Maxsar kapalagi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Maxsar kapalagi (Myelois cinctipalpellachrestoph.) — maxsar ekinining eng xavfli zararkunandasi. Oʻrta Osiyoda tarqalgan. Kapalagining qanoti ochilganda 2,5 sm, oq rangda, oldingi qanotining oldi tamonida kora doglari bor. Qurti uz. 2 sm, oqish. Tanasining birinchi boʻgʻimida xitinli boʻrtmasi bor. Qurt fazasida madaniy yoki yovvoyi maxsar poyasining pastki qismida, tuproqdan 2—10 sm yuqorida qishlaydi. Apr. oyida shu joy-ida gumbakka aylanadi. 10—26 kundan soʻng aprel oxiri va may oyining boshlarida kapalagi uchib chiqadi. Kapalaklari kechasi uchadi, tuxumini maxsarning gulbarglariga, gul savatchasiga qoʻyadi. 2—5 kundan keyin tuxumdan chiqqan qurtlari barg , koʻsak yoki poyaning ichiga kirib oziklanadi. Zararlangan shonalar, koʻsaklar tushib ketadi. Iyun—avg .da katta yoshdagi qurtlar oʻsimlik poyasining pastki qismiga tushib, poyani teshib joylashadi, poyaning teshilgan joyining oʻzini ajratgan — ipak iplari bilan berkitib qoʻyadi va shu joyda qishlashga oʻtadi. Maxsar poyasining pastki qismini teshib, mavsumda bir marta avlod qoldiradi.

Kurash choralari: maxsarning sinib tushgan poyalarini va oʻsimlik qoldiklarini yoʻqotish; yerni chuqur shudgorlash.

Sulton Alimuhamedov.[1]

Manbalar[tahrir]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil