Kilimanjaro

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Kilimanjaro (suaxili tilida -sovuqlik xudosi togʻi) — Sharqiy Afrikadagi vulkan togʻi, Tanzaniya hududida. Bal. 5895 m (Afrika materigidagi eng baland choʻqqi[1]). Oʻzaro qoʻshilib ketgan 3 ta soʻngan vulkan [Kibo (5895 m), Mavenzi (5355 m) va Shira (4006 m)]dan iborat. K., asosan, traxibazalt va fonolitlardan tuzilgan. Jan. va jan.-gʻarbiy yon bagirlariga yiliga 1000–3000 mm yogʻin yogʻadi. Shu qismida 1000 m balandlikkacha savannalar, 1800 m gacha togʻ gileya oʻrmonlari bor. 4200 m gacha togʻ tropik oʻsimliklari, 4800 m gacha kserofit boshoklilar oʻsadi. Undan yuqorida lava dalalari, choʻqqilarida doimiy qor va muzliklar bor. Gʻarbiy yon bagʻrida muzlik 4300 m balandlikkacha tushgan.[2]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]