Vatan: Versiyalar orasidagi farq

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
CoderSIBot (munozara | hissa)
Maqolaga matn qoʻshildi
CoderSIBot (munozara | hissa)
k Boshqa maʼnolari qoʻshildi
Qator 1: Qator 1:
{{Maʼnolari|Vatan (maʼnolari)}}
:''Ushbu sahifa «Vatan» soʻzining maʼnosi haqidadir. Shu nomli film uchun [[Vatan (film)]] sahifasiga qarang.''
:''Ushbu sahifa «Vatan» soʻzining maʼnosi haqidadir. Shu nomli film uchun [[Vatan (film)]] sahifasiga qarang.''
[[Image:William-Adolphe Bouguereau (1825-1905) - The Motherland (1883).jpg|right|thumb|''Ona Vatan''. [[William-Adolphe Bouguereau]] chizgan surat (1883).]]
[[Image:William-Adolphe Bouguereau (1825-1905) - The Motherland (1883).jpg|right|thumb|''Ona Vatan''. [[William-Adolphe Bouguereau]] chizgan surat (1883).]]

10-Mart 2013, 20:36 dagi koʻrinishi

Ushbu sahifa «Vatan» soʻzining maʼnosi haqidadir. Shu nomli film uchun Vatan (film) sahifasiga qarang.
Ona Vatan. William-Adolphe Bouguereau chizgan surat (1883).

Vatan — 1) kishilarning tugʻilib oʻsgan joyi, yurti, mamlakati; tarixan muayyan xalqqa tegishli hudud hamda uning tabiati, aholisi, oʻziga xos taraqqiyoti, tili, madaniyati, turmushi va urf-odatlari majmui. V.ona kabi yagona, muqaddas. V. oldidagi qarzdorlik tuygʻusi, masʼuliyati har bir yetuk insonga xos xususiyatdir. V.ni sevish vatanparvarlikda namoyon boʻladi; 2) biror narsaning , mas., oʻsimlikning yuzaga kelgan joyi. [1]

Vatan — (arab. vatan — ona yurt) kishilarning yashab turgan, ularning ajdod va avlodlari tug’ilib o’sgan joyi, hududi, ijtimoiy muhiti, mamlakati. Vatan kishi yoki avlodlar tug’ilib o’sgan va kamol topgan zamin, o’lkadir. Vatan ostonadan boshlanadi, deb bejiz aytmaydi xalqimiz. Tili, e’tiqodi, urf-odatlari va milliy sifatlari bir bo’lgan avlodlar yashagn va yashayotgan jo’g’rofiy muhit Vatanni ifoda etadi.

Vatan — insonning o’z uyi-ro’zg’ori, yashab turgan diyori ma’nosida tushunilib, u keng va tor ma’noda ham qo’llaniladi. Biror xalq vakillari jamuljam yashab turgan, ularning ajdodlari azal-azaldan istiqomat qilgan hudud nazarda tutilsa, bu keng ma’nodagi tushunchadir. Kishi tug’ilib o’sgan uy, mahalla, qishloq nazarda tutilsa bu tor ma’nodagi tushunchadir.

Manbalar

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil