Kilimanjaro: Versiyalar orasidagi farq

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
CoderSIBot (munozara | hissa)
Yangi maqola yaratildi
(Farq yoʻq)

9-Aprel 2013, 18:29 dagi koʻrinishi

Kilimanjaro (suaxili tilida -sovuqlik xudosi togʻi) — Sharqiy Afrikadagi vulkan togʻi, Tanzaniya hududida. Bal. 5895 m (Afrika materigidagi eng baland choʻqqi). Oʻzaro qoʻshilib ketgan 3 ta soʻngan vulkan [Kibo (5895 m), Mavenzi (5355 m) va Shira (4006 m)]dan iborat. K., asosan, traxibazalt va fonolitlardan tuzilgan. Jan. va jan.-gʻarbiy yon bagirlariga yiliga 1000—3000 mm yogʻin yogʻadi. Shu qismida 1000 m balandlikkacha savannalar, 1800 m gacha togʻ gileya oʻrmonlari bor. 4200 m gacha togʻ tropik oʻsimliklari, 4800 m gacha kserofit boshoklilar oʻsadi. Undan yuqorida lava dalalari, choʻqqilarida doimiy qor va muzliklar bor. Gʻarbiy yon bagʻrida muzlik 4300 m balandlikkacha tushgan. [1]

Manbalar

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil