Xanti-mansiysk: Versiyalar orasidagi farq

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
CoderSIBot (munozara | hissa)
Yangi maqola yaratildi
(Farq yoʻq)

12-May 2013, 10:38 dagi koʻrinishi

Xanti-mansiysk (1940 y.gacha OstyakoVogulsk) — RF Tyumen viloyati XantiMansilar muxtor okrugidagi shahar (1950 y.dan), okrug markazi. Irtish daryosining oʻng sohilida. Dare porti. Aholisi 35,9 ming kishi (1998). 1931 y.da ishchilar shaharchasi — muxtor okrugining markazi sifatida vujudga kelgan. 1934 y.dan Omsk viloyati, 1944 y.dan Tyumen viloyati tarkibida. Shahar tarkibiga 16-a.dan maʼlum boʻlgan Samarovo qishlogʻi ham kiradi. Yetakchi sanoat tarmogʻi — baliq sanoati. Shuningdek, oʻrmon sanoati ham mavjud. Asosiy korxonalari: baliq konservalash, yogʻochsozlik ktlari, taxta tilish zavodi, mebel fkasi. Yirik darrandachilik xoʻjaligi; Chekka Shimol q.x. ilmiy tadqiqot intining tajriba styasi bor. Oʻlkashunoslik muzeyi ishlab turibdi.