Kopetdogʻ: Versiyalar orasidagi farq

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
CoderSIBot (munozara | hissa)
Yangi maqola yaratildi
(Farq yoʻq)

10-Aprel 2013, 16:27 dagi koʻrinishi

Kopetdogʻ — Eron togʻligining shim. dagi togʻlar, asosan, Eron, qisman Turkmaniston hududida, Turkmaniston—Xuroson togʻlarining bir qismi. Oʻz. 650 km, eni 200 km gacha. Eng baland joyi 3117 m (Xazormasjid togʻi). Koʻp qismi asimmetrik gryada va platolardan iborat. Iqlimi Oʻrta dengiz tipidagi subtropik, quruq iqlim. Yanv. ning oʻrtacha t-rasi balandlik ortgan sari Gdan —4° gacha, iyulniki 29° dan 18° gacha pasayadi. Yillikyogʻin 150—500 mm. Daryolari: Atrek, Xilum, Balxob, Obiqaysar. K. alp burmalanishida yuzaga kelgan. Choʻkindi, asosan, boʻr, paleogen, neogen va yura davrlarining ohaktosh, margel, qumtosh, konglomerat va gillaridan tuzilgan. Simob, mishyak, barit, viterit kabi foydali qazilmalar, qurilish toshlari olinadi. Mineral va termal buloqlar bor. Tez-tez zilzila boʻlib turadi (Ashxobod zilzilasi). Antiklinal tizmalar va antiklinal vodiylar bilan birgalikda sinklinal tizmalar uchraydi. Karst keng tarqalgan (Bahardan gʻori). Vodiylarda yongʻoq, anjir, bodom, mushmula, nok, qoraqand, doʻlana, yovvoyi tok, togʻ etaqlarida togʻ choʻli va chala chul oʻsimliklari oʻsadi, balandrokda togʻ oʻtloqlari uchraydi. Qumsichqon, olaxurjun, oʻq ilon, koʻlbor ilon, jayra, togʻ qoʻyi, toʻngʻiz, qoplon, sirtlon, oʻrmon olmaxoni va b. yashaydi. Kopetdogʻ qoʻriqxonasi tashqil etilgan. [1]

Manbalar

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil