Aparteid: Versiyalar orasidagi farq

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
CoderSIBot (munozara | hissa)
Yangi maqola yaratildi
 
CoderSIBot (munozara | hissa)
Maqolaga {{OʻzME}} andozasi qoʻshildi
Qator 4: Qator 4:
* [[OʻzME]]. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
* [[OʻzME]]. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
{{stub}} {{no iwiki}} <!-- Bot tomonidan yaratildi -->
{{stub}} {{no iwiki}} <!-- Bot tomonidan yaratildi -->

{{OʻzME}}

5-May 2013, 10:35 dagi koʻrinishi

Aparteid, apartxeyd (afrikaans tilida apartheid — alohida-alohida yashash) — irqiy kamsitishning eng ashaddiy ko‘rinishi. Muayyan aholi guruhlarining ular irqiy mansubligi-ga qarab, siyosiy, ijtimoiy, iqtisodiy va fuqarolik huquqlaridan mahrum etishni, hududiy jihatdan yakkalatib qo‘yishgacha borishni anglatadi. A.ning ayrim choralari genotsid tusini olishi mumkin. Hoz. xalqaro huquq A.ni inso-niyatga qarshi jinoyat deb hisoblaydi. 1973 y.da A. jinoyatlarining oldini olish va jazolash to‘g‘risida xalqaro konvensiya qabul qilingan. Yaqingacha A. JARda hukmronlik qilib kelgan, aso-san oq tanli fuqarolardan iborat Mil-liy partiyaning siyosati edi. U mamlakat aholisini irqiy alomatlarga qarab, uch qism: 1) oq tanlilar; 2) qora tanlilar, ya’ni tub afrikaliklar; 3) indeyslar va duragaylarga bo‘lib boshqarish siyosa-tini qo‘llab keldi. "Irqiy guruhlarni ajratib joylashtirish to‘g‘risida"gi qonunga muvofiq, aholi 74% ini tash-kil etuvchi qora tanlilar uchun soxta "davlatlar" — bantustanlar tuzildi, afrikaliklarning oq tanlilar yashovchi shaharlarda istiqomat qilishi man etil-di, A. qoidalarini buzganlarga nisba-tan qattiq jazo choralari qo‘llanildi. Afrikaliklar, ularga ergashgan indeys-lar hamda oq tanlilar bir qismining Afrika milliy kongressi va b. vatan-parvarlik tashkil otlari rahbarligida A. siyosatiga, irqchilar zulmi va kam-sitishlarga qarshi uzoq davom etgan, jahon hamjamiyati tomonidan faol qo‘llab-quvvatlangan murosasiz ommaviy chiqishlari, shu jumladan, qurolli kura-shi irqchilarni chekinishga majbur etdi. Mamlakat va xalqaro maydonda yakkala-nib qolgan irqchilar siyosiy islohotlar o‘tkazishga majbur bo‘ldi. Tinch yo‘l bi-lan 1994 y. apr.da o‘tkazilgan demokratik saylovlar natijasida hokimiyat mamla-kat tub aholisi vakillari qo‘liga o‘tdi.

Adabiyotlar

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil