Kontent qismiga oʻtish

Mavlono Qalloshiy

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Mavlono Qalloshiy (15–16-asr) – fors-tojik tilida ijod qilgan xurosonlik shoir. Nomi “Majolis un-nafois”ning uchinchi majlisida tilga olinadi. Alisher Navoiy shoirning “atvori taxallusigʻa munosib” der ekan, “Qalloshiy” soʻzining “yalqov”, “daydi” maʼnolariga ishora qiladi va shoirning tabiati shu sifatlarga munosib ekanligini taʼkidlaydi. “Majolis un-nafois”da uning quyidagi bayti keltirilgan:

On ki bar xuboni olam podshah dorad turo,

Xoham, az chashmi badi mardum nigah dorad turo.

(Mazmuni: Seni olam goʻzallarining podshohi qilib yaratgan zotdan, odamlarning yomon koʻzidan asrashini tilayman)[1][2].

  1. Alisher Navoiy: Qomusiy lug'at. 
  2. Majolis un-nafois.