Tomas Gobbs: Versiyalar orasidagi farq

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
kTahrir izohi yoʻq
k PlanespotterA320 Gobbs Tomas sahifasini Tomas Gobbsga koʻchirdi
(Farq yoʻq)

5-Aprel 2020, 18:48 dagi koʻrinishi

Tomas Hobbes (1588.5.4, Malmsberi — 1679.4.12, Harduik) — ingliz faylasufi. Ruhoniy oilasida tugʻilgan. Oksford universitetini bitirgan (1608). Gobbs dunyoqarashi 17-asr ingliz inqilobi taʼsirida shakllandi. Falsafada Gobbs zamonasidagi tabiatshunoslik bilan bogʻliq mexanistik materializm tarafdori boʻlgan. U geometriya va mexanikani ilmiy tafakkurning ideal namunasi, deb bilgan. Tabiatii katta-kichikligi, shakli, oʻrni va harakati (joyini oʻzgartirishi) bilan farqlanuvchi jismlar majmui, deb hisoblagan. Gobbs faqat real jismlar mavjud, qolganlari toʻqib chiqarilgan tasavvurlardir, deydi. Uning tafakkurni fikr qiluvchi materiyadan ajratib boʻlmaydi, degan qarashi muqimdir. Gobbs inson aklidagi tushuncha dastlab sezgi aʼzolarida qisman yoki toʻla vujudga keladi deb, empirik bilish nazariyasi mavqeida turgan.

Gobbs fikricha, davlat paydo boʻlguncha xususiy mulkchilik boʻlmagan. Kishilar birbirini oʻldirib qoʻymasliklari, talamasliklari uchun kelishilgan holda, ayrimlarning huquqini cheklash maqsadida davlat kelib chikdi. Gobbs mutlaq monarxiyani davlatning eng yaxshi shakli desada, inqilobiy tamoyillarga ham oʻrin bergan.

Asosiy asarlari: "Falsafa asoslari" (1642—58), "Fuqarolik haqidagi taʼlimotning falsafiy elementlari" (1642), "Leviafan" (1651).

Adabiyotlar

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil