Irène Joliot-Curie: Versiyalar orasidagi farq

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
DastyorBot (munozara | hissa)
k imlo
k Umarxon III Jolio-kyuri Iren sahifasini Irène Joliot-Curiega koʻchirdi:
(Farq yoʻq)

25-Oktyabr 2017, 03:57 dagi koʻrinishi

JOLIO-KYURI (Joliot-Curie) Iren (1897.12.9 - Parij - 1956.17.3) -fransuz fizigi va radiokimyogari. P. Kyuri va M. Sklodovskaya-Kyurilarning qizi. 1926 y.da F. Jolio-Kyuriga turmushga chiqqan va shundan boshlab umrining oxirigacha birgalikda i. t.lar olib borganlar. Ilmiy ishlari radioaktivlik, yadro fizikasi va yadro kimyosiga oid. 1934 y.da F. Jolio-Kyuri bilan hamkorlikda sunʼiy radioaktivlik hodisasini ochgan. Yugoslav fizigi P. Savich bilan hamkorlikda 1939 y.da neytronlar bilan uranni nurlash tufayli hosil boʻlgan yadroviy reaksiya mahsuli — lantan hosil boʻlishini aniqlagan (avval transuran element deb tushunilgan). Bu ishi yadroning boʻlinish reaksiyasini kashf qilishda muhim boʻlgan. Kimyoviy elementlarning sunʼiy radioaktiv izotoplarini, pozitron radioaktivlikni kashf qilgan. Nobel mukofoti laureati (1935).[1]

Manbalar

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil