Guptalar davlati: Versiyalar orasidagi farq

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
CoderSIBot (munozara | hissa)
Yangi maqola yaratildi
(Farq yoʻq)

13-Mart 2013, 23:12 dagi koʻrinishi

Guptalar davlati - qad. hind imperiyasi (4 — 6-a.lar). Taxm. 320 y. Chandragupta asos solgan (oʻsha yildan boshlab Hindistonda Guptalar erasi hisobi boshlangan). Poytaxti — Pataliputra. Eng gullab rivojlangan davri (Chandragupta II davri taxm. 380 — 414)da deyarli butun Shim. Hindiston va b. bir qancha hududlarni oʻz ichiga olgan. Skandagupta davri (455 — 467) da boʻysundirilgan xalqlarning qoʻzgʻolonlari va saltanatning shim.garbiy chegaralariga eftaliylarniig hujumlari boshlangan. 5-a. oxiridan parchalana boshlagan. 6-a. boshida eftaliylar G.d.ning gʻarbiy qismini bosib olib, uni katta tovon toʻlashga majbur etishgan. G.d. Markaziy Hindistondagi Mandasor davlati b-n ittifoq tuzib eftaliylarni magʻlubiyatga uchratgan boʻlsada, bu urushlar natijasida nihoyatda zaiflashgan va natijada 6-a. oxirida barham topgan.

Adabiyotlar

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil