Qora yanvar: Versiyalar orasidagi farq

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
Qator 387: Qator 387:
<div class="references" style="height: 400px; overflow: auto; padding: 3px" >{{reflist|30em}}</div>
<div class="references" style="height: 400px; overflow: auto; padding: 3px" >{{reflist|30em}}</div>


[[Turkum:Ozarbayjon shaharlari]]
[[Turkum:Boku]]
[[Turkum:Ozarbayjon tarixi]]
[[Turkum:Ozarbayjon tarixi]]
[[Turkum:Ozarbayjon]]
[[Turkum:Ozarbayjon]]

9-Aprel 2020, 07:15 dagi koʻrinishi

Qora Yanvar
ozarb. Qara Yanvar
Bokuda Shahidlar Xiyoboni, 1990-yil.
Mamlakat Ozarbayjon SSR, Boku
Sana 19-20-yanvar 1990-yil
Sababi Ozarbayjonning hududiy yaxlitligini buzish urinishlariga sobiq SSSR rahbariyatining Ozarbayjon bilan bog‘liq olib borgan g‘arazli siyosati
Natija 131-170 nafar tinch aholining o‘ldirilishi
Mojarodagi tomonlar
bir tomondan  AZE Ozarbayjon Xalq Fronti
boshqa tomondan  SSSR Kavkazorti harbiy okrugi
 SSSR Sovet Qo‘shini
 SSSR Qora dengiz floti
KGB
Ozarbayjon SSR
Mojarodagi tomonlar
bir tomondan  AZE Abulfayz Elchibey
boshqa tomondan  SSSR Mixail Gorbachov
 SSSR Vladimir Kryuchkov
 SSSR Viktor Karpuxin
 SSSR Vladimir Lyashenko
 SSSR Aleksandr Lebed
Umumiy yo‘qotishlar
131-170 nafar qurbon
700-800 nafar yarador

Qora yanvar — 1990-yil 19-yanvardan 20-yanvarga o‘tar kechasi soat 23:30 da Boku shahriga sobiq Sovet Ittifoqining qo‘shin bo‘lmalari favqulotda holat e’lon qilmasdan kirib borgan, tinch aholiga hujum qilib, yuzlab gunohsiz insonlarni qatl qilgan, bu hujumda ko‘pchiligi yaralangan, bedarak yo‘qolgandi. Sovet qo‘shinlarining maxsus tayinlangan qismlari va ichki qo‘shinlarning yirik kontingentining Bokuni zabt etishi zulm va misli ko‘rilmagan vahshiylik sifatida baholanadi.

Favqulotda vaziyat tatbiqi alohida e’lon qilinguniga qadar harbiy xizmatchilar 82 nafarni qatl qilgan, 20 nafarni esa og‘ir yaralagan edilar. Favqulotda vaziyat e’lon qilingach esa, 20-yanvarda va undan keyingi kunlarda Boku shahrida 21 kishi o‘ldirildi. Favqulotda vaziyat e’lon qilinmagan rayonlarda – 25-yanvarda Neftchalada va 26-yanvarda Lenkoranda yana 8 kishi qatl qilindi.

Shunday qilib, qo‘shinlarning noqonuniy kirib kelishi natijasida Bokuda va Ozarbayjon rayonlarida 146 kishi o‘ldirildi, 744 kishi yaralandi, 841 kishi noqonuniy hibsga olindi, harbiylar tomonidan 200 uy va bino, 80 avtomashina, shu jumladan, tez yordam mashinalari, yonuvchi o‘qlar chiqargan yong‘in natijasida davlat va shaxsiy mulklar yoqib yuborildi. Halok bo‘lganlar orasida ayollar, bolalar va qariyalar, shuningdek, tez yordam xizmatchilari va militsiya xodimlari bor edi. SSSR Konstitutsiyasi, Ozarbayjon SSR Konstitutsiyasi qo‘pol ravishda buzilib, Ozarbayjon Respublikasining suveren huquqlari toptalgan edi. Avvaldan o‘ylangan va tayyorlanilgan bu tajovuzkorlik aksiyasi Ozarbayjon xalqining demokratiya va milliy ozodlik yo‘lida kurashini bo‘g‘ish, xalqni tahqirlab, unga ma’naviy zarba berishni o‘z oldiga maqsad qilib qo‘ygan edi.

Sharoit

Mixail Gorbachov

1988-yilda Ozarbayjon SSR Sovet Ittifoqining eng konservativ respublikalaridan biri edi va siyosiy dissidentlar uchun bu yerda joy yo‘q edi. Armaniston SSR da ham partiya iyerarxiyasining katta qismi yangi millatchi harakat bilan hamkorlik qilish istagida bo‘lgani sababli bu yerda millatchilar hokimiyatni osonroq qo‘lga kiritdilar. Ozarbayjonda hokimiyat va muxolifat orasida murosaga asos yo‘q edi hamda respublikaning kelajak taqdiri borasida ular boshqa fikrda edilar. G‘oyalar xilma-xilligining boshqa sababi rusiyzabon kosmopolit Boku ziyolilari bilan respublikaning boshqa aholisini bir-biridan ajratgan jarlik edi.

“Olimlar klubi”ning ba’zi ishtirokchilari partiya a’zolari edi. Millatchilikni targ‘ib qilgan va Mixail Gorbachovning qayta tiklash ishlariga qiziqish bildirmagan radikal jamoat arboblari ulardan nafratlanishardi. Ikki eng mashhur radikal-tarixchi E’tibor Mammadov va hamkorlar ittifoqi faoli Ne’mat Panohov 1940-yillarda Armanistonni tark etgan ozarbayjon oilalaridan edilar. Hukumat va parchalangan muxolifat “o‘yin qoidalari” uchun kelisha olmaganliklari sababli hokimiyat uchun kurash uzoq davom etdi. Oxiri 1990-yil yanvarda Bokuda rasmiy Moskva va Ozarbayjon Xalq Fronti orasida qonli to‘qnashuv sodir bo‘ldi. Sovet rahbariyati SSSR tarixida ilk marotaba sovet shahriga qo‘shin yubordi.[1]

Qora Yanvar boshlaganida ommaviy zo‘ravonlikning hayajonli alomatlari sezila boshladi: huquqni muhofaza qilish organlari tomonidan himoyasiz qolgan armanlar, Xalq Frontidagi xolis kishilarning radikallar tomonidan siquvga olinishi, hokimiyatni qo‘ldan boy bergan va takror qaytarib olish maqsadida bo‘lgan mahalliy partiya rahbariyati, Ozarbayjonning Sovet Ittifoqi tarkibidan chiqishiga imkon bermaslik uchun har odimiga tayyor turgan Moskva rahbariyati. Qorabog‘dan kelgan xabarlar vaziyatni yana-da keskinlashtirdi. 9-yanvarda Armaniston parlamenti Tog‘li Qorabog‘ o‘z byudjetiga kiritish qaroriga ovoz berdi va albatta, bu qadam ozarbayjonlarning g‘azabiga sabab bo‘ldi. Qorabog‘ shimolida – Xanlar va Shaumyan rayonlarida armanlar va ozarbayjonlar o‘rtasida to‘qnashuvlar yuz berdi, insonlar asirga olindi, ichki qo‘shinlarning 4 askari o‘ldirildi.[2]

6-7-yanvarda Xalq Fronti parchalandi. Mo‘tadil qarashlariga sodiq qolgan kichik guruh tashkilot tarkibidan chiqdi va Ozarbayjon Sotsial-Demokratik Partiyasini tuzdi. Front tarkibida qolganlar esa Lenin maydonida ommaviy namoyishlarni boshladilar, lekin ular ham ikkiga bo‘lingan edilar. Moskvadan Bokuga mingdan ziyod qo‘shin kontingenti yuborildi. 11-yanvarda Xalq Frontining bir guruh radikallari Lenkoran shahrida bir necha ma’muriy binoni egalladi va hokimiyatni qo‘lga oldi. Ikki kundan keyin vaziyatni oydinlashtirish uchun voqea joyiga jo‘natilgan “Bakinskiy Rabochiy” gazetasining muhbiri shaharda sovet hokimiyatining to‘ntarilishiga guvoh bo‘ldi:

Men avval shahar partiya komitetining birinchi kotibi Y.Rizayev bilan uchrashuv belgiladim, so‘ngra raykom binosiga bordim. Lekin eshikda qurollangan odamlar bor edi. Meni ichkariga qo‘ymadilar va ulardan biri menga yaqinlashib dedi: “Raykom endi yo‘q. Bu yerda hech kim ishlamaydi. Ichkariga kirishga ruxsat berilmaydi.[3]

— “Bakinskiy Rabochiy” gazetasi, 17 Yanvar 1990.

12-yanvarda Viktor Polyanichko yangi qarama-qarshi rejani ilgari surdi. Uning Xalq Fronti bilan olib borgan muzokaralarining natijasida respublika chegaralarini arman tajovuzidan himoya qilish uchun Ozarbayjonda “Milliy Mudofaa Kengashi”ning tuzilishi bayon qilindi. Qo‘mitaning besh lideridan to‘rt nafari Xalq Frontining radikal qanoti vakillari edi va asl ma’noda Ozarbayjonda kommunist partiya rahbarlarining shafqatsiz dushmanlari edi.[1]

Armanlar Bokudan haydalgach, Moskva va Xalq Fronti orasidagi munosabatlarga oydinlik kiritishning vaqti kelgandi. Hali bosqinlar tugamay turib, 14-yanvarda vaziyatni nazorat qilish uchun Gorbachovning yaqin siyosiy quroldoshi Yevgeniy Primakovning boshchiligi bilan Siyosiy Byuroning namoyanda hay’ati Bokuga keldi. Shahar chetida kazarmalarda joylashtirilgan ko‘p sonli qo‘shinlarga shaxsiy komanda berish uchun SSSR mudofaa vaziri Dmitriy Yazov o‘sha zahoti yetib keldi. Tog‘li Qorabog‘da Ozarbayjon va Armanistonning chegaradosh rayonlarida va Ganjada favqulotda holat tatbiq etish qaroriga kelindi, lekin negadir bu qaror Bokuga tegishli bo‘lmadi.[1]

Boku ko‘chalarida millatchi harakatning faollari boshchilik qilardilar. Shahar chetidagi askar kazarmalariga olib boruvchi yo‘llarda ular yuk mashinalaridan va beton bloklardan to‘siqlar qurdirgan edilar. 17-yanvarda ular Markaziy Qo‘mitaning binosi yonida butun yo‘llarni bekitib, tanaffussiz miting boshladilar. Bino qarshisida dor paydo bo‘ldi, lekin uning asl maqsadi – qo‘rqitish yoki haqiqiy qatl vositasi ekanligi hanuzgacha sir bo‘lib qoldi. Moskva emissarlari va Xalq Fronti rahbariyati yashirin o‘yinlar olib borardilar. E’tibor Mammadovning so‘zlariga ko‘ra, Primakov Ozarbayjon Sovet Ittifoqi tarkibidan chiqishiga rozi bo‘lmasligi haqida ularga xabar berdi va qo‘shin harakatiga ishora qildi:

Primakov menga dediki, “Siz mustaqillikka bir qadam yaqinsiz.[1]

— E’tibor Mammadov.

Lekin qo‘shinlarning shaharga kirishi haqida qaror hali qabul qilinmagandi. Ba’zi manbalarga ko‘ra, Primakov Gorbachovga qo‘ng‘iroq qilib, uni harbiy chora ko‘rishga ruxsat bermasligiga ko‘ndirishga urinardi.[4]

Bokuga hujum

Hujum jarayoni

20-yanvarda Sovet qo‘shinlarining amaliyot xaritasi

Nihoyat, Gorbachov va uning harbiy vazirlari 19-yanvardan 20-yanvarga o‘tar kechasi Bokuga qo‘shinning kirishiga qaror qildilar. Yarim kechasi favqulotda holat e’lon qilindi. Lekin shahar aholisi bundan bexabar edilar, chunki 7:30 da televideniye stansiyasining energiya bloki portlagach, efir uzilgan edi. Bu harakat, ehtimol, maxsus xizmat organlari tomonidan uyushtirilgandi. Natijada bokuliklarning aksariyati favqulotda holat borasida faqat ertalab 5:30 da Mirza Xazarning ovozi bilan Ozodlik Radiosidan va vertolyotlardan otilgan varaqalardan xabar olgandilar.[5][6]

Lekin endi juda kech edi. Sahardan ko‘p o‘tmay askarlar va tanklar harbiy qismdan chiqib, shahar tomon yo‘l oldilar. Shaharga janub tomondan kirib kelgan qo‘shinlarning katta qismi mahalliy garnizonlardan edi va shaharga o‘t ochmay kira oldilar. Shimoldan kirgan qo‘shinlar shaharga shunday bostirib kirdilarki, xuddi Boku dushman qo‘lida edi. Tanklar yo‘llardagi avtomobillarni va hatto tez yordam mashinalarini ustidan bosib o‘tardilar. Guvohlarning so‘zlariga ko‘ra, askarlar qochgan odamlarni o‘qqa tutar, yaradorlarni pichoqlar yoki otib tashlar edi. Tinch aholi bilan to‘la avtobusga o‘q yog‘dirildi, bir qancha yo‘lovchilar, shu jumladan, o‘n uch yoshli Larisa Mammadova o‘ldirildi.[7][8]

SSSR tarixida ilk bora Sovet Qurolli Kuchlari Sovet shahriga – Bokuga harbiy hujum qildilar. Bu ham Ozarbayjon, ham Sovet Ittifoqi uchun katta fojia bo‘ldi. Armiya bo‘lmalari jami bir necha soat davomida shaharni to‘laligicha nazorat ostiga oldi va Moskva hokimiyati barpo etildi. Lekin Moskva aynan mana shu 20-yanvarda Ozarbayjonni yo‘qotdi.[9][10]

20 yanvar parlament so‘rov komissiyasining ma’lumotiga ko‘ra, Bokuda bo‘lgan Sovet qo‘shinlari 1990-yil 19-yanvardan 20-yanvarga o‘tar kechasi asosan beshta yo‘nalishda harakat qilishgan.[11]

Bina-Qal’a yo‘nalishi

Sovet qo‘shinlarining Bina-Qal’a yo‘li bilan harakati 1990-yil 19-yanvar soat 22:00 atrofida boshlangan. Ozarbayjon xalqi ilk qurbonlarini ham aynan Bina-Qal’a yo‘lida bergan. Ushbu yo‘nalishdan Bokuga to‘g‘ri harakat qilgan qo‘shinlarning yo‘lini “Komsomol” idorasidagi tinch aholining qurgan to‘siqlari kesdi. Kechki soat tahminan 11:00 atrofida to‘siqni yorib o‘tgan qo‘shin “Komsomol” idorasidagi tez yordam mashinalarini ham o‘qqa tutdi. Tez yordam mashinasida bo‘lgan doktor Aleksandr Marxevka yaradorlarga yordam ko‘rsatishga urinayotganida halok bo‘ldi.[11]

Salyan Kazarmasidan harakatlar

1990-yilda Bokuda Sovet qo‘shinlari

16-yanvardan Bilacharidan Boku shahriga keladigan yo‘lda, o‘sha paytdaki “Iskra” zavodining to‘g‘risida kichik otryad qurilgan edi. Otryad ishtirokchilari qo‘shinlarning shaharga kelishiga to‘sqinlik qilishga harakat qilishar edi. 20-yanvarda tanklar birinchi Salyan kazarmasi tarafdan hujumga o‘tdi. Harbiylarning ko‘pchiligi Stavropol viloyatidan kelgandi. Tanklardan biri Suvorov (hozirgi 20 yanvar) ko‘chasi bilan Tbilisi prospektining kesishgan nuqtasidan tramvay izi bo‘ylab keldi. Insonlarning tarqalishi uchun bir askar gaplashmoqchi bo‘ldi. Jamoat ulardan orqaga qaytishni talab qilgach, nizo boshlandi. 5-6 daqiqalik nizodan so‘ng tankdan otryad ishtirokchilari ustidan qarshidagi binoga o‘t ochdilar. Jamoat tanklar qarshisida o‘tirdi. Harbiylar mitingchilarga gaz bombalari otdilar, atrofni tutun burkab oldi. Miting ishtirokchilari gazdan bo‘g‘ilganlari uchun o‘rinlaridan turib tarqalmoqchi bo‘ldilar. Lekin harbiylar ularga orqa tomondan o‘q yog‘dirdilar.[11][12]

Salyan kazarmasidan soat 23:50 atrofida chiqqan kuchli qurol-aslaha bilan ta’minlangan qo‘shin Bokuni qurshab olishda alohida o‘rin tutgan. Kazarmaning kirishini qurolsiz insonlar to‘sgani sababli qo‘shin devorlarni buzib, yo‘lida davom etdi. Salyan kazarmasi qarshisida 20 ga yaqin tinch aholi o‘ldirildi. So‘ngra qo‘shin uch yo‘nalishda harakat qildi. Birinchi yo‘nalish eski avtovokzal, ikkinchi yo‘nalish “20 yanvar” maydoni, uchinchi yo‘nalish esa sobiq “Kinochilar uyi”ning yoni bilan metroning Fanlar Akademiyasi metrostansiyasining qarshisi bo‘lgan. Keyin o‘sha qo‘shinning ba’zi bo‘lmalari sobiq Markaziy Qo‘mita, hozirgi Prezident Administrasiyasi binosining yonigacha harakat qilgan. Kechasi soat 1 ga yaqin Markaziy Qo‘mitaning yonidan o‘tgan qo‘shin u yerga to‘plangan insonlarni tarqatishga unchalik harakat ham qilmaganlar.[11]

Ertalab soat to‘qqizda esa Markaziy Qo‘mita binosi to‘g‘risida qo‘shinlar harakatini to‘xtatish uchun Anar Garibov ismli bir shaxs o‘zini BTR-ning tagiga otadi. 7 kun komada qolgan bu shaxs baxtiga vafot etmadi.[11]

“Bo‘ri eshigi” yo‘nalishi

“Bo‘ri eshigi” yo‘nalishidan esa Sovet qo‘shinlari soat 24:00 da harakatga kirishadi. Badamdar yo‘lini kesgan bu qo‘shin qismi ham keyinchalik uch yo‘nalishda harakat qilgan. Birinchi yo‘nalish metroning “Fanlar Akademiyasi” stansiyasi, ikkinchi yo‘nalish sobiq "Sovetski" ko‘chasi, uchinchi yo‘nalish esa Oliy Sovetning yoni bo‘lgan.[11]

Sumqayit – “Nasosniy” yo‘nalishi

1990-yilda Bokuda Sovet qo‘shinlari

Kechasi soat 12 ga yaqin qolganda Sumqayit – “Nasosniy” yo‘nalishidan ham harakat qilgan qo‘shinlar ham Bilachari yo‘lida qurilgan to‘siqni buzib o‘tib, bu mavzega, ham Bokuga kirgan. Bilachari mavzesida, “Shamaxinka” deb atalgan hududda va sobiq “XI Oltin Armiya”, hozirgi “20 yanvar” maydonida ko‘p sonli qurbonlar va yaradorlar bo‘lgan.[11]

Insonlarning ko‘pchiligi hozirgi metro tomonga tunelga kirish uchun qochishdi. Lekin tanklar bunga imkon bermadi. Qorong‘ida, daraxtlar orqasida, hatto daraxtga chiqib yashiringan insonlarni projektor vositasi bilan topib otib tashlashardi.[7]

Kaspiy dengizida Sovet Harbiy flotining tayyorgarlik amaliyotlari

1990-yil 19-yanvarda soat 23:00 dan boshlab Kaspiy dengizidagi sovet harbiy kemalari jang uchun tayyorgarlikni boshlaydilar. SSSR Mudofaa Vazirligining rahbariyati Bokudagi amaliyotlar vaqtida Kaspiy dengizining xususiy Ozarbayjon kemalari ularga halaqit berishini o‘ylab ehtiyot choralarini ko‘rardilar. 20 yanvar deputat tergov komissiyasining ma’lumotlarida aytilishicha, 19-dan 20-ga o‘tar kechasi tahminan ikki mingga yaqin arman qochqinlari Boku portidan Krasnovodskiyga jo‘natilishi kerak edi. 20-yanvar ertalab esa Bokuda shunday mish-mish tarqalgan ediki, Sovet qo‘shinlari ishg‘oli natijasida halok bo‘lgan tinch aholi Kaspiy dengiziga cho‘ktirilishi kerak edi. Biroq 20-yanvarda arman qochqinlari joylashgan kema Krasnodarskiy tomon harakat qilishni boshlaganida, ularning yo‘lini xususiy Ozarbayjon kemalari to‘sadi. Bu aksiya tahminan ikki soat davom etadi. Kemalar to‘xtovsiz zambarak ovozlari bilan shaharni larzaga soladi. Keyinchalik bu aksiyada ishtirok etgan Ozarbayjon kemalari xodimlari hibsga olindi.[11]

Razvedka ma’lumotlariga ko‘ra, harbiylarning mo‘ljali Boku porti edi, ya’ni “Sobit Oruchov” kemasining AXF qarorgohi edi. “Sobit Oruchov” kemasi SOS signali bilan butun dunyoga fojia borasida ma’lumot bergandi. Shaharga dengizdan hujumning oldini olish uchun Ozarbayjon dengizchilari hayotlarini xavfga qo‘yib, butun kemalarni Boku ko‘rfaziga yig‘gan edilar. 21-yanvar soat 20:30 da ikki harbiy kema va ikki konteyner bilan birga noma’lum yuk olib borilishi haqida ma’lumot olgan dengizchilar qurolli xizmatchilar bilan qurolsiz g‘ayrioddiy tengsiz kurashga kirishgandilar. Sovet harbiy kemalaridan otilgan o‘qlar natijasida "Neftgaz-18", "Neftgaz-64", "Aktau", "Shirvan-2", "Cheleken-1", "Atlet-21", "Vodoley-4" kemalari jiddiy shaklda shikastlangan edi.[13]

25-yanvarda Boku ko‘rfazini bartaraf etish uchun kemalar dengiz desantlari tomonidan qo‘lga kiritilgan edi. Xalq Frontining qarshiligi bir necha kun Naxchivonda davom etsa-da, ko‘p o‘tmay u yerda ham isyon bostirildi. Harbiylar favqulotda holatni buzgan shaxslarning qurollarini olib, ularni hibsga oldi. Tahminan 80 AXF faollari, shu jumladan, Xalq Fronti raisi A. Aliyev ham qamoqqa olindi.[14]

Qora Yanvar qurbonlari

20-yanvarga o‘tar kechasi 131 inson o‘ldirilgan: ulardan 117 tasi ozarbayjon, 6 tasi rus, 3 tasi yahudiy, 3 tasi tatar; 744 kishi og‘ir yaralangan; 4 shaxs bedarak yo‘qolgan; 400 nafari esa qamoqqa olingan.[15] Favqulotda holat e’lon qilingandan keyin esa 21 nafar qatl qilingan. Favqulotda holat e’lon qilinmagan rayonlarda – Neftchala va Lenkoranda 25-26 nafar o‘ldirilgandi. Keyinchalik surishtiruv olib borgan Moskvadagi “Shit” (“Qalqon”) nomli mustaqil harbiy guruh shunday natijaga keldiki, Sovet armiyasi sovet shahrining aholisiga qarshi haqiqiy urush olib bordi. Guruh harbiy amaliyotga shaxsan boshchilik qilgan mudofaa vaziri Dmitriy Yazovga qarshi jinoyat ishi ochish talabi bilan chiqdi. O‘sha kuni kamida 21 askar vafot etdi. Lekin bugungi kungacha bu qanday qilib yuz bergani ma’lum emas: balki namoyishchilar qurollangan edilar, biroq ba’zi askarlar qorong‘i shaharda chalkashlik tufayli o‘z do‘stlarining otgan o‘qi tufayli qurbon bo‘lgan bo‘lishlari ham mumkin.[1]

“Shit” tashkiloti ekspertlarining hisobotida quyidagilar qayd qilingan:

  • Odamlarning maxsus shafqatsizlik bilan va yaqindan o‘qqa tutilgani. Ichida yo‘lovchilar, shu jumladan, bolalar bo‘lgan 39 raqamli “Ikarus” markali marshrut avtobusi o‘qqa tutilgan.[16]
  • Kasalxonalarning, tez yordam mashinalarining o‘qqa tutilishi. Doktor A.M.Marxevka o‘ldirildi.[17]
  • Xanjar, pichoq bilan qatl hodisalari. Ana shunday qurbonlardan biri ko‘r va rus millatiga mansub B.V.Yefimichevdir.[18]
  • “Kalashnikov” avtomatlarida og‘irlik markazi o‘zgaruvchi 5,45 mm kalibrli o‘qlardan foydalanilgan.[18]

1998-yil 31-martda Ozarbayjon Respublikasi Prezidenti Haydar Aliyev 1990-yil yanvarda Ozarbayjon ozodligi yo‘lida shahid bo‘lganlarning xotirasini abadiylashtirish maqsadi bilan “20 Yanvar shahidi” faxriy nomining ta’sis etilishi haqida farmon bergan.[19] 2000-yil 17-yanvarda 20-yanvar hodisalarida shahid bo‘lganlarning, bedarak yo‘qolganlarning oilalariga va nogiron shaxslarga bir million Ozarbayjon manati mablag‘ida bir martalik yordam berilgan.[20]

Ozarbayjon Respublikasi Prezidentining 1998-yil 29-dekabr 51-sonli Farmoni bilan tasdiqlangan “20-yanvar Shahidi” faxriy nomi haqida Asosnoma”ga asosan yana olti nafarga “20-yanvar Shahidi” faxriy nomi berildi.[21]

Mustaqillik

Bokuda Shahidlar Xiyoboni

Bu hodisa Ozarbayjonda mustaqillik harakatini tezlashtirib yubordi va Sovet Ittifoqiga jiddiy zarba berdi. Butun Boku aholisi kechasi qatl qilinganlarning ommaviy dafn marosimiga yig‘ildi. Ular shaharning tepalik qismiga qurilgan Shahidlar Xiyobonida dafn qilingan ilk shahidlar bo‘ldi.[1]

Kommunist partiyasining minglab a’zolari o‘zlarining partiya biletlarini yoqdilar, Ozarbayjon Oliy Soveti raisi Elmira Gafarova esa “harbiy qotillarning” harakatlarini qoraladi.[1]

Qora Yanvar hodisalarining aks-sadosi butun o‘lkaga yoyildi. Harbiy harakat Sovet Ittifoqini qurshab olgan muammolarni hal qila olmayotgan markazning zaifligini yuzaga chiqardi. Favqulotda holatning arman bosqinlarining oldini olish uchun emas, faqatgina armanlarning Bokuni butunlay tark etganlaridan so‘ng e’lon qilinishi hukumat organlarining butunlay ma’naviyatsizligi yoki tartibsizligidan, yo har ikkisidan darak berar edi. Xalq Frontining bosh ko‘tarishiga hukumat organlarining avval ikkilanib, so‘ng esa shafqatsizlik bilan reaksiya berishi Sovet Ittifoqida bir necha bir-biridan farqlanuvchi kuch markazlarining mavjudligini yuzaga chiqardi. Bu guruhlashishlardan har birining alohida-alohida maqsadlari bor edi. Gorbachov esa ular orasida arosatda qolgan edi.[13]

Kommunistik partiya qisqa muddatga hokimiyatga qaytdi. Xalq Frontining o‘nlab faollari va biroz avval hukumat ruxsati bilan tuzilgan Milliy Mudofaa Kengashining a’zolari hibsga olindi. E’tibor Mammadov matbuot anjumani o‘tkazish uchun Moskvaga ketayotganida ushlandi. Ne’mat Panohov Eronda yashirindi. Naxchivondagi qarshiliklar bir necha kun davom etdi. Sovet Ittifoqida ilk bora bir tomonli qoidada o‘z mustaqilligini e’lon qilgan aynan shu Naxchivon bo‘ldi, lekin ko‘p o‘tmay bu yerda ham Xalq Frontining irodasini sindirdilar. Jiddiy asabiy taranglikni boshidan o‘tkazgan Kommunist partiyasi birinchi kotibi Abdurahmon Vazirov poytaxtni tark etib Moskvaga qochdi, uning o‘rniga esa birinchi kotib vazifasiga Ayaz Mutallibov saylandi. Polyanichko ikkinchi kotib vazifasini va “bo‘z kardinal” statusini o‘zida saqlab qoldi.[13]

Xalq talabi va bir guruh deputatning tashabbusi bilan 1990-yil 22-yanvarda chaqirilgan Ozarbayjon SSR Oliy Sovetining favqulotda sessiyasida respublikaning aksariyat siyosiy va davlat rahbarlari ishtirok etmadilar. Sessiyaga respublika rahbarlarining kelmaganliklari ularning xalq taqdiriga befarq ekanliklari, uyushtirilgan jinoyatda bu yoki boshqa darajada ishtirok etganlarini ko‘rsatar edi. Favqulotda sessiya Boku shahrida amalga oshirilgan fojiali hodisalarning javobgarligi uchun deputat-tergov komissiyasi tuzilishi bo‘yicha qaror qabul qilgandilar. Lekin bu komissiya hodisaga huquqiy-siyosiy baho berish o‘rniga, qurbonlar va yaradorlar, davlatga va ijtimoiy tashkilotlarga, fuqarolarga berilgan zarar haqida informatsiya xarakterli ma’lumotlar yig‘ish bilan kifoyalangandi. Bu komissiya o‘z fikrini fojianing uyushtirilishidan ikki yil so‘ngra – 1992-yilda SSSR parchalangach, Ozarbayjon Respublikasi Oliy Sovetining Milliy Kengashiga taqdim etdi. Milliy Kengash esa 20 Yanvar fojiasiga huquqiy siyosiy baho berish o‘rniga, deputat-tergov komissiyasining izohini yetarli deb topib, uni tasdiqlash bilan kifoyalandi.[14]

1990-yil 24-dan 25-yanvarga o‘tar kechasi Ozarbayjon KP MK tashkiliy masalaga oid plenum o‘tkazildi. Plenumda kundalikka respublikada siyosiy vaziyat bilan aloqador masala qo‘yilgan, Boku shahrida favqulotda holat tatbiqining sabablarini tergov qilish uchun komissiya tuzildi. Lekin respublika kommunistlarining oliy organi fojiaga siyosiy baho bermadi, umuman olganda, hech qanday bayonot bilan chiqmadi.[14]

4-fevralda Mutallibov Gorbachov bilan ko‘rishish uchun Moskvaga jo‘natildi. Aynan shu kuni “Pravda” gazetasi Haydar Aliyevni Brejnev davrining korrupsiyaga duchor bo‘lgan qoldig‘i deb qattiq ayblov qo‘ydi. Hech shubhasiz, maqolaning chop etilishi qasddan Mutallibovning safari bilan ayni vaqtda to‘g‘rilangandi. Shu bilan birgalikda Mutallibovning o‘zi tasdiqladiki, hech narsaga qaramay, uning Aliyev bilan uchrashuvi amalga oshirildi va ular kechasi soat uchgacha suhbatlashdilar. Yangi partiya rahbarining rag‘batda bo‘lmagan Aliyev bilan uchrashuvi Aliyevning Ozarbayjonda kuchli sahnaorti siymo sifatida o‘z nufuzini saqlaganidan dalolat berardi. Aliyevning so‘zlariga ko‘ra, namoyishlarning eng qizg‘in davri Gorbachov unga qo‘ng‘iroq qilib “odamlarni Boku ko‘chalaridan yig‘ishtirishini” va ochiq bayonot berishini so‘radi. Aliyev unga Moskvadaligini va Ozarbayjonda sodir bo‘lgan hodisalar bilan hech qanday aloqasi yo‘qligini aytdi. Aliyevga qo‘ng‘iroq qilgan Gorbachov Aliyevning Bokuda yashirin ta’sir mexanizmlariga molik ekanligidan amin edi. Aliyevning bosqinlarga qadar bo‘lgan roliga qaramay, u Qonli Yanvar hodisalaridan takror hokimiyatga kelish uchun mahorat bilan foydalandi. 20-yanvardagi xunrezlikdan so‘ng, u Moskvadagi Ozarbayjon namoyandaligida matbuot anjumani o‘tkazdi va qo‘shinlarning Bokuga kirishini aybladi.[1]

Ozarbayjon Respublikasi Prezidenti Haydar Aliyevning “20-yanvar fojiasining to‘rtinchi marosimini o‘tkazish haqida” 1994-yil 5-yanvardagi Farmonida ko‘rsatilgan va bu bilan bog‘liq Milliy Majlis maxsus majlisining o‘tkazilishi tavsiya qilingandi.[22]

OAVda yoritilishi

AQSh matbuotida

AQShda "Los Angeles Times" "The New York Times", "Vashington Post", "The Christian Science Monitor", "The Baltimore Sun" va boshqa OAV organlari Qora Yanvar borasida ma’lumot berdi:[23]

20-21-yanvar kunlari tashkil qilingan namoyishlar. 22-yanvarda o‘tkazilgan ommaviy dafn marosimi har turdagi mitinglarni taqiqlagan favqulotda holatga qarshi ochiqdan-ochiq bosh ko‘tarish edi. Shahidlar xiyobonida o‘tkazilgan dafn marosimi “Moskva” mehmonxonasining yuqori qavatlarida joylashtirilgan maxsus nazoratchilar va snayperlar tomonidan diqqat bilan kuzatilar edi. Barcha jiddiy to‘siqlarga va xavfli nazoratga qaramay, g‘ayratli insonlar shahidlarning xotirasiga loyiq dafn marosimining o‘tkazilishiga erishdilar.[24]

— Los Angeles Times gazetasi, 23-yanvar 1990-yil.

Bokuning ishg‘olidan so‘ng o‘z yeriga butun borlig‘i bilan bog‘langan har bir ozarbayjonning qalbida Moskvaga va Mixail Gorbachovga qarshi dahshatli nafrat hissiyoti yaralgandi. Vaqti bilan rus imperiyasining mustamlakasi bo‘lgan Ozarbayjon endi o‘z suveren va demokratik huquqlarini barpo etmoqda. O‘z ozodlik va mustaqilligi yo‘lida kurash olib bormoqda. Endi oddiy sotuvchidan tortib hokimiyat namoyandalarigacha katta-kichik insonlarning bari tushunib yetdiki, Moskva o‘z huquqlarining barposi yo‘lida bosh ko‘targan millatni bostirish uchun Bokuga qo‘shin yuborib, gunohsiz insonlarning qonini to‘kdi.[25]

— The New York Times gazetasi, 18-fevral 1990-yil.

Buyuk Britaniya matbuotida

Buyuk Britaniyada "The Times" gazetasi, "The Guardian" gazetasi, BBC kanali, Buyuk Britaniyada va boshqa matbuot organlari Qora Yanvar haqida ma’lumot berdilar:

Ozarbayjondagi harbiy amaliyotdan 10 kun so‘ngra Sovet rahbariyati orasida jiddiy ixtilof borligi yuzaga chiqdi, bu esa Sovet Ittifoqining tamal ustunlarining mo‘rtlashishi demakdir.[26]

— The Times gazetasi, 29-yanvar 1990-yil.

Bu dahshatli harbiy amaliyotni 70 yillik imperiya asoratidan qutulish uchun bosh ko‘targan Ozarbayjon xalqining jo‘shqin kurash azmi imperiyaning qalbida yaratgan qo‘rquv xavfi natijasi sifatida ham izoh qilish mumkin. Armiyaning shaharga hujumi vaqti gunohsiz insonlarning vahshiylarcha otib tashlanishi, tanklarning odamlarni o‘z g‘ildiragi ostida ezib o‘tishi, qishning sovuq, qahraton kechasida gulxan atrofida isinayotgan tinch aholining ustiga bostirib borib, jasadlarini tanib bo‘lmaydigan holga solishi butun dunyo jamiyati tomonidan nafrat va g‘azab bilan qarshilanishi lozim.[24]

— The Guardian gazetasi, 22-yanvar 1990-yil.

Xalqaro reaksiyalar

  •  TUR 2014-yilda Turkiyaning Milliyatchi Harakat Partiyasi (MHP) Ig‘dir deputati Sinan Og‘an qayd qilishicha, “20-yanvarda Ozarbayjon turklarining mustaqilligining ilk mash’ali yondirildi.”[27]
  •  RUS 2015-yilda Mixail Gorbachov o‘zining “Hayot va islohotlar” kitobidagi memuarlarida sovet armiyasining 20-yanvarda Bokuga qonli harakati borasida o‘z mavqesini qayd qilgan. U 20-yanvar qirg‘inining mas’uliyatini quyidagi yo‘l bilan bo‘lsa ham o‘z bo‘yniga oldi. “Bu fojiali hodisadan dars oldim. Hokimiyat ekstremal situatsiyada kuch tatbiqidan bosh torta olmaydi. Faqat bu aksiya to‘liq asoslandirilishi va juda jiddiy tadbirlar bilan bog‘liq odim chegaralanishi lozim. Muammoning hal qilinishi faqat siyosiy yo‘l bilan topilishi kerak” – deya Mixail Gorbachov ta’kidlagan.[28]

Merosi

1990-yilda Ozarbayjon mustaqilligi yo‘lida shahid bo‘lgan insonlarning hozirgi Shahidlar Xiyobonida dafn qilinishi uchun jamiyat tomonidan dafn komissiyasining nomidan chiqish qilgan fanlar doktori Azer Nabiyevning Respublika va shahar rahbariyatiga qilgan murojaatiga musbat javob berilmadi. Bundan keyin Azer Nabiyev u vaqtdagi 26 Boku Komissarlari nomli rayonning xalq deputatlari sovetining ijro qo‘mitasining sadri Ali Mammadovga murojaat qilgan. Ali Mammadov Azer Nabiyev bilan birga Tog‘usti parkiga keldi va u yerda bo‘lgan bir qancha insonlarning ishtiroki bilan bir muddat joy qidirildi, oxiri shahidlarning hozirda dafn qilingan yer maqsadga muvofiq deb hisoblanib, shahidlarning dafn qilinishi uchun ruxsat berildi. Joyni tanlashda arxitektor Narimon Aliyevning maslahatlari e’tiborga olindi.[29]

20-21-yanvarda xiyobonda qabrlar qazildi. 120 dan ortiq qabr qazilib tayyorlandi. 21-yanvarda Ozarbayjon SSSR Oliy Sovetining majlisi o‘tkazildi. Majlis juda keskin sharoitda, qizg‘in nizolar bilan o‘tdi. Majlisda Dafn Komissiyasi a’zolari ham chiqish qildilar. Dafn Komissiyasi quyidagi hay’atdan iborat komissiya a’zolari bilan tashkil qilindi: Qudrat Abdulsalimzoda, Azer Nabiyev, Xaliyaddin Xalilov, Bag‘ir Bag‘irov, Rahim Qosimov, Ibrohim Aliyev, Narimon Aliyev, Ismoil Injeli, Malik Mehdiyev, Xolid Muxtorov. Keyinchalik shayxulislom Allahshukur Poshozoda ham komissiyaga kiritilishi taklif qilindi. Qudrat Abdulsalimzoda komissiyaning raisi etib saylandi.[29]

Ertalab soat 6:00 ga qadar muzokaralar olib borildi. Soat 12:00 da shahidlarning tobutlari insonlarning yelkalarida Ozodlik maydonidan olomon bilan poytaxt ko‘chalaridan o‘tish bilan hozirgi Shahidlar Xiyoboniga olib kelindi. Dafn marosimi 5 soat davom etdi. 22-yanvarda 51 kishi dafn qilindi. Bulardan 3 nafari 1918-yil Mart qatliomi vaqti shahid bo‘lganlar edi. Ular ham odat-an’anaga muvofiq dafn qilindi. Ularni Ilhom va Farizadan keyin dafn qildilar. Har uch mozor ustida 1918-yil shahidlari so‘zlari yozildi. So‘ngra yangi qabrtoshlari qo‘yilgach, u qabrlar ustiga “Noma’lum” so‘zi yozdilar. Qora Yanvar shahidlar ichida bir nafar 25 yoshli noma’lum shaxs bor edi va u eng oxirida dafn qilindi.[29]

Fojianing sharafiga Bokuda o‘tkazilgan “XI Oltin Armiya” metrosi 20-yanvar metrostansiyasi, Suvorov ko‘chasi “20-yanvar” ko‘chasi, Barda rayonida parkka bu nom berildi. 20-yanvar – Umumxalq Motam kuni bo‘lgani tufayli har yil Ozarbayjonning idora, muassasa va tashkilotlarida ish kuni deb hisoblanmaydi va uning o‘rniga xotira marosimi o‘tkaziladi. 2015-yil 15-yanvar kuni Pokistonning Panjob viloyatining Qujarxan hududida “20-yanvar bulog‘i”ning ochilish marosimi o‘tkazildi.[13][30][31]

Ozarbayjonda Qora Yanvarga bag‘ishlab pochta markasi ham chiqarilgan.

Qora Yanvar pochta markalarida

Obidalar

1998-yil 5-avgustda Boku shahridagi Shahidlar Xiyobonida “Abadiy mash’ala” obida kompleksining qurilishi borasida Haydar Aliyev hujjat imzoladi. 2010-yilda Bokuning Yasamal rayonida “20-yanvar obida kompleksi”ning ochilishi bo‘ldi.[32][33]

Chinnigul simvolizmi

Ozarbayjonda 1990-yil yanvardan beri chinnigul motam guli sifatida ko‘riladi. Chinnigulning Qora Yanvar bilan aloqasining turli versiyalari mavjud. Ko‘pchilik chinnigulni o‘sha vaqt Bokuda eng ko‘p ekilgan gul bo‘lganligi sababli fojia bilan bog‘laydilar. Boshqa manbalarga ko‘ra, Mammad Arslonning “yig‘la, chinnigul yig‘la” she’ridan so‘ng gul Qora Yanvar simvoliga aylangan.[34][35][36][37]

"Yig‘la, chinnigul, yig‘la",

Chinnigul – shahid qoni!
Qon chulg‘adi dunyoni…
Yig‘la, ingrat maydonni,
Yig‘la, chinnigul, yig‘la!

Mammad Arslon.[38]

Madaniyatda

2014-yilda Ozarbayjon Davlat Musiqiy Teatrida, Erivan Davlat Ozarbayjon Drama Teatrining taqdimotida “Tur oyoqqa, Ozarbayjon” nomli spektakl taqdim etildi. Maydon teatri uslubida tayyorlangan spektakl 20-yanvarda Ozarbayjon mustaqilligining haqiqatga aylanishi yo‘lida qurbon bo‘lgan insonlarning haqqini tajassum etgan edi. Shu yili 19-yanvarda Yosh Tomoshabinlar Teatri yozuvchi-dramaturg Tamara Valiyevaning Qora Yanvarga bag‘ishlangan “Mening oq kabutarim” nomli spektakli qo‘yildi.[39][40]

Adabiyotda

Badiiy adabiyotda Qora Yanvarga ko‘pgina badiiy asarlar bag‘ishlandi. Qora Yanvarga bag‘ishlangan badiiy asarlardan Shavkat Xonmammadovaning “20-dan 20-ga” povestini, Inqilob Valizodaning “Qonli Yanvar” hujjatli povestini qayd qilish mumkin.

Qora Yanvarga bag‘ishlangan she’rlardan Baxtiyor Vahobzodaning “Shahidlar” va “Larisa”, Mammad Arslonning "Yig‘la, chinnigul, yig‘la", Xalil Rizo Ulug‘turkning “Qonim bayrog‘imdadir”, Tahmaz Aliyevning “Qonli Yanvar izlari” she’rini qayd qilish mumkin.[41][35][42][43]

Tasviriy san’atda

Qora Yanvar mavzusiga oid tasviriy san’atda Mikoyil Abdullayevning “Bevaqt ketganlarning dafni”, Rasim Babayevning “Tajovuz”, Orif Huseynovning “Qora arka ustuni natyurmorti”, Faxriddin Aliyevning “Qora Yanvar”, Orif Alaskarovning “20-yanvar”, Ilqar Akbarovning “Shahidlar”, Hajirza Farzaliyevning “Oq-qora dunyo”, Fikrat Ibrohimovning “Kelajak nomiga”, Hamza Abdullayevning “Charxi-falak”, Ismoil Ismoilovning “Haq tarozisi”, Qafar Sayfullayevning “Avval Vatan…”, Asim Samadovning “Ruhlar”, Rafael Murodovning “Fojia”, Oqtay Quliyevning “Motam”, Bayram Qasimxonlining “Fojialarimiz” (triptix) rasmlari bag‘ishlangan.[44][45][46]

Kinoda

Ozarbayjon kinematografiyada 20-yanvar qatliomiga “Qonli Yanvar”, “20-yanvar”, “Bo‘zqurd nolasi”, “Ozodlikka boruvchi yo‘llar”, “Bokuda inson ovi”, “Shahidlar va g‘oziylar”, “Qonli Boku”, “Motam” filmlari bag‘ishlangan.

Musiqada

Qora Yanvar haqida bir qancha qo‘shiqlar va musiqa kompozitsiyalari bastalangan. Ulardan Tofiq Bakixonovning “Humoyun” simfonik mug‘omini, goboy ustasi Komil Jalilovning “Zaminxora” mug‘omini, Sevdo Ibrohimovaning “Vatan shahidlariga”, Javdat Hojiyevning “Shahidlar” simfoniyasi, O‘qtay Kozimiyning “Shahidlar simfoniyasi”, Ozod Zohidning “Madhiya”, Azer Rizayevning “Boku 90” simfoniyasi, Ramiz Mustafayevning “Bu qon yerda qolmaydi” vokal-simfonik poemasi, Mobil Babayevning “Yig‘lama Tuprog‘im, yig‘lama” kantatasi, Oydin Azim Karim o‘g‘lining “Qatl kuni”, Fuad Jafarovning “Qora Yanvar” xor asarlari, Orif Mirzayevning “Yanvar marsiyalari”, Sardor Farajovning “Motam faryodlari” simfonik lavhasini qayd qilish mumkin. 2010-yillardan 20-yanvar fojiasi va shahidlarga bag‘ishlangan musiqiy asarlar orasida Orif Mirzayevning “Yanvar passionlari” motam messasi, Nozim Quliyevning “Shahidlar” operasi, O‘qtay Rajabovning “Chingiz” oratoriyasi, Zobita Mammadovaning “Elegiya” solist, xor va orkestr asarlarini kiritish mumkin.[46][47][48][49]

Katta hajmli musiqiy asarlari bilan birga, Qora Yanvar shahidlariga bag‘ishlangan ko‘pgina qo‘shiq va romanslar mavjud. Ulardan Vasif Adigo‘zalovning “Qo‘limda sozim yig‘lar”, O‘qtay Rajabovning Mammad Ismoil so‘zlariga bastalagan “Qonga aylangan chinnigullar”, Emin Sabito‘g‘lining Baxtiyor Vahobzoda so‘zlariga bastalagan “Shahidlar marsiyasi”, Mehribon Ahmadovaning Mammad Araz so‘zlariga bastalagan “Ona millat, ota millat, yig‘lama”, Narimon Azimovning Hikmat Mahmud so‘zlariga bastalagan “Mening shahid singlim, shahid ukam”, Azer Zeynalovning “Vatan nolasi”, Aygun Kozimovaning “Shahidlar” qo‘shiqlarini qayd qilish mumkin.[47][50]

Qalereya

Xorijiy oʻtishlar

Bibliografiya

Tarixiy nazarlar

  • Xəliyəddin Xəlili. Azərbaycan xalqını dünyaya yenidən millət kimi təqdim edən 20 yanvar.-B.:2003.- 134 s. (ozar.)
  • Tahir Qafarov. January 20, 1990 red and black: reasons, facts, lessons and results.-Baku: Publishing Polygraphic Centre, 2002.- 81 s. (ozar.)
  • Çapay Sultanov. The Last Blow from the Empire: Baku, 20 January, 1990.-Baku: Qismət, 2008.- 520 s. (ingl.)

Xususiy masalalar va qiyosiy tadqiqotlar

  • Aydın Balayev. 20 yanvar hadisələri. Sənədlər, mövqelər, şərhlər: 1990-2000.- Bakı: Çaşıoğlu, 2002.- 42 s. (ozar.)
  • 20 Yanvar faciəsi və rabitəçilər.- Bakı: Nurlan, 2003.-95 s. (ozar.)
  • Qulu Kəngərli. Qalı şənnbəyə gedən yol: 1990-cı il yanvar ayının xronikası. O günlərin radio səsləri. şahidli, şəhidli gecə.- Bakı: "Azərbaycan Ensiklopediyası" NPB , 1997.- 64 s. (ozar.)
  • Qulu Kəngərli. Qara yanvar şəhidləri.- Bakı: Gənclik, 1992.- 312 s. (ozar.)
  • Hacıyev, N. Bakı qırğını.- B., 1990.- 20 s. (ozar.)
  • Analar anar ağlar- B. Azərnəşr, 1993.-8 s. (ozar.)
  • Черный январь. Баку - 1990: документы и материалы.- Баку: Азернешр, 1990.- 288 s. (rus.)

Hodisa ishtirokchilari ifodalari va xotiralari

  • Qüdrət Əbdülsəlimzadə. Nikbin faciə: Qanlı Yanvar düşüncələri .- Bakı: 2002.- 136 səh. (ozar.)
  • Aliyə Ədalət. Şəhid ömrü yaşayanlar.- Bakı: Çaşıoğlu, 2006.- 270 s. (ozar.)
  • Niftalı Şıxlar. Dünyamızın 20 yanvar faciəsi. Müəllim, 2010.- 92 s. (ozar.)
  • Şakir Yaqubov. Mən şahidəm ki... Qara yanvar: əvvəl və sonar.- Bakı: [Azərbaycan], 1992.- 58 s. (ozar.)
  • Трагедия длиною в 2 года: фотохроника событий.- Баку: Азернешр, 1990.- 32 с. (rus.)

Merosi va tarixshunoslik

  • Məzahir Süleymanzadə. 20 yanvar: Güllələnmiş qəzet: 1990-cı il 20 Yanvar faciəsinin 20 illiyinə həsr olunur.- Bakı: Nurlan, 2010.-142, [2] s. (ozar.)
  • Səməndər, R. Şəhidlər. B.: Gənclik, 1990.- 448 s. (ozar.)
  • Bünyadzadə, Ü. Bir ölümün acısına.- B.: Gənclik, 1993.- 250 s. (ozar.)

Manbalar

[1]

[2]

[3]

[4]

[5]

[6]

[7]

[8]

[9]

[10]

[11]

[13]

[12]

[14]

[15]

[16]

[17]

[18]

[19]

[20]

[21]

[22]

[23]

[24]

[25]

[26]

[27]

[28]

[29]

[30]

[31]

[32]

[33]

[34]

[35]

[36]

[37]

[38]

[39]

[40]

[41]

[42]

[43]

[44]

[45]

[46]

[47]

[48]

[49]

[50]

  1. 1,0 1,1 1,2 1,3 1,4 1,5 1,6 1,7 1,8 de Vaal, Tomas. Qara bağ. "İlay M MC", 2008 — 344 bet. ISBN 978-9952-25-086-2. 28 avqust 2016da qaraldi. 
  2. 2,0 2,1 Bakatin, "4 o p o ra b npomeAineM BpeMeHiı ("Yol keçmiş zamanda"), səh. 174.
  3. 3,0 3,1 "Бакинский рабочий", 17 yanvar, 1990-cı il, "MepHufı HHBapı/' kitabmda yenidən dərc edilib, səh. 70-74.
  4. 4,0 4,1 Primakovun Qorbaçovla telefon söhbətinin şahidi olan Vyaçeslav Mixaylova əsasən
  5. 5,0 5,1 Məlikovun "Я обвиняю" ("Mən ittiham edirəm") kitabında nəşr edilmiş "Şit" ("Qalxan") həbi-analitik qrupunun hesabatından, səh. 176-179. Bəzi təfsilatlar 20 yanvar hadisələri barədə ən dolğun məlumat mənbəyi olan Məlikovun sənədlər və məqalələr toplusundan gütürülüb
  6. 6,0 6,1 Blair, Betty „Black January: Baku (1990)“. www.azer.com. www.azer.com. 29 avqust 2016da asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 29 avqust 2016.
  7. 7,0 7,1 7,2 „“20 yanvar” faciəsi şahidlərin dili ilə...“. www.anspress.com. www.anspress.com. 28 avqust 2016da asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 28 avqust 2016.
  8. 8,0 8,1 „20 лет без 13-летней Ларисы Мамедовой – воспоминания со слезами на глазах отца и матери“. www.trend.az. www.trend.az. 28 avqust 2016da asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 28 avqust 2016.
  9. 9,0 9,1 Aliyev, Kenan „Twenty Years After 'Black January,' Azerbaijan Still Struggles For Freedom“. www.rferl.org. www.rferl.org. 28 avqust 2016da asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 28 avqust 2016.
  10. 10,0 10,1 Suleymanov, Elin „The Price of Freedom: Remembering January 20, 1990“. www.huffingtonpost.com. www.huffingtonpost.com. 28 avqust 2016da asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 28 avqust 2016.
  11. 11,0 11,1 11,2 11,3 11,4 11,5 11,6 11,7 11,8 Баку: Хроника событий - Журнал "Коммерсантъ Власть", №4 (4), 29.01.1990
  12. 12,0 12,1 Nazim Mustafa. “Xalq qəzeti”. – 2010. – 16-17 yanvar. -№ 11,12.
  13. 13,0 13,1 13,2 13,3 13,4 „20 yanvarda Sovet qoşunlarının əməliyyat xəritəsi“. www.azadliq.org. www.azadliq.org. 29 avqust 2016da asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 29 avqust 2016.
  14. 14,0 14,1 14,2 14,3 „MÜSTƏQİLLİYƏ GEDƏN YOLDA XALQIMIZIN ŞƏRƏF VƏ QƏHRƏMANLIQ SƏLNAMƏSİ“. www.karabakh.az. www.karabakh.az. 30 avqust 2016da asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 30 avqust 2016.
  15. 15,0 15,1 Nazim Mustafa. „20 YANVAR – QAN YADDAŞIMIZ“ (az). Nazim Mustafanın şəxsi veb səhifəsi. nazimmustafa.info (2010). Qaraldi: 2015-yil 6-fevral.
  16. 16,0 16,1 {{Veb manbasi}} andozasidan foydalanishda url= parametrini belgilashingiz kerak. Aydın Balayev, Rasim Mirzə.  (az). Qaraldi: 2015-yil 4-fevral.
  17. 17,0 17,1 „Общее заключение независимых военных экспертов общественной организации «Щит» на события в г. Баку 13-25 января 1990 г.“ (az). Prezident Kitabxanasının saytı. preslib.az. Qaraldi: 2015-yil 4-fevral.
  18. 18,0 18,1 18,2 „"20 Yanvar Şəhidi" fəxri adının təsis edilməsi haqqında“. anl.az. anl.az. 28 avqust 2016da asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 28 avqust 2016.
  19. 19,0 19,1 „20 Yanvar hadisələrində şəhid olanların, itkin düşənlərin ailələrinə və əlil olan şəxslərə birdəfəlik dövlət yardımı haqqında“. www.e-qanun.az. www.e-qanun.az. 28 avqust 2016da asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 28 avqust 2016.
  20. 20,0 20,1 „"20 Yanvar Şəhidi" fəxri adının verilməsi haqqında“. www.e-qanun.az. www.e-qanun.az. 28 avqust 2016da asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 28 avqust 2016.
  21. 21,0 21,1 „"Черный январь" в Баку, 1990 год“ (Rus). www.kavkaz-uzel.eu. www.kavkaz-uzel.eu. 29 avqust 2016da asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 29 avqust 2016.
  22. 22,0 22,1 „1990-cı il yanvarın 20-də Bakıda törədilmiş faciəli hadisələr haqqında“. www.e-qanun.az. www.e-qanun.az. 29 avqust 2016da asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 29 avqust 2016.
  23. 23,0 23,1 „20 YANVAR FACİƏSİ TARİXİMİZİN ŞƏRƏF VƏ QƏHRƏMANLIQ SƏHİFƏSİDİR“. www.karabakh.az. www.karabakh.az. 29 avqust 2016da asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 29 avqust 2016.
  24. 24,0 24,1 24,2 Vahid Məhərrəmov. Qanlı gecə - Qanlı tarix. Bakı - 2011. səh. 61.
  25. 25,0 25,1 Vahid Məhərrəmov. Qanlı gecə - Qanlı tarix. Bakı - 2011. səh. 62.
  26. 26,0 26,1 „Qara Yanvar: O vaxt Britaniya qəzetləri nə yazırdılar?“ (az). BBC saytı. bbc.co.uk (2010-yil 20-yanvar). Qaraldi: 2015-yil 8-fevral.
  27. 27,0 27,1 Vahid Məhərrəmov. Qanlı gecə - Qanlı tarix. Bakı - 2011. səh. 61.
  28. 28,0 28,1 „20 Yanvarda Azərbaycan türklərinin müstəqilliyinin ilk məşəli yandırılıb – türkiyəli deputat“. arxiv.az. arxiv.az. 30 avqust 2016da asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 30 avqust 2016.
  29. 29,0 29,1 29,2 29,3 „Qorbaçovun 20 yanvar qırğını haqda etirafı: Bu mənə dərs oldu“. oxu.az. oxu.az. 30 avqust 2016da asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 30 avqust 2016.
  30. 30,0 30,1 Ağbablı, Səyyad „Şəhidlər Xiyabanı necə yarandı?“. 525.az. 525.az. 28 avqust 2016da asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 28 avqust 2016.
  31. 31,0 31,1 „Yanvarın 20-si iş günü deyil“. news.lent.az. news.lent.az. 29 avqust 2016da asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 29 avqust 2016.
  32. 32,0 32,1 „Pakistanda “20 Yanvar Bulağı” açıldı“. www.qafqazinfo.az. www.qafqazinfo.az. 30 avqust 2016da asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 30 avqust 2016.
  33. 33,0 33,1 „Bakı şəhərindəki Şəhidlər Xiyabanında «Əbədi məşəl» abidə kompleksinin ucaldılması barədə“. www.e-qanun.az. www.e-qanun.az. 28 avqust 2016da asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 28 avqust 2016.
  34. 34,0 34,1 „Bakıda «20 Yanvar abidə-kompleksi»nin açılışı olub“. www.azadliq.org. www.azadliq.org. 28 avqust 2016da asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 28 avqust 2016.
  35. 35,0 35,1 35,2 Contextual Identities: A Comparative and Communicational Approach. Cambridge Scholars Publishing, 2015 — 235 bet. ISBN 9781443882989. 29 avqust 2016da qaraldi. 
  36. 36,0 36,1 „İyirmi Yanvar- qəhrəmanlıq, sınaq günü...“. www.baki-xeber.com. www.baki-xeber.com. 29 avqust 2016da asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 29 avqust 2016.
  37. 37,0 37,1 „QIRMIZI TALE“. www.mediaforum.az. www.mediaforum.az. 29 avqust 2016da asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 29 avqust 2016.
  38. 38,0 38,1 „Qərənfil niyə matəm gülüdür? - Qanlı tarixçə“. az.azvision.az. az.azvision.az. 29 avqust 2016da asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 29 avqust 2016.
  39. 39,0 39,1 „Məmməd Aslan - şairlik, vətəndaşlıq və insanlıq örnəyi“. 525.az. 525.az. 29 avqust 2016da asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 29 avqust 2016.
  40. 40,0 40,1 „“Qalx ayağa, Azərbaycan”“. www.anl.az. www.anl.az. 28 avqust 2016da asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 28 avqust 2016.
  41. 41,0 41,1 „Səhnəmizin 20 Yanvar dramı“. www.anl.az. www.anl.az. 28 avqust 2016da asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 28 avqust 2016.
  42. 42,0 42,1 „“Nə yatmısan, sarı bülbül, oyan bir...”“. www.anl.az. Qaraldi: 12 noyabr 2017.
  43. 43,0 43,1 Alıyev, Təhməz. 1990-cı il - Qanlı Yanvar izləri: poema.- Bakı: Yeni Poliqrafist MMC, 2011.- 151 s
  44. 44,0 44,1 „FİKRƏT QOCANIN POEMALARI MƏNƏVİ DƏYƏRLƏR KONTEKSTİNDƏ“. www.anl.az. Qaraldi: 12 noyabr 2017.
  45. 45,0 45,1 „20 Yanvarın sənət təcəssümü“. anl.az. anl.az. 28 avqust 2016da asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 28 avqust 2016.
  46. 46,0 46,1 46,2 „Təsviri sənətin əbədi mövzusu“. anl.az. anl.az. 28 avqust 2016da asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 28 avqust 2016.
  47. 47,0 47,1 47,2 „İncəsənət əsərləri 20 Yanvar şəhidlərinin xatirəsini əbədi yaşadacaq“. www.xalqqazeti.com. www.xalqqazeti.com. 3 sentyabr 2016da asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 3 sentyabr 2016.
  48. 48,0 48,1 Təhmirazqızı, Səadət „Unutmaq olarmı sizi, şəhidlər?“. www.anl.az. www.anl.az. 29 avqust 2016da asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 29 avqust 2016.
  49. 49,0 49,1 „20 Yanvar faciəsi incəsənətdə“. anl.az. anl.az. 28 avqust 2016da asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 28 avqust 2016.
  50. 50,0 50,1 „20 Yanvar faciəsi Azərbaycan musiqi sənətinin ən mükəmməl əsərlərində yaşayır“. anl.az. anl.az (28 avqust 2016). 28 avqust 2016da asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 28 avqust 2016.