Kontent qismiga oʻtish

Mavlono Saʼd

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Mavlono Saʼd (15–16-asr) – fors-tojik tilida ijod qilgan xurosonlik shoir. Nomi “Majolis un-nafois”ning uchinchi majlisida tilga olinadi. Alisher Navoiy uning qobiliyatli shoir ekanligini aytib, tabʼida bir oz parishonlik borligini taʼkidlaydi. “Majolis un-nafois”da uning quyidagi bayti keltirilgan:

Bargi gul nest, ki uftoda ba tarfi chaman ast,

Punbayi dogʻi dili bulbuli xunin kafan ast.

(Mazmuni: Gulzorga toʻkilgan ul gul bargi emas, bulbul yuragi yarasiga paxtadan qilingan qonli kafandir)[1][2].

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. Alisher Navoiy: Qomusiy lug'at. 
  2. Majolis un-nafois.