Maxsum Yusupov

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Maxsum Yusupov (1912.18.7 Toshkent — 1983.9.3) — Oʻzbekiston xalq artisti (1964). Toshkent politexnikumini tugatgan (1929). 1932 yildan Hamza teatrida ishlagan. Aktyorlikni ommaviy sahnalarda chiqishdan boshlagan. Yu. nafaqat salbiy obrazlar, xarakterli rollar, balki qahramononadramatik rollar ustasi sifatida ham tanildi. Yu. ijodi qahramon ichki kechinmalarini yetkazishga, nutq madaniyati, badiiy yechimga alohida eʼtibor berishi bilan ajralib turadi. Laert, Poloniy (U.Shekspir, "Hamlet"), Yoʻlchi (Oybek, "Qutlugʻ qon"), Norboyvachcha, Gʻofir (Hamza, "Xolisxon", "Boy ila xizmatchi"), Nodir (G.Mdivani, "Nomus"), Baxtiyor (B.Rahmonov, "Yurak sirlari"), Gʻoyib, Hamdam (Uygʻun, "Qotil", "Qaltis hazil"), Suqsurov (A.Q^ahhor, "Tobutdan tovush"), Keldiyev (Oʻ.Umarbekov, "Komissiya"), Roderigo (U.Shekspir, "Otello"), Xondamir (I.Sulton, Uygʻun, "Alisher Navoiy"), Sakkokiy (M.Shayxzoda, "Mirzo Ulugʻbek") kabi rollari bilan shuhrat qozondi. Yu. kino ("Fargʻona qizi"da Olimjon, "Suyunchi"da Eshmat va boshqalar) va televidenIye ("Nur borki, soya bor"da Soqi Soqiyevich, "Girdob"da partkom va boshqalar)da ham rollar oʻynagan. "Nashtar" kinojurnalining doimiy ijrochilaridan boʻlgan.