Kontent qismiga oʻtish

Mavlono Rukniy

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Mavlono Rukniy (15–16-asr) – fors-tojik tilida ijod qilgan sherozlik shoir. Nomi “Majolis un-nafois”ning uchinchi majlisida tilga olinadi. Alisher Navoiy uning sheʼriy tabʼi yomon emasligini aytib, quyidagi baytini keltiradi:

Gar majoli yak suxan yobam bari dildori xesh,

Arza doram peshi oʻ sharhi dili afgori xesh.

(Mazmuni: Agar dildorimga bir ogʻiz soʻz aytish imkonini topsam, afgor dilimning ahvolini arz qilardim)[1][2].

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. Alisher Navoiy: Qomusiy lug'at. 
  2. Majolis un-nafois.