Deizm: Versiyalar orasidagi farq

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
Addbot (munozara | hissa)
k Bot: Migrating 64 interwiki links, now provided by Wikidata on d:q620629 (translate me)
CoderSIBot (munozara | hissa)
Maqolaga matn qoʻshildi
Qator 1: Qator 1:
'''Deizm''' fizik [[olam]]ni yaratib, unga boshqa aralashmagan [[xudo]] mavjudligiga ishonchdir. Bu ishonch [[din]]iy [[falsafa]] qismidir. Deizmda xudo olam tashqarisida nima bilan mashgʻul boʻlishi haqida ayon etilmaydi.
'''Deizm''' fizik [[olam]]ni yaratib, unga boshqa aralashmagan [[xudo]] mavjudligiga ishonchdir. Bu ishonch [[din]]iy [[falsafa]] qismidir. Deizmda xudo olam tashqarisida nima bilan mashgʻul boʻlishi haqida ayon etilmaydi.


<!-- Bot tomonidan qoʻshilgan matn boshi -->
'''Deizm''' (lot. deus — xudo) — diniyfalsafiy taʼlimot; D. xudoni mukammal tabiat "mashinasi"ni yaratib, unga qonunlar va harakat baxsh etgan olamiy aql deb eʼtirof qiladi, biroq tabiatning oʻz harakatlariga xudoning keyingi aralashuvini inkor etadi va xudoni bilish uchun aqldan oʻzga yoʻlni rad qiladi. 17-a.da yashagan ingliz faylasufi lord G. Cherberi D. asoschisidir ("Haqiqat haqida risola...", 1624). Deistlar koʻpgina oʻzgarmas aqidalar va urfodatlarga qarshi chiqib, aqlga muvofiq keladigan dinni targʻib etadilar. Ular vijdon va fikr erkinligini himoya qilib, "tabiiy din" va "aql dini"ni vujudga keltirishga intildilar. Moddiyunlar (Angliyada Toland, Kollinz, Pristli, Germaniyada Edelman, Rossiyada Lomonosov va Radishchev) ham, idealistlar (Leybnits, Yum, Kant) ham, eklektik dunyoqarashdagi mutafakkirlar ham D. bayrogʻi ostida oʻz fikrlarini bayon etishgan. 17— 18 - a. mutafakkirlari: Nyuton ("1693 yil 11 fevralda Bentliga joʻna-tilgan maktub"), Lokk ("Diniy aqida erkinligi xaqida toʻrt maktub", 1685— 1704, 1689—1706 y.larda nashr etilgan; "Inson aqli haqida tajriba", 1690), Volter ("Kandid", 1759; "A, V va S orasidagi suhbat", 1768), Jefferson, Franklin ("Birinchi ibtido", 1840), shuningdek, "erkin fikrli" Sheftsberi ("Tashabbus haqida maktub", 1708), Tindal ("Sirru asrorsiz masixiylik", 1730), Boling-brok, Russo va Lessinglar ham deist edilar. Biroq 18-a. oxiriga kelib D. Fransiyada Golbax, Didro, Rossiyada N. Kryukov, A. Baryatinskiylar tomonidan tanqidga uchradi. Hoz. vaqtda D. alohida oqim sifatida tan olinmaydi. Ammo koʻpchilik tabiatshunoslar olamning tartibli ravishda tuzilganida uning shaxsiy xususiyatga ega boʻlmagan xalloqi borligi isbotini D.da koʻradilar va shu sababli bu aqidaga qoʻshiladilar.

Muhammadjon Qodirov.<ref>[[OʻzME]]. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil</ref>
<!-- Bot tomonidan qoʻshilgan matn oxiri -->


Deistlar odatda ilohiy, deb daʼvo qilinuvchi hodisalar (vahiy, muqaddas kitoblar nozil boʻlishi, moʻjizalar) aslida unday emas, deb taʼkidlashadi. Deizmga koʻra xudo odamlar ishlariga va tabiat qonunlariga aralashmaydi. [[Teizm|Teistlar]] tomonidan "muqaddas kitoblar", deb qaraluvchi asarlarni deistlar odamlar faoliyati mahsuli, deyishadi. Deistlarga koʻra, xudoning odamlarga bergan inʼomi din emas, balki fikrlash qobiliyatidir.
Deistlar odatda ilohiy, deb daʼvo qilinuvchi hodisalar (vahiy, muqaddas kitoblar nozil boʻlishi, moʻjizalar) aslida unday emas, deb taʼkidlashadi. Deizmga koʻra xudo odamlar ishlariga va tabiat qonunlariga aralashmaydi. [[Teizm|Teistlar]] tomonidan "muqaddas kitoblar", deb qaraluvchi asarlarni deistlar odamlar faoliyati mahsuli, deyishadi. Deistlarga koʻra, xudoning odamlarga bergan inʼomi din emas, balki fikrlash qobiliyatidir.
Qator 11: Qator 18:


[[Turkum:Falsafa]]
[[Turkum:Falsafa]]
== Manbalar ==
{{manbalar}}

14-Mart 2013, 20:13 dagi koʻrinishi

Deizm fizik olamni yaratib, unga boshqa aralashmagan xudo mavjudligiga ishonchdir. Bu ishonch diniy falsafa qismidir. Deizmda xudo olam tashqarisida nima bilan mashgʻul boʻlishi haqida ayon etilmaydi.


Deizm (lot. deus — xudo) — diniyfalsafiy taʼlimot; D. xudoni mukammal tabiat "mashinasi"ni yaratib, unga qonunlar va harakat baxsh etgan olamiy aql deb eʼtirof qiladi, biroq tabiatning oʻz harakatlariga xudoning keyingi aralashuvini inkor etadi va xudoni bilish uchun aqldan oʻzga yoʻlni rad qiladi. 17-a.da yashagan ingliz faylasufi lord G. Cherberi D. asoschisidir ("Haqiqat haqida risola...", 1624). Deistlar koʻpgina oʻzgarmas aqidalar va urfodatlarga qarshi chiqib, aqlga muvofiq keladigan dinni targʻib etadilar. Ular vijdon va fikr erkinligini himoya qilib, "tabiiy din" va "aql dini"ni vujudga keltirishga intildilar. Moddiyunlar (Angliyada Toland, Kollinz, Pristli, Germaniyada Edelman, Rossiyada Lomonosov va Radishchev) ham, idealistlar (Leybnits, Yum, Kant) ham, eklektik dunyoqarashdagi mutafakkirlar ham D. bayrogʻi ostida oʻz fikrlarini bayon etishgan. 17— 18 - a. mutafakkirlari: Nyuton ("1693 yil 11 fevralda Bentliga joʻna-tilgan maktub"), Lokk ("Diniy aqida erkinligi xaqida toʻrt maktub", 1685— 1704, 1689—1706 y.larda nashr etilgan; "Inson aqli haqida tajriba", 1690), Volter ("Kandid", 1759; "A, V va S orasidagi suhbat", 1768), Jefferson, Franklin ("Birinchi ibtido", 1840), shuningdek, "erkin fikrli" Sheftsberi ("Tashabbus haqida maktub", 1708), Tindal ("Sirru asrorsiz masixiylik", 1730), Boling-brok, Russo va Lessinglar ham deist edilar. Biroq 18-a. oxiriga kelib D. Fransiyada Golbax, Didro, Rossiyada N. Kryukov, A. Baryatinskiylar tomonidan tanqidga uchradi. Hoz. vaqtda D. alohida oqim sifatida tan olinmaydi. Ammo koʻpchilik tabiatshunoslar olamning tartibli ravishda tuzilganida uning shaxsiy xususiyatga ega boʻlmagan xalloqi borligi isbotini D.da koʻradilar va shu sababli bu aqidaga qoʻshiladilar.

Muhammadjon Qodirov.[1]

Deistlar odatda ilohiy, deb daʼvo qilinuvchi hodisalar (vahiy, muqaddas kitoblar nozil boʻlishi, moʻjizalar) aslida unday emas, deb taʼkidlashadi. Deizmga koʻra xudo odamlar ishlariga va tabiat qonunlariga aralashmaydi. Teistlar tomonidan "muqaddas kitoblar", deb qaraluvchi asarlarni deistlar odamlar faoliyati mahsuli, deyishadi. Deistlarga koʻra, xudoning odamlarga bergan inʼomi din emas, balki fikrlash qobiliyatidir.

Shuningdek

Havolalar

Manbalar

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil