huludida garb May qoʻngʻizlari va sharq M. q.. Oʻrta Osiyoda zararkunanda May qoʻngʻizlari, uch tishli May qoʻngʻizlari va mart qungʻizi tarqalgan. May qoʻngʻizlari yumshoq tuproqqa (20—30 sm chuqurlikka) 100 taga yaqin tuxum quyadi. Tuxumlardan chiqqan qurtlari tuprokda 3 yil, baʼzan 4 yil rivojlanadi.. Qurtlar 4- yili gʻumbakka aylanib, undan 1 — 1,5 oydan soʻng qoʻngʻizlar chiqadi. Yosh qoʻngʻizlar tuprokda qishlab qoladi. Voyaga yetgan qoʻngʻizlar bahor oylarida tuproqdan uchib chiqib, 20—40 kun yashaydi; urugʻlanib tuxum qoʻygach halok boʻladi. May qoʻngʻizlari qurtlari tuprokda oʻsimliklar (ayniqsa.yosh niqollar) ildizini yeb,katta ziyon keltiradi. May qoʻngʻizlari qurtlarini kuzgi shudgorlash, ekinni chopiq qilinganda terib olish orqali yoʻqotiladi. Shudgor qilingan tuproqdagi May qoʻngʻizlari llar (zagcha, qarga, tovuq. olaqargʻa) koʻplab terib yeydi.[1]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil