Nenets tili

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Nenets tili
Soʻzlashuvchilarning umumiy soni 21 926 va 24 000
Alifbosi Kirill alifbosi va Nenets alphabet
Til kodlari
ISO 639-3 yrk[1]

Nenets tili (nenetscha: ненэцяʼ вада) — Rossiya Federatsiyasining shimolida yashovchi nenetslarning tili; samodi tshglariyaan biri. Kola yarim orolidan Yenisey daryosining oʻng qirgʻogʻigacha boʻlgan tundra zonasida va Pur daryosi havzasidagi tayga zonasida tarqalgan; 25 mingdan ortiq kishi soʻzlashadi. Tegishli ravishda 2 ta: tundra va oʻrmon lahjalariga boʻlinadi. Nenets tili fonetik jihatdan boshqa samodi tillaridan sezilarli farq qiladi; sintaksisi esa sodda gaplarning koʻpligi bilan ajralib turadi. Lugʻat tarkibida ovchilik, bugʻuchilik, baliqchilikka oid soʻzlar anchagina. Adabiy Nenets tili tundra laqjasi asosida shakllangan.

Nenets tili 1932-yildan lotin grafikasi asosidagi, 1937-yildan esa rus grafikasi asosidagi yozuvdan foydalanadi.[2]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. (unspecified title)
  2. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil