Mavlono Ziyrakiy

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Mavlono Ziyrakiy (XV XVI asr) – fors-tojik tilida ijod qilgan hirotlik shoir. Nomi “Majolis un-nafois”ning[1] uchinchi majlisida tilga olinadi. Alisher Navoiy uni xushtabʼ shoir, deb atab, quyidagi bayt­ini keltiradi[2]:

Dar rohi ishq sangi jafo

   toʻshai man ast

Dar koʻhu dasht lola jigar

   goʻshai man ast.

(Mazmuni: Ishq yoʻlida jafo toshlari yoʻl ozigʻimdir; togʻu dashtlarda lola mening jigargoʻshamdir).

“Majolis un-nafois”ning forsiy tarjimasidagi qoʻshimcha maʼlumotlarda turk sultoni Salimshoh Misr safari chogʻida (924 hijriy-qamariy/1518 milodiy) Muhammad Qazviniyga ushbu gʻazalga javob yozishni buyurgani aytiladi va ana shu naziraning matlaʼsi keltiriladi. Zayniddin Vosifiy “Badoyeʼ ul-vaqoe'' asarida Mavlono Ziyrakiyning Navoiy tuzgan yoki qatnashgan yigʻin va anjumanlarda ishtirok etganini qayd etadi.

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. Alisher Navoiy: Qomusiy lug'at. 
  2. Majolis un-nafois.