Xojabek Seitov: Versiyalar orasidagi farq

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
DastyorBot (munozara | hissa)
k in-t → institut
kTahrir izohi yoʻq
Qator 10: Qator 10:


{{OʻzME}} <!-- Bot tomonidan yaratildi -->
{{OʻzME}} <!-- Bot tomonidan yaratildi -->
[[Turkum:Qoraqalpoq yozuvchilari]]

30-Aprel 2014, 09:40 dagi koʻrinishi

Seitov Xojabek (1917.25.8, Qoraqalpogʻiston Qoraoʻzak tumani — 2001.20.4, Nukus) — qoraqalpoq yozuvchisi. Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan madaniyat xodimi (1972). Qoraqalpogʻiston Oʻqituvchilar institutida oʻqigan (1938—41). Qoraqalpogʻiston Vazirlar Kengashi qoshidagi Radioeshittirish qoʻmitasi (1947—58) va Qoraqalpogʻiston Yozuvchilar uyushmasi raisi (1952—58). "Sovet Qaraqalpaqstani" gaz. boʻlim mudiri (1958 y.dan). Poetik asarlarida ("Baxtli hayot", 1947; "Gullayotgan ovul", 1955, N. Japaqov bilan hamkorlikda; "Tong shuʼlasi", 1968 va b.) qoraqalpoq xalqi turmush tarzi tasvirlangan. Oʻzbek tilida "Hayot tongi" (1954), "Toʻlqinlar" (1956), "Yaylov yulduzi" (1968) kabi asarlar yozgan. "Mashaqqatli baxt" (1959), "Kuchli shamol" (1973) romanlari muallifi. Mirtemirnit "Qoraqalpoq daftari" asarini qoraqalpoq tiliga tarjima qilgan (1959).

Ac: Mashaqqatli baxt [roman], T., 1962; Yaylov yulduzi [sheʼrlar va doston], T., 1968.[1]

Manbalar

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil