Maxdiy

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Maxdiy (taxallusi; asl ismsharifi Mulla Ahmad oʻgʻli, 19-asr oxiri — Kattaqoʻrgʻon — 20-asr boshlari) — shoir. M. Buxorodagi Jaʼfarxoʻja madrasasini bitirgach, Kattaqoʻrgʻonga qaytib, oʻz mahallasidagi bolalarni oʻkitgan, xattotlik va attorlik bilan kun kechirgan. Asarlari "Turkestanskiy kuryer" gaz. bosmaxonasida "Bayozi Maxdiy" nomi bilan nashr qilingan (1915—16). Bayozda M.ning 4 ming misradan koʻproq sheʼri, Hofiz, Navoiy, Mashrab, Muqimiy, Furqat, Gʻoziy, Amir, Shavqiy, Miriy, Vola, Vidoyi, Ahqar, Noqis sheʼrlari va ular haqida qisqacha maʼlumot hamda Abdurahmon Jomiyning "Qavoidi muammo" ("Muammo qoidalari") risolasi oʻrin olgan. M. ijodida xalqni ilmmaʼrifatga chorlash, yorqin orzu-umidlarni kuylash gʻoyasi harakterlidir. M. gʻazallari Oʻzbekiston FA Sharqshunoslik instituti fondida saqlanayotgan qoʻlyozma bayozlarda uchraydi.[1]

Manbalar[tahrir]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil