Leonardo da Vinci: Versiyalar orasidagi farq
Shrikarsan (munozara | hissa) Removing Link FA template as it is now available in wikidata |
Shrikarsan (munozara | hissa) Removing Link GA template as it is now available in wikidata |
||
Qator 27: | Qator 27: | ||
{{bio-stub}} |
{{bio-stub}} |
||
{{OʻzME}} |
{{OʻzME}} |
||
{{Link GA|es}} |
16-Sentyabr 2014, 13:42 dagi koʻrinishi
Leonardo da Vinci | |
Avtoportret, taxminan 1512-1515 yillar. | |
Haqiqiy ismi | Leonardo di Ser Piero |
Tavalludi | 15-aprel 1452-yil Florensiya, hozirgi Italiya |
Vafoti | 2-may 1519-yil (67 yoshda) Amboise, Indre-et-Loire, hozirgi Fransiya |
Millati | Toskaniya italyani |
Sohasi | badiiy tasvir va fan |
Oqim | Renessans |
Mashhur suratlari | Mona Lisa, Soʻnggi Tanovul, Vitruvian Odami |
Leonardo di ser Piero da Vinci (Leonardo di ser Pyero da Vinchi, 1452-yil 15-aprel, Vinchi shaharchasi yonidagi Ankiano qishlog'i, Florensiya yaqinida — 1519-yil 2-may, Ambuaz yaqinidagi Klo-Luse qasri, Turen, Fransiya) — buyuk italyan musavviri va olimi, italyan Renessansi ideali - "mukammal inson" (homo universale) namunasi.
Leonardo da vinchi (Leonardo da Vinci, 1452.15.4, Vinchi, Florensiya yaqinida — 1519.2.5, Turen, Fransiya) — italiyalik rassom, haykalta-rosh va olim; Uygʻonish davrining yirik namoyandasi. A. Verrokkodan taʼlim olgan (1467— 72). L. da V. oʻz davrining insonparvarlik gʻoyalariga javob beradigan mukammal inson qiyofasini yaratdi; ilk asarlaridayoq mayin nur-soya vositasida shaklning oquvchan hajmini koʻrsatdi. Asarlarida diniy mazmunni xilma-xil insoniy hissiyotlar koʻzgusiga aylantiradi. Hisobsiz kuzatishlari natijalarini turli usullarda bajarilgan chizgilarida muhrlagan. Ayniqsa, yuz ifodasini berishda katta mahoratga erishdi. Baʼzan tashki koʻrinish (yuzdagi zoʻrgʻa ilgʻab olinadigan tabassum) bilan odamlar chehrasini jonlantirib, ularning ichki dunyosi (nozik koʻngil holati)ni ifodalaydi: "Madonna Benua" (taxm. 1478), "Qoyadagi madonna" (1483—94, 2-nusxasi 1497—1511), "Maxfiy kechalar" devoriy rasmi (1495—97), "Angyari jangi" (1503—06), "Mona Liza" ("Jokonda" nomi bilan mashhur, taxm. 1503), "Ioann Krestitel" (taxm. 1513—17); dunyo halokati ifodalangan "Toshqin" rasmlar turkumi (taxm. 1514— 16)da tabiatning dahshatli ofatlari oldida insonning ojizligi, tabiiy jarayenlarning takrorlanishini akliy tasavvuri bilan uygunlashtiradi.
L. da V. dunyoqarashini oʻrganishda uning yon daftari va qoʻlyozmalari (taxm. 7 ming varaq), shogirdlaridan F. Melsi tomonidan uning yozmalari asosida tuzilgan "Rangtasvir haqida risola"si Yevropa amaliyoti va nazariyasiga taʼsir koʻrsatgan muhim manbadir.
Meʼmor sifatida L. da V. "ideal" shahar va gumbazli ibodatxonaning turli xil loyihalarini ishlab chiqdi. Olim va muhandis sifatida oʻz davri fanining barcha sohalarini boyitdi, ayniqsa, eʼtiborni mexanikaga qaratdi. Yaratishga boʻlgan ehtiros uni oʻz davridan ilgarilab ketishiga olib keldi: yer kavlaydigan mashina, uchish apparatlari, suv osti kemasi, bosma, toʻquvchilik va b. dastgohlar loyihalari shular jumlasidan.[1]
Manbalar
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |