Georges Pompidou: Versiyalar orasidagi farq

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
k qisqartmalarni toʻliqlash, replaced: 0 y. → 0 yil using AWB
k Umarxon III Pompidu Jorj sahifasini Georges Pompidouga koʻchirdi:
(Farq yoʻq)

12-Mart 2017, 11:24 dagi koʻrinishi

POMPIDU (Pompidou) Jorj (1911.5.7, Monbudif — 1974.2.4, Parij) — Fransiya davlat va siyosat arbobi. Qarshilik koʻrsatish harakatiga qoʻshilgan (1940). Sh. de Gollʼn birgalikda "Fransuz xalqini birlashtirish" partiyasini tuzishda katnashgan (1947). 1962—68 yillarda bosh vazir. 1969—74 yillarda Fransiya prezidenti. Tashki siyosat bobida P., asosan, general de Goll tomonidan ishlab chi-qilgan tamoyillarga tayangan, jumladan, Fransiyaning xalqaro keskinlikni yumshatish, qurollanish poygasiga chek qoʻyish va xalqaro hamkorlikni rivojlantirish ishiga muhim hissa qoʻshishi lozimligini taʼkidlagan. 1970 yil P. SSSRga rasmiy tashrif bilan kelib, Oʻzbekistonda ham boʻlgan.[1]

Manbalar

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil