Mavlono Sofiy

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Mavlono Sofiy (15–16-asr) – fors-tojik tilida ijod qilgan xurosonlik shoir. Koʻhi Sof shayxzodalaridan. Nomi “Majolis un-nafois”ning uchinchi majlisida tilga olingan. Alisher Navoiy uning Xoja Hofiz Sheroziy sheʼrlariga tatabbuʼ bogʻlashi haqida maʼlumot berib, quyidagi baytini keltiradi:

Soqiyo, sarxushamu bodai sofam dori, Gar kunam sarxushi, on behki, maofam dori.

(Mazmuni: Ey soqiy, men mastmanu sof may tutasan; agar badmastlik qilsam, yaxshisi, kechirgaysan)[1][2].

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. Alisher Navoiy: Qomusiy lug'at. 
  2. Majolis un-nafois.