Kontent qismiga oʻtish

Max Weber

Vikipediya, erkin ensiklopediya
Max Weber
Tavalludi 21-aprel 1864
Vafoti 14-iyun 1920[1]
Fuqaroligi Prussiya qirolligi[2], Norddeutscher Bund[2], Germaniya imperiyasi[2], Veymar Respublikasi[2] va Germaniya
Otasi Max Weber[3]
Onasi Helene Sarah Julie Fallenstein[3]

Max Veber (Maks Veber) (1864.21.4, Erfurt — 1920.14.6, Myunxen) — nemis siyosiy iqtisodchisi, sotsiolog va siyosatchi. Tajribadan olingan bilim bilan taxminiy muhokamani bir-biriga aralashtirib yubormaslikni talab etgan. Marksizmga qarshi chiqqan. Gʻarbiy Yevropa kapitalizmi paydo boʻlishida protestantchilik juda katta ahamiyatga ega boʻlgan, deb hisoblagan.

Maks Veber- nemis sotsiologi. Dunyoqarashiga koʻra pozitivizmga yaqin. Maks Veber fikricha, har qanday ijtimoiy-iqsodiy hodisaning mohiyati faqat uning obektiv jihatlari bilan emas, balki, tadqiqotchi nuqtayi nazariga koʻra, shu hodisaning madaniy jarayonda qanday rol oʻynashi bilan belgilanadi. Veber falsafa va sotsiologiyaga "ideal tip" tushunchasini olib kirdi. Ideal tip, Veber fikriga koʻra borliqni aks ettirmaydi balki, alohida tushuncha va hodisalarni tizim holiga keltirish vositasi boʻlib xizmat qiladi. Ideal tip tushunchasi, tub mohiyatiga koʻra, marksizmdagi ijtimoiy-iqsodiy formatsiya tushunchasining muqobili sifatida yaratilgan edi. Veberning ijtimoiy falsafa va sotsiologiyadagi eng katta xizmatlaridan biri, uning asarlarida dinning ijtimoiy taraqqiyotda oʻynagan rolini tahlil qilib berishi boʻldi. Veber din va jamiyat munosabatini tahlil qilar ekan, umuman din toʻgʻrisida emas muayyan davrdagi muayyan din yoki diniy oqim toʻgʻrisida fikr yuritdi. Veber nazariyasiga koʻra boylik va boylik ortirishga intilishni unchalik xushlamaydigan xiristian dini mazhablari iqsodiy taraqqiyotga muayyan darajada toʻsqinlik qilganlar. Boylikni xudoning ne'mati, unga intilishni esa bandalarning burchi deb talqin qiladigan protestantlik esa iqsodiy taraqqiyot va kapitalistik munosabatlarning rivojlanishiga kuchli turtki berdi. Veber talqinida protestantlik kapitalizm vujudga kelishidagi asosiy sabablardan edi. Dinlarni tahlil qilar ekan Veber ular sanoat kapitalizimi rivojlanishiga gʻov boʻlmoqda, degan xulosaga keldi. Moliyaviy munosabatlarga cheklovlar qoʻyish, ijtimoiy hayotga passiv munosabatni targʻib qilish orqali bu dinlar, Veber fikricha, ijtimoiy taraqqiyotga toʻsqinlik qiladi. Uning talqinida protestantlik mazhabi hayotdagi adolatsizlikni passiv kuzatib oʻtirmay, uni bartaraf etish uchun faol kurashga chaqirish orqali ijtimoiy taraqqiyotga katta turtki beradi. Asosiy asarlari: "Milliy davalat va xalq xoʻjalik siyosati" (1895), "Protestantlik etikasi va kapitalizm ruhi"(1905), "Xoʻjalik va jamiyat" (1920).
  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil

1.Falsafa qomusiy lugʻat. " Oʻzbekiston faylasuflari milliy jamiyati nashriyoti ". " SHarq " nashriyot — matbaa aksiyadorlik kompaniyasi bosh tahririyati. Toshkent — 2004. 48 bet

  1. // (unspecified title)
  2. 1 2 3 4 (unspecified title)
  3. 1 2 (unspecified title)