Nicolas Léonard Sadi Carnot: Versiyalar orasidagi farq

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
Tahrir izohi yoʻq
Teglar: Mobil qurilma orqali Mobil sayt orqali
Tahrir izohi yoʻq
Qator 8: Qator 8:
[[Turkum:Prezidentlar]]
[[Turkum:Prezidentlar]]
[[Turkum:Fransiya Prezidentlari]]
[[Turkum:Fransiya Prezidentlari]]
{{Fransiya Prezidentlari}}

11-Avgust 2021, 08:40 dagi koʻrinishi

KARNO (Carnot) Nikola Leonar Sadi (1796.1.6 - Parij - 1832.24.8) - fransuz fizigi va muhandisi, issiqlik dvigatellari nazariyasini yaratuvchilardan biri. "Olovning harakatga keltiruvchi kuch va bu kuchni rivojlantiradigan mashinalar haqida mulohazalar" nomli yagona va mashhur asarida (1824) issiklikdan harakat olish masalasini koʻrib chiqdi. Ideal aylanma jarayonni (Karno sikli) taxlil qilib, u issiqroq jismdan sovuqroq jismga issiqlik oʻtgandagina foydali ish bajaradi, degan xulosaga keldi. U, shuningdek, f. i. k. faqat isitkich va sovitkich t-ralariga bogʻliq, issiqlik dvigatelining tuzilishi va ish bajaruvchi jism tabiatiga bogʻliq boʻlmaydi, deb tushuntiradi (Karno teoremasi). B. Klapeyron 10 yildan soʻng (1834) K. fikrlarini matematik shaklga keltirdi. Keyinroq R. Klauzius va U. Tomson (Kelvin) K. gʻoyalarini rivojlantirib, termodinamikaning ikkinchi bosh qonunini bayon qildilar (1850). [1]

Manbalar

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil