Vikipediya:Dars: Versiyalar orasidagi farq

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
Teg: Qaytarildi
Kirito (munozara | hissa)
k 84.54.79.71 tahrirlari Shermuhammad Ergashev versiyasiga qaytarildi
Teg: Eski holiga qaytarish
Qator 52: Qator 52:
|
|


== Sarlavha ==
Mening ismim Shayydullo familyam Abdubannayev 2002-yilda Namanganda tug'ilganman Oshtu talabasiman 1-kursda o'qiyman
|-
|
<tt><nowiki>=== Ostsarlavha ===</nowiki></tt><br />
|
=== Ostsarlavha ===
|}

Dunyoda yetti milliardga yaqin odam bor va ularning atigi ikki yuzdan ortig‘i etnik tarkibiga qarab o‘z milliy davlatiga ega. O‘zbekiston ko‘p millatlar yashaydigan O‘zbeklar davlatidir, bu davlat tuzumining qadimiyligi O‘zbek xalqiga xos xususiyatdir.. Boshqaruv tizimining shakllanishi, rivojlanishi, takomillashuvi va amaliyoti tizimini yaratgan o‘tmishdagi O'zbek olimlar va taniqli arboblar ushbu xalqning qadimiy tarixidan dalolat beradi. Davlatchilikdagi ma‘muriyatning samarali faoliyatida, rahbarlarning ma‘rifiy islohotlari davlat, albatta, madaniyat va san‘atning ma‘rifatiga munosib hissa qo‘shgan va bu har doim tan olingan, O‘zbek xalqining olimlari butun dunyo insonlari uchun Allohning izni ila, ilm asoslarini yaratib berdilar, bugungi kunda yer yuzida ishlab turgan barcha texnologiyalarda O‘zbek ota-buvalarining mehnatini samarasi bor.[[Fayl:UzbekA.jpg|alt=O‘zbek davlati|thumb|O'zbek olimlari]]


== Ishoratlar ==
== Ishoratlar ==

22-Aprel 2021, 17:55 dagi koʻrinishi

Vikipediyani tahrirlash darsiga marhabo!

Bu yerda Vikipediyadagi sahifalarni qanday tahrirlash (oʻzgartirish) mumkinligini oʻrganishingiz mumkin.

Vikipediya ochiq ensiklopediyadir. Uni har kim, shu jumladan siz ham tahrirlay olasiz. Lekin qanday qilib?

Ilk qadam

Tahrir tugmalari.

Qoralama sahifasini ochib, tahrir tugmasini bosing. Bunda Tahrirlash sahifasi ochiladi. U yerdagi katta matn maydoniga bir nima yozib, maydon ostidagi Saqla tugmasini bosing. Natijada tahrirlayotganingiz sahifa ochilib, unda siz tergan va saqlab qolingan matn koʻrinadi.

Koʻrib chiqish

Tahrir oynasi tagida:
Qisqa tavsif maydoni;
Bu kichkina tahrir va Sahifani kuzat tasdiqlari;
Saqla, Koʻrib chiqish hamda Oʻzgarganlarni koʻrsat tugmalari.

Saqla tugmasining yonida Koʻrib chiqish tugmasi ham bor. U nega kerak? Izoh: Koʻrib chiqish tugmasi sizning tahriringizni oʻsha sahifada qanday koʻrinishi mumkinligini koʻrsatadi, lekin saqlamaydi.

Oʻzgarganlarni koʻrsat

Koʻrib chiqish tugmasi yonida Oʻzgarganlarni koʻrsat tugmasi borligini sezgan boʻlsangiz kerak. Uning vazifasi nima? Bu tugma sizning joriy tahriringiz va avvalgi tahrir orasidagi farqni, yaʼni siz nimalarni oʻzgartirganingizni (yoki oʻzgartirmoqchi boʻlganingizni) belgilab koʻrsatadi.

Qisqa tavsif

Saqla tugmasini bosishdan avval Qisqa tavsif maydoniga aynan qanday tahrir qilganingiz haqida yozganingiz maʼqul (bu majburiy emas, biroq bu boshqa vikipediyachilarning mushkulini oson qiladi). Masalan, „xatoni tuzatdim“, „yangi axborot qoʻshdim“ va hk. Bu tavsif sahifa tarixida sizning foydalanuvchi ismingiz va tahriringiz sanasi yonida koʻrsatiladi.

Matn ustida ishlash

Kiritayotganingiz matn ustida turli amallar bajarish mumkin.

Qalin va kursiv

Yozayotgan matningizni qalin yoki kursiv qilishingiz mumkin. Bunda apostroflardan (') foydalaniladi.

Tergan matningiz Natija
''kursiv'' kursiv

'''qalin'''

qalin

'''''qalin kursiv'''''

qalin kursiv

Sarlavha va ostsarlavha

Sarlavhalar bilan maqola ichidagi boʻlimlarni ajratishingiz mumkin. Bunda barobar belgilaridan (=) foydalaniladi.

Tergan matningiz Natija

== Sarlavha ==

Sarlavha

=== Ostsarlavha ===

Ostsarlavha

Dunyoda yetti milliardga yaqin odam bor va ularning atigi ikki yuzdan ortig‘i etnik tarkibiga qarab o‘z milliy davlatiga ega. O‘zbekiston ko‘p millatlar yashaydigan O‘zbeklar davlatidir, bu davlat tuzumining qadimiyligi O‘zbek xalqiga xos xususiyatdir.. Boshqaruv tizimining shakllanishi, rivojlanishi, takomillashuvi va amaliyoti tizimini yaratgan o‘tmishdagi O'zbek olimlar va taniqli arboblar ushbu xalqning qadimiy tarixidan dalolat beradi. Davlatchilikdagi ma‘muriyatning samarali faoliyatida, rahbarlarning ma‘rifiy islohotlari davlat, albatta, madaniyat va san‘atning ma‘rifatiga munosib hissa qo‘shgan va bu har doim tan olingan, O‘zbek xalqining olimlari butun dunyo insonlari uchun Allohning izni ila, ilm asoslarini yaratib berdilar, bugungi kunda yer yuzida ishlab turgan barcha texnologiyalarda O‘zbek ota-buvalarining mehnatini samarasi bor.

O‘zbek davlati
O'zbek olimlari

Ishoratlar

Oʻquvchining bir sahifadan boshqasiga osonlik bilan oʻtishi uchun sahifa ichiga ishoratlar qoʻyish mumkin. Bunda ikki tomondan ikkitadan kvadrat qavs ishlatiladi:

[[Vikipediya]] = Vikipediya

Agarda ishoratingiz matni ishora qilinayotgan maqola nomidan boshqacha boʻlsa, tik chiziq „|“ yordamida ishora qilmoqchi boʻlganingiz maqola nomi va ishorat matnini ajratishingiz mumkin:

[[Vikipediya|Ochiq ensiklopediya]] = Ochiq ensiklopediya

Manbalar

Manba koʻrsatish uchun matnda <ref> Siz qoʻymoqchi boʻlgan manba (kitob, sayt, ba hokazo) </ref> sintaksini qoʻying. Matning oxirida Manbalar degan boʻlim yaratib uning ostiga {{Reflist}} andozasini qoʻying. Siz matn ichida koʻrsatgan manbalar avtomatik ravishda Manbalar boʻlimida ketma-ket teriladi.

Havolalar

Agarda Vikipediyadan tashqaridagi boshqa bir resursga ishorat bermoqchi boʻlsangiz, ishorat matnini ikki tomondan bittadan kvadrat qavs bilan yoping. Masalan, BMT haqidagi maqolaga quyidagi havolani qoʻshish mumkin:

[http://www.un.org/ BMTning rasmiy sayti] = BMTning rasmiy sayti

Yana bir misol. Oʻzbekiston Respublikasining hukumati haqidagi maqolaga mana bu havolani qoʻshish mumkin:

[http://gov.uz/uz/ Oʻzbekiston Respublikasining Hukumat portali] = Oʻzbekiston Respublikasining Hukumat portali

Xotima

Mana, sahifani tahrirlash asoslarini oʻrganib oldingiz. Agarda savollaringiz boʻlsa, bemalol munozara sahifasida soʻrashingiz mumkin.