Xiva xonligi: Versiyalar orasidagi farq

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
Luckas-bot (munozara | hissa)
k Bot Qoʻshdi: et:Hiiva khaaniriik
Qator 67: Qator 67:
[[fi:Hivan kaanikunta]]
[[fi:Hivan kaanikunta]]
[[fr:Khanat de Khiva]]
[[fr:Khanat de Khiva]]
[[he:ח'אנות חיווה]]
[[id:Kekhanan Khiva]]
[[id:Kekhanan Khiva]]
[[it:Khanato di Khiva]]
[[it:Khanato di Khiva]]

25-Sentyabr 2010, 22:39 dagi koʻrinishi

1919'a kadar Xiva Xonligı Bayragi
Xiva Xonligi Bayragi, 1917-1920

1505 yil Shayboniyxon qoʻshinlari Xorazmni egallab oladi. Lekin 1512 yilga kelib xonlik hokimiyati koʻchmanchi oʻzbeklarning boshqa urugʻi(shajarasi) rahbari Ilbarsxon qoʻliga oʻtadi. Shu vaqtdan boshlab Xiva xonligi yuzaga keladi, uning poytaxti turli yillarda Vazir, Qoʻhna Urganch va Xiva shaharlari boʻlgan. Xonlik tarkibiga Xorazmdan tashqari Mangʻishloq, Balxan togʻlari, Dehiston, Oʻzboy(Uzboy) va Oʻrta Xuroson hududlari kirgan. Buxoro xonligi bilan Oʻrta Osiyoda hukmronlik huquqi yoʻlidagi kurashda Xiva askarlari Qorakoʻl, Chorjoʻy, Vardanzini xorabazorga aylantirdi va Karmanagacha yetib keldi. 1662 yil Xiva xoni Abulgʻozi navbatdagi jangdan soʻng Buxoro xoni Abulaziz bilan sulh tuzdi. Lekin uning oʻgʻli Anushaxon (1663-1687yy.) davrida Buxoroga hujumlar yana davom ettirildi. 1685 yil xivaliklar Samarqandni egallab olishga muvaffaq boʻlishdi. Lekin Gʻijduvon yonida Anushaxon magʻlubiyatga uchradi va Samarqandni tashlab chiqishga majbur boʻldi. Koʻp oʻtmasdan Buxoro xoni Anushaxonga qarshi fitna uyushtirdi, unda Anushaning oʻgʻli Ernak(Ereng) ham ishtirok etdi. 1687 yil Anusha hibsga olinib, koʻzi koʻr qilindi. 1668 yil Buxoro xoni Subxonquli Xorazmni oʻziga boʻysindirdi va uning hukmdori etib Shohniyozni tayinladi- keyinchalik u xonlik unvonini qabul qildi. Shohniyoz xonlik hokimiyatini mustahkamlash va Buxoroga tobelikdan xalos boʻlishga intildi. Shu maqsadda 1700 yil Buxorodan yashirin holda Petr I ga elchi joʻnatib, qoʻl ostidagi xalqi bilan oʻzini Rossiya fuqaroligiga qabul qilishni soʻradi. Xon Arab Muhammad (1702-1714yy.) ham Rossiya koʻmagiga umid qilgan koʻrinadi. Shergʻozixon (1715-1728yyy.) hukmronligi davrida feodal fitnalari davlatni boʻlak-boʻlakka ajratib tashlagan. 1717 yil Xiva xonligi Rossiya davlatining A.Bekovich-Cherkasskiy boshchiligidagi harbiy ekspedisiyasi hujumini bartaraf etishga muvaffaq boʻlgan. Shergʻozidan soʻng xonlik taxtiga Ilbars (1728-1740yy.) oʻtirdi. Eron shohining Afgʻoniston va Hindistonga qilgan yurishidan foydalangan Ilbars Xurosonga hujum qildi. Ushbu voqea, shuningdek Xiva tomonidan Eron hukmronligining rad etilishi va Buxoroni harbiy jihatdan qoʻllab quvvatlanishi Nodirshohni Xorazmga yurish qilishga undadi. Hazorasp yonida Ilbars magʻlub boʻldi. Toʻrt kunlik qamaldan soʻng Nodirshoh poytaxtni zabt etdi. Xiva armiyasining katta qismi Nodirshoh qoʻshinlari tarkibiga kiritildi. Xivada Nodirshoh vakili va Eron harbiy garnizoni qoldirildi. Lekin xonlikning shimoliy qismida Eron hukmronligi kuchga ega emas edi. Bu yerda orolliklar orasida 1730—1732 yillarda Rossiya fuqaroligini qabul qilgan Kichik qozoq ulusi xoni Abul Xayrning oʻgʻli Nuralining mavqei baland edi. 1741 yil xivaliklar Eronga qarshi bosh koʻtarishdi. Xiva qoʻzgʻolonchilar tomonidan ozod etildi hamda vakil va garnizon yoʻq qilindi. Xonlik taxtini Nurali egalladi. Bu voqealardan xabar topgan Nodirshoh oʻgʻli Nurullomirzoga Xorazmga qarshi yurishni buyuradi. Nuralini taxtga koʻtargan Xiva korchalonlari Marvga boʻyin egib borishadi. Ularning iltimosiga koʻra Nodir Xiva xonligiga Ilbarsning oʻgʻli Abu Muhammadni tayinlaydi. 18 asrning 40-yillarida Xivada bir necha xon almashdi.

Itchan Kala Duvarları
Muhammad Amin Xon Madrasasi
Kala Garp Kapısı

Xonlar (1515-1920)

  • Ilbars I (1515-1525)
  • Sultan Haji (1525-?)
  • Hasan Quli
  • Sufyan
  • Bujugha
  • Avnik
  • Qal (1539-46)
  • Aqataty (1546)
  • Dust Muhammad (1546-58)
  • Haji Muhammad I (1558-1602)
  • Arab Muhammad I (1602-1623)
  • Isfandiyar (1623-1643)
  • Abu al-Ghazi I Bahadur (1643-1663)
  • Anusha (1663-1687)
  • Muhammad Awrang (1687-1688)
  • Ishaq Agha Shah Niyaz (1688-1702)
  • Arab Muhammad II (1702-?)
  • Haji Muhammad II
  • Yadigar (1714)
  • Awrang (1714-1715)
  • Shir Ghazi (1715-1728)
  • Ilbars II (1728-1740)
  • Abu al-Ghazi II Muhammad (1742-1745)
  • Ghaib (1745-70)
  • Abu al-Ghazi III (1770)
  • Abu al-Ghazi ibn Gha'ib (1791–1804)
  • Iltazar Inaq ibn Iwaz Inaq Biy (1804–1806)
  • Abu al-Ghazi ibn Gha'ib (1806)
  • Muhammad Rahim Bahadur (1806–1825)
  • Allah Quli Bahadur (1825–1842)
  • Muhammad Rahim Quli (1842–1846)
  • Abu al-Ghazi Muhammad Amin Bahadur (1846–1855)
  • Abdullah (1855)
  • Qutlugh Muhammad Murad Bahadur (1855–1856)
  • Mahmud (1856)
  • Sayyid Muhammad (1856–Sep 1864)
  • Muhammad Rahim Bahadur (10 Sep 1864–Sep 1910)
  • Isfandiyar Jurji Bahadur (Sep 1910–1 Oct 1918)
  • Sayid Abdullah (1 Oct 1918–1 Feb 1920)