Yorugʻlik tezligi: Versiyalar orasidagi farq

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
ZéroBot (munozara | hissa)
k r2.7.1) (Bot Qoʻshdi: ckb:خێرایی ڕووناکی
FoxBot (munozara | hissa)
k r2.6.5) (Bot Qoʻshdi: ga:Luas an tsolais
Qator 50: Qator 50:
[[fr:Vitesse de la lumière]]
[[fr:Vitesse de la lumière]]
[[fur:Velocitât de lûs]]
[[fur:Velocitât de lûs]]
[[ga:Luas an tsolais]]
[[gl:Velocidade da luz]]
[[gl:Velocidade da luz]]
[[he:מהירות האור]]
[[he:מהירות האור]]

4-Fevral 2012, 18:38 dagi koʻrinishi

Yorug'lik tezligi — elektromagnit to'lqinlarning vakuumda tarqalish tezligi. Fizikaning asosiy doimiylaridan biri hisoblanib, "c" (lotincha "celerites" so'zining bosh harfi bo'lib, tarjimasi: tezlik) bilan belgilanadi. Yorug'lik tezligi har qanday fizik ta'sirlarning eng yuqori chegaraviy tarqalish tezligi.

Vakuumdagi qiymati

Yerdan Oygacha yorug'likning yetib borishi modeli

Yorug'likning vakuumdagi tezligi "c" fizik doimiydir. Uning eng aniq qiymati c=299 792 458 m/s, yoki 1 079 252 848.8 km/soat teng. Shuningdek, 1983-yilda yorug'lik tezligining aniq qiymatidan foydalanilgan holda metr etaloni qabul qilingan. 1 metr — yorug'lik nurining vakuumda, 1/299 792 458 soniya ichida bosib o'tgan masofasiga teng. Yorug'lik tezligi moddiy jismlarning to'liq energiyasini ularning massasi bilan bog'laydi: E = mc2. Yorug'likning muhitdagi tezligi "c'" muhitlarning sindirish ko'rsatkichi "п" bilan bog'langan bo'lib, har doim "c" dan kichik bo'ladi.

Tarixi

Yorug'lik tezligini bevosita va bilvosita aniqlash mumkin. Yorug'lik tezligini dastlab 1676-yilda daniyalik astronom Olaf Ryomer aniqlagan. U Yupiter sayyorasi yo'ldoshlarining tutilishlari orasidagi vaqt o'zgarishiga qarab c=300 870 ± 2 700 km/soat ekanligini topdi.

Shuningdek, qarang

Havolalar

Andoza:Link FA Andoza:Link FA Andoza:Link FA