Guns N' Roses: Versiyalar orasidagi farq

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
EmausBot (munozara | hissa)
Qator 91: Qator 91:
[[sl:Guns N' Roses]]
[[sl:Guns N' Roses]]
[[sq:Guns N' Roses]]
[[sq:Guns N' Roses]]
[[sr:Ганс ен роузиз]]
[[sr:Ганс ен' роузиз]]
[[sv:Guns N' Roses]]
[[sv:Guns N' Roses]]
[[ta:கன்ஸ் அன்’ ரோஸஸ்]]
[[ta:கன்ஸ் அன்’ ரோஸஸ்]]

4-Oktyabr 2010, 03:49 dagi koʻrinishi

Guns N' Roses (toʻpponchalar va atirgullar) — 1980-yillarning oxiri va 1990-yillarning boshlarida mashhur boʻlgan amerikalik rock-guruh.

Guruh Geffen Records bilan 1987 yilda chiqargan Appetite for Destruction albomidan keyin katta umumjahon muvaffaqiyat qozonadi. Bu muvaffaqiyat dunyoviy turne va Use Your Illusion I, Use Your Illusion II kabi albomlar bilan mahkamlanadi. Sotilgan albomlarning umumiy tiraji 90 million nusxani tashkil etadi. Shuning uchun guruh eng muvaffaqiyatli rock-guruhlardan biri hisoblanadi.

Tarixi

Guruhning tuzilishi

1982-yilda vokal Axl Rose va uning maktabdoshi - gitarist Izzy Stradlin bilan Indianadan Los Angelesga keladilar. Axl bir qancha guruhda ishtirok etar edi. Ulardan bittasi - Hollywood Roseda Izzy ham gitara chalar edi, yana bittasi L.A. Guns guruhi. L.A. Gunsda Tracii Guns gitara chalar edi. 1985-yilning mart oyida Guns N' Roses guruhini tuzadilar. Guruhga Izzy, L.A. Gunsning barabanchisi Rob Gardner va basschi Ole Beich ham qoʻshiladilar. Yaqin orada Olening oʻrniga Duff McKagan qoʻshiladi. Guruhning musiqiy tarzi oʻzida rock, hard-rock, blues va punk tarzlarini aralashmasini namoyon qilar edi.

Sietldagi gastrollarda Trecii va Gardner ishtirok eta olmaydilar. Shunda Axl Slashni va barabanchi Steven Adlerni taklif qiladi. 1986-yilga kelib ular ham guruhning ishtirokchilariga aylanadilar, shunday qilib guruhning klassik tarkibi maʼlum boʻladi:

  • Axl Rose - vokal
  • Slash - solo gitara
  • Izzy Stradlin - ritm gitara
  • Duff McKagan - bass-gitara
  • Steven Adler - baraban

Birinchi yozuvlar

1986-yilning dekabr oyida guruh oʻz mablagʻiga «Live?!*@ Like a Suicide» mini-albomini chiqardilar. Buning uchun shaxsiy mustaqil ovoz yozish studiyasi UZI Suicide Recordsni tashkil qildilar. Albomga kirgan toʻrt qoʻshiqdan faqat ikkitasi - «Reckless Life» va «Move To The City» ularga oid edi. Bu ikki qoʻshiq Hollywood Rose davrida Axl va Chris Webber tarafidan yozilgan edi. Qolgan ikki qoʻshiq - «Nice Boys» Rose Tatooniki, «Mama Kin» Aerosmithniki edi. Yozuvlarda qarsak va hushtaklar eshitilsa ham, guruh qoʻshiqlarni studiyada yozilganligini, bu ovozlar esa jonli konsertlardan olib qoʻshilganligini aytdilar. Ikki yildan soʻng bu toʻrt qoʻshiq GN’R Lies albomida ham chiqarildi.

«Ochilish»

Geffen Recordsning menejeri Tom Zutaut, Guns N' Rosesni Troubadour klubidagi chiqishini koʻradi. Raqobatdoshlaridan oʻljani olib qoʻyish uchun, guruh unga yoqqanini va ular bilan shartnoma imzolaganini eʼlon qiladi. Axl Rose 75 ming dollar avans talab qilkadi, keyin u Tomga kompaniyaning raqobatdoshi Chrysalisga agar u Sunset bulvarida yalangʻoch yursa u bilan shartnoma tuzishga soʻz berganini aytadi. Zutautning aytishiga koʻra, u rostdan ham bundan qoʻrqqan ekan va shartnoma imzolanmaguncha har kun oynadan Sunset bulvariga qarar ekan. Alan Niven guruhga menejerlik qiladi va guruh birinchi uzun albomini yozishga kirishadi.

Appetite For Destruction (1985- 1990)

1986-yilning ohirlaridan 1987-yilning o'rtalarigacha studioda Appetite For Destruction albomini yozadilar. Albom 1987-yilda guruhning birinchi albomi chiqadi. Appetite For Destruction butun dunyoda 25 million nusxada sotiladi. Albomning muqovasi qo'rqinchli bo'lgani uchun musiqiy do'konlar uni rad qiladi. Albom keyinchalik Axl Rosening fikriga binoan yasatilgan mashhur muqovasi ostida chiqariladi. Albom bugungacha chiqgan debyut albomlarning ichida eng ko'p sotilgan albom sifatida ham taniqli. Albom butun dunyoda hit paradlarda ust o'rinlarni egallaydi. Guruh esa dunyoviy turga chiqadi. Albom 80-yillarning eng yahshi hard rock albomi bo'lish bilan bir qatorda, 80-yillarning eng yahshi 5 albomdan biridir. Albomdagi asosiy single qo'shiqlar - Welcome to the Jungle, Sweet Child O'Mine, Paradise City va Nightrain hit paradlarning ust qatorlarida joy oladi. Albom Amerikaning Billboard Top 100 da 5 hafta davomida birinchi o'rinda turadi. O'sha yili GN'R Mötley Crüe,Alice Cooper, Iron Maiden va Aerosmith kabi afsona guruhlar qatoriga qo'shildi. 80-yillarning mashhur guruhlari - Ratt, Poisondan farqli o'laroq GN'Rning musiqasi glam rockdan og'irroq, qattiqroq, agressivroq bo'lsa ham glam rockga nisbatan yurakga yaqinroq edi. Bu farq sezilgach bu guruhlar darrov ikkinchi darajaga tushdilar.

1988-yilda Appetite For Destruction dunyo turnesini davom ettirgan guruh o'sha yilning ohirlariga yaqin GN'R LIES albomini yana Geffen Recordsdan chiqardilar.. Albomga Live Like Suicide albomidan 4 qo'shiq va yangi 4 akustik qo'shiq kiritilgan edi. Patience va I Used To Love kabi afsonaviy hit qo'shiqlar ham shu albomda edi. Albom Amerikaning o'zidagina 6 million nusxada sotildi. Faqat One In A Million qo'shig'idagi ba'zi so'zlar Axl Rosega irqchi va gomofob kabi ayblovlarni olib keldi. O'sha yilda Angliyadagi Donnington Monsters of Rock festivalga qo'shilgan guruhning ikki muhlisi konsertda ezilib, o'ladilar. Axl Rose festivalni uyushtirganlarni protesto qildi va boshqa bu festivalga qo'shilmasligini bildirdi. 1988-yilning ohirlarida Mtv mukofotlarida sahnaga chiqgan guruh Eng yahshi chiqish mukofotini oladilar. Millionlab albomlarini sotgan guruh endi axborot vositalarining diqqat markazida edi. GN'R musiqiy muvaffaqiyatlari bilan bir qatorda Mötley Crüe kabi ishkalliklari bilan ham birinchi o'rinda edi.

1989-yilda Guns N' Roses bir vaqtning o'zida 2 ta albomi bilan Billboard Top 5 ro'yhatiga kirgan birinchi guruh edi. Bu juda katta muvaffaqiyat edi. O'sha yilning o'zida Axl Rose 2 martta Rolling Stone'ga muqova bo'ldi. 1989-yilda guruh Amerika Musiqiy Mukofotlarida eng yahshi hard-rock albomi(Appetite For Destruction) va eng yahshi hard-rock qo'shig'i (Paradise City) mukofotlarini oldi. 1989-yilda Rolling Stones bilan birga turnega chiqdilar. 1989 MTV VMAda Mötley Crüening afsonaviy vokali Vince Neil bilan Izzy Stradlin sahna orqasida mushtalashadilar. Ishkal Vince Neil va Axl Rose tortishmasiga aylandi va ikki yulduz bir birini televideniyeda boks tushishga taklif qildilar. 1990-yilda guruh yana studiyada yozuv ishlarini boshlatadilar. Guruhning eski do'sti Dizzy Reed (pianino) Guns N' Rosesga qo'shiladi. O'sha yilda barabanchi Steven Adler narkotiklar bilan bog'liq muammolari sababli guruhdan uzoqlashtiriladi. Uni o'rniga Matt Sorum keladi. Adler guruhni sudga beradi va 2,5 million dollar to'lashga mahkum qiladi. Axl Rose qo'shnisiga hujum qildi degan sabab bilan hibsga olinadi. O'sha paytlarda Knockin on Heaven's Door Tom Cruisening The Days of Thunder filmining albomida ishlatildi. Guruh 1990-yilni butunlay studiyada o'tkazdi. Bir necha martta hayir uchun konsertlar berdilar. 1991-yilning birinchi oylarini ham studiyada o'tkazgan guruh shu yilning o'rtalariga yaqin Use Your Illusion World Tour 91- 93ni boshlatdilar. Yana 1991 da mashhur St. Louis voqeasi yuz beradi. Axl Rose hadeb uni rasmga olavergan muhlisining ustiga sakradi va cho'zilib ketgan voqeada 40 kishi yaralanadi. Keyinchalik 1992da Axl bu voqea tufayli hibsga olinadi.

Use Your Illuison (1990- 1995)

Tushish (1995 - 2000)

Orqaga qaytish (2001- 2007)

Guruhning mukofotlari

Ishtirokchilar

Appetite For Destruction zamoni(1985 - 1990)

Use Your Illusion zamoni(1990 - 1995)

Tushish zamoni (1996 - 2001)

Orqaga qaytish zamoni va hozirgi ishtirokchilar(2002- 2006)

Diskografiya

Andoza:Link FA Andoza:Link FA