Begali Qosimov: Versiyalar orasidagi farq

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
Komrontoy (munozara | hissa)
Tahrir izohi yoʻq
Komrontoy (munozara | hissa)
Teg: Qaytarildi
Qator 1: Qator 1:
{{Olim bilgiqutisi
{{Olim bilgiqutisi}}
| tavallud_sanasi = 1942-yil 19-dekabr
| tavallud_joyi = [[Qashqadaryo viloyati]] [[Kasbi tumani]]
| vafot_sanasi = 2004-yil 25-sentyabr
| kasbi = adabiyotshunos
| taʼlimi = oliy
| ilmiy_unvoni = professor
| mukofotlari = Yassaviy nomidagi xalqaro mukofot
}}
'''Begali Qosimov''' (1942-2004) — adabiyotshunos, filologiya fanlari doktori<ref>{{veb manbasi |title=Begali Qosimov |url=https://arboblar.uz/uz/people/kasymov-begali |website=arboblar.uz |accessdate=08-2023}}</ref>.

== Hayoti ==
== Hayoti ==
Qator 13: Qator 5:
=== Taʼlimi ===
=== Taʼlimi ===
Begali Qosimov oʻrta maktabini oʻz qishlogʻida tamomlaydi.
Begali Qosimov oʻrta maktabini oʻz qishlogʻida tamomlaydi.
[[1958-yil]]da Oʻzbekiston Milliy universiteti oʻzbek filologiyasi fakultetiga oʻqishga qabul qilinadi. U yerni [[1963-yil]]da tamomlaydi. Keyinchalik, 1963-yilda aspiranturaga kiradi.
[[1958-yil]]da [[Oʻzbekiston Milliy umiversiteti]] oʻzbek filologiyasi fakultetiga oʻqishga qabul qilinadi. U yerni [[1963-yil]]da tamomlaydi. Keyinchalik, 1963-yilda aspiranturaga kiradi.

== Faoliyati ==
== Faoliyati ==
Olim [[1964-yil]]dan matbuotda ham faoliyat yuritadi. Uning ilk maqolasi [[1964-yil]]da „Sirdaryo haqiqati“ gazetasida chop etilgan. Birinchi risolasi „Mirmuhsin Shermuhamedov“ nomi ostida, [[1967-yil]]da keng ommaga namoyish etilgan<ref>{{veb manbasi |title=Uch bor oʻlimdan qolgan, millat dardi bilan xastalangan “soʻnggi jadid” |url=https://oyina.uz/uz/article/1383 |website=oyina.uz |accessdate=08-2023}}</ref>.
Olim [[1964-yil]]dan matbuotda ham faoliyat yuritadi. Uning ilk maqolasi [[1964-yil]]da „Sirdaryo haqiqati“ gazetasida chop etilgan. Birinchi risolasi „Mirmuhsin Shermuhamedov“ nomi ostida, [[1967-yil]]da keng ommaga namoyish etilgan<ref>{{veb manbasi |title=Uch bor oʻlimdan qolgan, millat dardi bilan xastalangan “soʻnggi jadid” |url=https://oyina.uz/uz/article/1383 |website=oyina.uz |accessdate=08-2023}}</ref>

Aspiranturani nihoyalaganidan soʻng, [[1966-yil]]dan oʻqituvchi, dotsent, professor, kafedra mudiri lavozimlarida faoliyat yuritadi.
Aspiranturani nihoyalaganidan soʻng, [[1966-yil]]dan oʻqituvchi, dotsent, professor, kafedra mudiri lavozimlarida faoliyat yuritadi.

[[1968-yil]]i „Mirmuhsin Shermuhamedov (Fikriy) va uning adabiy muhiti“ mavzusidagi nomzodlik, [[1984-yil]]i „XX asr boshi oʻzbek poeziyasi (inqilobiy sheʼriyatning shakllanishi va taraqqiyoti) masalalari. 1905-1917“ mavzusidagi doktorlik dissertatsiyalarini himoya qiladi.

1980-yilda Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasiga aʼzo boʻladi.

1980-yilda Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasiga aʼzo boʻladi.

Begali Qosimov oʻzbek mumtoz va yangi adabiyoti muammolari boʻyicha tadqiqotlar yaratgan. Lekin ijodining mohiyatini milliy uygʻonish, maʼrifatchilik adabiyoti muammolari, siymolari ijodi, taqdiri masalalari qiziqtiradi. Bu hol uning ilmiy asarlarida yaqqol koʻrinadi.

Qator 68: Qator 59:
* Yoʻldoshev Q. Olimning olami. //Oʻzbekiston adabiyoti va sanʼati, 2002-yil 23-avgust.
* Yoʻldoshev Q. Olimning olami. //Oʻzbekiston adabiyoti va sanʼati, 2002-yil 23-avgust.

{{DEFAULTSORT:Qosimov, Begali}}
== Manbalar ==
[[Turkum:Oʻzbekistonlik yozuvchilar]]
[[Turkum:Oʻzbekistonlik yozuvchilar]]
[[Turkum:Adabiyotshunoslar]]
[[Turkum:Adabiyotshunoslar]]
[[Turkum:Oʻzbekiston Milliy universiteti bitiruvchilari]]
[[Turkum:Oʻzbekiston Milliy universiteti bitiruvchilari]]
[[Turkum:Qashqadaryoda tugʻilganlar]]

6-Avgust 2023, 05:44 dagi koʻrinishi

Begali Qosimov
Tavalludi 19-dekabr 1942
Vafoti 2004

Begali Qosimov (1942-2004) — adabiyotshunos, filologiya fanlari doktori[1].

Hayoti

Begali Qosimov 1942-yil 19-dekabrda Qashqadaryo viloyatining Kasbi tumani Devov qishlogʻida tugʻilgan.

Taʼlimi

Begali Qosimov oʻrta maktabini oʻz qishlogʻida tamomlaydi. 1958-yilda Oʻzbekiston Milliy umiversiteti oʻzbek filologiyasi fakultetiga oʻqishga qabul qilinadi. U yerni 1963-yilda tamomlaydi. Keyinchalik, 1963-yilda aspiranturaga kiradi.

Faoliyati

Olim 1964-yildan matbuotda ham faoliyat yuritadi. Uning ilk maqolasi 1964-yilda „Sirdaryo haqiqati“ gazetasida chop etilgan. Birinchi risolasi „Mirmuhsin Shermuhamedov“ nomi ostida, 1967-yilda keng ommaga namoyish etilgan[2] Aspiranturani nihoyalaganidan soʻng, 1966-yildan oʻqituvchi, dotsent, professor, kafedra mudiri lavozimlarida faoliyat yuritadi.

1968-yili „Mirmuhsin Shermuhamedov (Fikriy) va uning adabiy muhiti“ mavzusidagi nomzodlik, 1984-yili „XX asr boshi oʻzbek poeziyasi (inqilobiy sheʼriyatning shakllanishi va taraqqiyoti) masalalari. 1905-1917“ mavzusidagi doktorlik dissertatsiyalarini himoya qiladi. 1980-yilda Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasiga aʼzo boʻladi.

Begali Qosimov oʻzbek mumtoz va yangi adabiyoti muammolari boʻyicha tadqiqotlar yaratgan. Lekin ijodining mohiyatini milliy uygʻonish, maʼrifatchilik adabiyoti muammolari, siymolari ijodi, taqdiri masalalari qiziqtiradi. Bu hol uning ilmiy asarlarida yaqqol koʻrinadi.

U turkiy olamdagi uygʻonish, adabiy aloqalararo bogʻliqlik masalalarini mufassal oʻrgangan. Begali Qosimov 1997-yilda Turkiya Otaturk kultur markazi faxriy aʼzosi, 1998-yilda Turkiya Otaturk Arashtirma markazi muxbir aʼzosi boʻladi. Anqarada nashr etilayotgan 33 jildlik „Turk dunyosi adabiyoti“ nashrining oʻzbek adabiyoti boʻyicha mutasaddisi ham hisoblanadi.

Shuningdek, 1998-2002-yillar oraligʻida Oʻzbekiston OAK filologiya boʻyicha, 1995-1999-yillarda Respublika fan va texnika Davlat komiteti ijtimoiy-gumanitar fanlari ekspert kengashi raisi, 1995-1996-yillar va 2002-2004-yillar oraligʻida Oʻzbekiston Milliy universiteti huzuridagi filologiya fanlari boʻyicha ixtisoslashgan kengash raisi sifatida ham faoliyat yuritadi.

U koʻplab respublika „Maʼrifat“ gazetasi, „OʻzMU xabarlari“ jurnali hamda Turkiya va Qozogʻistonda chop etilgan yana bir qator jurnallarning tahririyat aʼzosi ham edi.

Ilmiy ishlari

Begali Qosimov Oʻzbekiston Respublikasi fan arbobi (1999-yil), oʻndan ortiq darslik va qoʻllanmalar, 10 nomda alohida asarlar, 300 ga yaqin ilmiy maqolalar muallifi hisoblanadi[3]. Oʻzbekiston Milliy universiteti Milliy uygʻonish davri oʻzbek adabiyoti kafedrasi asoschisi (1993-yil), mudiri sifatida faoliyat olib borgan. Kafedraning keng xalqaro ilmiy-pedagogik aloqalari mavjud. Olimning asarlari rus, turk, fransuz va tatar tillariga tarjima qilingan.

U 1986-yilda professorlik unvoniga ega boʻldi.

Mukofotlari

Begali Qosimov koʻplab nufuzli mukofotlarni qoʻlga kiritgan. Jumladan, 1993-yilda „Yassaviy nomidagi xalqaro mukofot“ sovrindori boʻladi.

Asarlari

  • Mirmuhsin Shermuhamedov. 1967-yil.
  • Abdulla Avloniy. 1979-yil.
  • Izlay-izlay topganim. 1983-yil.
  • Salom, kelajak. 1986-yil.
  • Maʼrifat dargʻalari. 1990-yil.
  • Revolyusiya i literature. 1991-yil.
  • Ismoilbek Gaspirali. 1992-yil.
  • Maslakdoshlar (Behbudiy, Ajziy, Fitrat). 1994-yil.
  • Milliy uygʻonish: jasorat, maʼrifat, fidoyilik. 2002-yil.

Matnshunoslik ishlari

  • Navoiyning nigohi tushgan… (Navoiy antologiyasi). 1987-yil.
  • Tavallo. Ravnaqul islom. 1993-yil.
  • Behbudiy. Tanlangan asarlar. 1997-yil (1-nashr), 1999-yil (2-nashr).
  • Abdulla Avloniy. Tanlangan asarlar. I-II jildlar. 1998-yil.
  • Sidqiy-Xondayliqiy. Tanlangan asarlar. 1998-yil.
  • Ibrat, Ajziy, Soʻfizoda. Tanlangan asarlar. 1999-yil.
  • Yusuf Saryomiy. Tanlangan asarlar. 2002-yil.

Vafoti

Begali Qosimov 2004-yilning 25-sentyabr sanasida vafot etgan.

Adabiyotlar

  • Begali Qosimov. Bibliografik koʻrsatkich. T.: Universitet, 2002.
  • Oripov A., Sharafiddinov O. Izlagan olim boʻladi. //Vatan, 1992-yil 13-son.
  • Sevgi Ahmat. Toshkent davlet universiteti ozbek tili ve adabiyati ogretim uyesi prof. Dr. Begali Kasimov ile bir chay sohbeti. //Cagri kultur sanat bilim dergisi 1998 ocak, 42-y, 458-son. 9-11 B. Turkiya.
  • Minnegulov X. Stranitsa bratstva. //Vechernyaya Kazan, 1986-yil 7-yanvar.
  • Zaynullin Jamil. Boringi duslik ezlarennan. //Kazan oʻtlari, 1989, 11-son.
  • Nagaev S. Nesillerning devamiyligi uzyulmeyjek. //Yangi dunyo (Qrim), 1993-yil 12-mart.
  • Yoʻldoshev Q. Olimning olami. //Oʻzbekiston adabiyoti va sanʼati, 2002-yil 23-avgust.
  1. „Begali Qosimov“. arboblar.uz. Qaraldi: 08-2023.
  2. „Uch bor oʻlimdan qolgan, millat dardi bilan xastalangan “soʻnggi jadid”“. oyina.uz. Qaraldi: 08-2023.
  3. „Begali Qosimov“. ziyo.uz. Qaraldi: 08-2023.