Karl Bryullov: Versiyalar orasidagi farq

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
k PlanespotterA320 Bryullov Karl Pavlovich sahifasini Karl Bryullovga koʻchirdi
→‎Adabiyotlar: {{no iwiki}} andozasi oʻchirildi
Qator 5: Qator 5:
== Adabiyotlar ==
== Adabiyotlar ==
* [[OʻzME]]. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
* [[OʻzME]]. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
{{no iwiki}} <!-- Bot tomonidan yaratildi -->


{{OʻzME}}
{{OʻzME}}

13-Sentyabr 2019, 13:11 dagi koʻrinishi

Bryullov Karl Pavlovich [1799. 12 (23). 12, Peterburg 1852.11(23).6, Marchano, Rim yaqinida] — rus rassomi. Peterburg BAda taʼlim olgan (180921). 182335 yillar va 1850 yildan Italiyada yashagan. 1836 yildan Peterburg BAda prof. B. rus rangtasviridagi klassitsizm oqimiga romantizm va hayotdan zavqlanish kayfiyatini olib kirdi. Asarlari insonning goʻzal, nafis histuygʻularini kuylashi ("Virsaviya", 1812), obrazlarining dramatik qudrati ("Pompeyning soʻnggi kuni", 1830— 33), realistik anʼanalar, nozik psixologizmi (M. Lanchi portreti, 1851; avtoportret, 1848) bilan ajralib turadi.

B.ning mujassamot tuzish va bezash mahorati ayniqsa hashamdor portretlarda toʻla namoyon boʻlgan. "Chavandoz ayol" (1832), "N. V. Kukolnik" (1836), "I. A. Krilov" (1839) va boshqa asarlari rus realistik portretining katta yutugʻi boʻldi. B. akvarel va rasm ustasi hamdir (italiyaliklar maishiy hayotidan lavhalar, Gresiya va Turkiya safarlari chogʻidagi manzara va chizgilari, 1835).

Adabiyotlar

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil