Mavlono Yusuf Badeiy

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Badeiy Mavlono Yusuf (Andijon – 890-hijriy-qamariy/1485-milodiy, Saraxs) – fors shoiri. Husayn Boyqaro hukmronligi davrida Hirotga kelib, Alisher Navoiy boshliq adabiy muhitda tarbiya topgan. Maʼrifatli, fozil, xususan, aruz, muammo va badiiyat ilmining bilimdoni boʻlgan. Muammo qoidalariga bagʻishlangan risolasi bor. Badeiy Navoiy bilan Andijondan Samarqandga tahsil olish uchun kelganida tanishadi.

Xondamir “Xulosat ul-axbor”da Mavlononing tabʼi va zehni yetuk ekani, Navoiy xizmatida kun kechirgani va uning inʼom-ehsonidan bahramand boʻlgani haqida maʼlumot beradi.

Navoiy “Majolis un-nafois”ning 2-majlisida bergan maʼlumotida, Andijondan ekani, aruzni yaxshi bilishi va sheʼrni yaxshi aytishini taʼkidlaydi. Navoiy Badeiyning sheʼrlaridagi baʼzi kamchilik­larni isloh qilgan.

Badeiy Hirotga kelganidan soʻng kamolotga erishadi. Sheʼriyatning turli janrlarida mahorat bilan qalam tebratadi. Amir Xus­ravning “Mirʼot us-safo” (“Soflik oyinasi”) qasidasiga tatabbuʼ yozgan[1][2].

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. “Alisher Navoiy: Qomusiy lugʻat”. 
  2. “Majolis un-nafois”.